Masjid
Usta Kamol xoji masjidi
Shahar Namangan
Manzil Marg'ilon mahalla, O'zbekiston ko'chasi, 9-uy
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Homiylar Rasulov Mo'ydinsho, Xamroho'ja Eshon, Muminov Abdumbaqqol
Soʻngi imom Abdulbositxon Yusupov
Umumiy maydoni 8.3
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 2
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik


Usta Kamol xoji masjidi-Namangan shaxar, Margʻilon mahalla xududidagi Oʻzbekiston koʻcha 9-uyda joylashgan. Masjidining umumiy yer maydoni 8,3 sotixni tashkil etadi[1][2].

Tarixi tahrir

Masjidning oʻrni, muqaddam 1880-yillarda „Mulla Kirizboy ota“ tomonidan barpo etilgan boʻlib, 1917-yilga qadar faoliyatini davom etirgan. 1920-yillardagi inqilobdan keyin qarovsiz qolgan masjidni Rasulov Mo'ydinsho aka qayta tamirlagan, bunga Xamrohoʻja Eshon ota va Muminov Abdumbaqqol otalar yordam berishgan. 1924-yildan 1943-yilga qadar bu yerda koʻp millatlikka mansub fuqarolar yashagan. 1943-yilda hamma masjidlar qatori yana oʻz faoliyatini boshlagan. Bu vaqtlarda Abdullo kori ota imom xatiblik, Baxri xoji ota muazzin boʻlganlar. 1946-yildan 1990-yilgacha yana koʻp millatlik fuqarolarga yashash uchun joy qilib berilgan. 1991-yil O'zbekiston mustaqilligi sharofati bilan masjid yana mahalla ahli mumin namozxonlar talabiga binoan, shaxar hokimining 1991-yil 28-noyabrdagi 468/13-sonli qaroriga asosan qayta tamirlash uchun olib berilib, qaytadan hashar yoʻli bilan masjid binosini yangi zamonaviy usulda qurildi. O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1993-yil 24-sentyabrda 282-sonli guvohnoma bilan diniy tashkilot nizomiga asosan roʻyxatga olinib, mahalla tashabbuskorlari talabiga binoan „Usta Kamol xoji“ masjidi deb nomlandi. 1998-yil Oʻzbekiston Respublikasining „Vijdon erkinligi-diniy tashkilotlar“ amaldagi qonunlari asosida viloyat kokimligining 31-iyundagi 48-sonli guvoxnomasiga ega boʻlib, qayta roʻyxatdan oʻtkazildi[3]. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 14-avgust kuni 35-sonli guvoxnomasi berildi. „Usta Kamol xoji“ Mulla Iyldoshboy ota hunarmand oilasida Namangan shaxrida 1896-yilda tuilganlar. Ota-onalaridan yosh qolib, yoshlik chogʻlarida Maxdum Eshon domlalardan tahsil olganlar. Kasblari sartaroshlik boʻlib, Abdul Qodir oqsoqol ustadan hunar oʻrganganlar. Usta Kamol xoji oʻtkir zehnli xushmuomilali kishi boʻlib, xalq, orasidagi ulamolarni doʻst tutib tanilganlar va koʻpina shogirdlar qoldirgan. 1960-yilda 5-mayda vafot etgan. Masjidda 1992-yildan 1998-yilgacha Mulla Tursunboy xoji ota imomlik qildilar, 1998-yildan masjidning imom xatibi Namangan shaxar „Mulla Qirgiz“ madrasasini bitirgan, oʻrta masus malumotli, Abdul Qodir qori nabiralari Abdulbositxon Yusupov Sobirjon xoji oʻgʻillari davom ettirmoqda. Masjid asosan Xanafiy masxabiga amal qiladi va O'zbekiston Musulmonlari diniy idorasiga boʻysinadi.

Manbalar tahrir

  1. „Уста Камол хожи жоме масжиди“. masjid.uz. Islom.uz. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
  2. „Usta Kamol hoji masjidi“. Yandex.ru. Yandex. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
  3. „VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 17-may 2024-yil.