Queen's universiteti
Asl nomi Queen's University
Shiori lotincha: Sapientia et Doctrina Stabilitas
Asos solingan 16-oktyabr, 1841-yil (182 yil avval) (1841-10-16)[1]
Oʻquv yurti turi universitet
Rektori Owen Crawford-Lem[2]
Talabalari 33,842 (2022)[3]
Bakalavriat 26,052[3]
Kampusi Asosiy kampus: 40 ga
Gʻarbiy kampus: 27 ga[4]
Manzili Kingston, Kanada
Vebsayti www.queensu.ca/

Kingstondagi Queen's universiteti (inglizcha: Queen's University at Kingston[1][5][6]; talaffuzi: Kuins universiteti) – Kanadaning Kingston shahrida joylashgan, ilmiy tadqiqotlarga ixtisoslashgan davlat universiteti. Xalq orasida shunchaki Queen's universiteti yoki Queen's oʻlaroq maʼlum. Universitet Ontario boʻylab 1 400 ga yerga ega boʻlib, Angliyaning East Sussex shahriragi Herstmonceux qasri ham unga tegishlidir[4]. Queenʼs universiteti sakkiz fakultet va maktabga boʻlingan.

Shotlandiya cherkovi qirolicha Victoria chiqargan farmon asosida 1841-yil Queen's kollejiga asos solgan. Ikki nafar oʻqituvchi va 13 nafar talaba ishtirok etgan ilk darslar 1842-yilning 7-martida oʻtkazilgan va talabalarni ruhoniylik ishiga hozirlashni koʻzlagan[7]. 1869-yil oliygoh Dengiz boʻyi provinsiyalaridan gʻarbdagi hududda ayollarni qabul qilgan ilk universitetga aylangan[1]. Universitetdagi tibbiyot kurslariga ayollar qabul qilinganiga erkak xodimlar va talabalar salbiy munosabat bildirgani tufayli 1883-yil ayollar uchun tibbiyot kolleji ochilgan[8][9]. 1912-yil universitet presviterianlik cherkovi bilan aloqani uzgan[5] va hozirgi nomiga oʻtgan[10][1]. XX asrning oʻrtalarida bir necha fakultet va maktabga asos solingan, yangi binolar qurilib, oliygoh kampusi kengaytirilgan.

Queen's 33 mingdan talaba hamda jahon boʻylab 131 mingdan oshiq bitiruvchiga ega[11][12]. Oliygohni tamomlagan taniqli shaxslar orasida davlat amaldorlari, olimlar, tadbirkorlar hamda 57 nafar Rhodes stipendiyasi sovrindori bor[13]. 2022-yil holatiga koʻra, besh nafar Nobel mukofoti sovrindori hamda bir nafar Turing mukofoti gʻolibi Queenʼs universiteti bilan aloqadordir.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „General History“. Queen's University. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-iyul.
  2. „Administration/Governance“. Governance. 2016-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-may.
  3. 3,0 3,1 „Student Enrolment“. Office of Planning & Budgeting. Queen's University. 2018-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-may.
  4. 4,0 4,1 „Inventory and Assessment“. Campus Plan 2002. Queen's University (2002). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-iyul.
  5. 5,0 5,1 „Consolidation of The Royal Charter of Queen's University and its Amending Statutes“. Queen's University (2011-yil oktyabr). 2015-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-dekabr.
  6. „An Act Respecting the Incorporation of Queen's Theological College“. Queen's University (2005-yil iyul). 2011-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-iyul.
  7. Pound, Richard W.. 'Fitzhenry and Whiteside Book of Canadian Facts and Dates'. Fitzhenry and Whiteside, 2005. 
  8. „Women Medical Students, Expulsion of | Queenʼs Encyclopedia“. queensu.ca. 2019-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-oktyabr.
  9. Neatby, Hilda. Queen's University: Volume I, 1841–1917: And Not to Yield. McGill-Queen's University Press, 1978 — 214–216 bet. ISBN 0-7735-6074-2. 
  10. S. C., 1912, c. 138
  11. „Queen's Quick Facts“. Queen's University. 2014-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-sentyabr.
  12. Category: | Queenʼs University News Centre (Wayback Machine saytida 12 April 2013 sanasida arxivlangan). Queensu.ca. Retrieved on 2013-08-12.
  13. „Queen's Gazette“. Queen's University (2016). 2016-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-noyabr.