Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich (1964-yil 21-aprel, Fargʻona viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (2020-yildan). 2016-yildan 2022-yilgacha Sirdaryo viloyati hokimi. 2022-yildan Oʻzbekiston Prezidentining maslahatchisi.

Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich
Мирзаев Ғофуржон Ғаниевич
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Mansab davri
2022-yil 22-noyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Sherzod Qudbiyev
Sirdaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2016-yil 15-dekabr – 2022-yil 22-noyabr
Oʻtmishdoshi Oybek Ashurmatov
Vorisi Akmaljon Mahmudaliyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-aprel 1964-yil (1964-04-21) (60 yosh)
Fargʻona
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni


Biografiyasi tahrir

Taʼlim tahrir

1990-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis-elektrik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati tahrir

Gʻofurjon Mirzayev 1990—1994-yillarda Bogʻdod don mahsulotlari kombinati sozlovchisi, avtomatika muhandisi, rais oʻrinbosari, 1994—1997-yillarda Bogʻdod tumani hokimining qurilish, sanoat, transport va aloqa masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 1997—1998-yillarda „Oʻzdonmahsulot“ davlat aksiyadorlik korporatsiyasi qurilish, yangi texnologiyalar va modernizasiya bosh boshqarmasi boshligʻi, 1998—2000-yillarda Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining Fargʻona aksiyadorlik uyushmasi raisi, 2000—2003-yillarda „Oʻzdonmahsulot“ davlat aksiyadorlik korporasiyasi qurilish, yangi texnologiyalar va modernizatsiya bosh boshqarmasi boshligʻi, 2003—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-nazorat xizmati hududiy organlar bilan ishlash guruhi yetakchi inspektori, 2011-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati davlat hokimiyati hududiy organlari shoʻbasi yetakchi inspektori,

2011—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati davlat hokimiyati hududiy organlari shoʻbasi bosh inspektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2016-2022-yillarda Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritdi[1].

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Mukofotlari tahrir

Gʻofurjon Mirzayev 2019-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan[2].

Manbalar tahrir

  1. „Gʻofurjon Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi“ (2020-yil 13-yanvar). 2020-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
  2. „Halol mehnat munosib ragʻbatlantirilganda…“ (2019-yil 31-avgust). Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.