Gʻalaba bayrami
Gʻalaba bayrami
Rasmiy nomi Zafer Bayramı (Turkiya)
Boshqa nomlari Turkiya Qurolli kuchlari kuni
Nishonlovchilar Turkiya Turkiya

Shimoliy Kipr Shimoliy Kipr

Turi Milliy
Ahamiyati 1922-yil Dumlupinar jangida Turkiya armiyasi gʻalabasi sharafiga
Sana 30-avgust
Nishonlanishi Harbiy parad, aerobatika, namoyishlar, konsertlar, harbiy maktablardagi tadbirlar

Gʻalaba kuni (turkcha: Zafer Bayramı), shuningdek, Turk Qurolli Kuchlari kuni (turkcha: Türk Silahlı Kuvvetleri Günü)[1]. Turkiyada 1922-yil 30-avgustda Dumlupinar jangidagi hal qiluvchi gʻalaba xotirasiga bagʻishlangan bayramdir. Shimoliy Kiprda ham nishonlanadi[2].

Tarixi tahrir

Bayram 1922-yil 30-avgustda yunon-turk urushidagi soʻnggi jang boʻlgan Dumlupinar jangidagi hal qiluvchi gʻalabaga bagʻishlanadi[3]. Jangdan keyin yunonlarning Anadoludagi hukmronligi tugadi[3]. G‘alaba kuni 1926-yildan buyon rasmiy bayram sifatida nishonlanib kelmoqda. Birinchi marta 1923-yil 30-avgustda nishonlangan[4].

Anʼanalar tahrir

Gʻalaba kuni butun Turkiya va Shimoliy Kiprda nishonlanadi. Turk Qurolli Kuchlarining ham bayramidir[1][2]. Asosiy bayram Anqaradagi Anitkabirda boʻlib oʻtadi. U yerda Turkiya prezidenti rasmiy gulchambar qoʻyish marosimidan soʻng nutq soʻzlaydi[4][5]. Istanbuldagi Harbiy Akademiyada ham tantanali marosim oʻtkazilib, barcha harbiy tadbirlar shu kuni amalga oshiriladi. Mamlakatning yirik shaharlarida paradlar oʻtkaziladi, Anqara ham bayram sharafiga milliy paradga mezbonlik qiladi[6][7][8]. 30-avgust kuni Turkiyada harbiy maktablarning bitiruv marosimi bo‘lib o‘tadi[9]. Turk yulduzlari harbiy samolyotlari Dumlupınar ustida havo koʻrgazmasi namoyish etadi[10]. Kechqurun yirik shaharlarda Qurolli Kuchlarning erkak va ayollarini tabriklash maqsadida bayram konsertlari o‘tkaziladi[11][12]. Oliy Bosh qoʻmondon vazifasini bajaruvchi Turkiya Prezidenti Prezidentlik majmuasida tadbir oʻtkazadi[13].

Bayram galereyasi tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Büyük Zafer'in 97. yıl dönümü kutlanıyor“ (tr). Anadolu Agency (2019-yil 30-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  2. 2,0 2,1 „2019'da 14'ü resmi, 119 gün tatil var“ (tr). Kıbrıs Gazetesi (2018-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 9-aprel.
  3. 3,0 3,1 „Türk milletinin şanlı tarihinin dönüm noktası: 30 Ağustos“ (tr). Anadolu Agency (2019-yil 29-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  4. 4,0 4,1 „Turkey marks Victory Day as Erdoğan vows resistance against 'increasing threats'“ (tr). Hürriyet Daily News (2018-yil 30-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  5. „Devletin zirvesi 30 Ağustos töreni için Anıtkabir'de...“ (tr). Sabah (2018-yil 30-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  6. „30 Ağustos Zafer Bayramı Ve Türk Silahlı Kuvvetleri Günü“ (tr). Milliyet (2018-yil 29-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  7. „Zafer Bayramı'nın 97. yıl dönümü kutlamaları“ (tr). BirGün (2019-yil 30-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  8. Tunç, Süleyman. „Başkentte 30 Ağustos Kortej Yürüyüşü“ (tr). Anadolu Agency (2019-yil 30-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  9. „Erdoğan Harp Okulları Diploma Töreni'nde konuştu“ (tr). Aydınlık (2019-yil 31-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  10. „Türk Yıldızları'ndan nefes kesen gösteri!“ (tr). İhlas Haber Ajansı (2019-yil 30-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  11. „30 Ağustos Zafer Bayramı coşkusu“ (tr). Sabah (2018-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  12. „Forum Mersin'de 30 Ağustos Zafer Bayramı konseri“ (tr). Haberturk.com (2019-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  13. „Cumhurbaşkanlığı Külliyesi'nde 30 Ağustos Zafer Bayramı resepsiyonu“ (tr). TRT Haber (2019-yil 30-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.

Andoza:Public holidays in Turkey