Gabrielit — sulfotuzli talliyning tabiatda kamdan-kam uchraydigan minerali. Birinchi marotaba Lengelbax, Binntal, Vale, Shvetsariya karyerlarida aniqlangan, 2002-yilda Valtera Gabriel (1943) shveytsar minarallar fotosuratchisi sharafiga nomlangan. Mineral topilgan hudud yashil-granat, amfibolit fatsiyasi metamorfizmi natijasida oʻzgarib hosil bo‘lgan. Shu sababli Shvetsariya hududida ko‘p kamyob sulfotuzlar uchraydi[1].

Gabrielit
Asosiy
Formulasi Tl6 Ag 3Cu 6(As,Sb)9Sv21
Fizik xususiyatlari
Rangi Kulrangdan qora ranggacha
Qirra rangi Qora qizil
Yaltiroqlik shishasimon
Shaffoflik shaffof
Qattiqlik 1,5 — 2
Sinishi notekis
Zichligi 5,38 g/sm 3 g/sm³
singoniyasi Triklinik

Sturkturasi va xususiyatlari tahrir

Gabrielit psevdogeksional formasiga ega, kristall sturkturasi oltiburcha ditriagonalizi parallel qatlamlaridan iborat, simmetriyasi P3[2]. Amerikalik olimlarning fikri bo‘yicha gabriyelit olti qirralik konturga ega. Gabriyelit triklinnik kristalli tizimning bir qismi bo‘lib, tabiatda uchraydigan psevdogeksional shakl, markaziy simmetriyaga ega.

Tuzilishi va xususiyatlari tahrir

Ushbu mineralning optik mineralogiyasini o‘rganayotganda, mineralning izotrop (o‘qlar bo‘yicha barcha yo‘nalishda bir xillik xususiyatlari) yoki anizotrop (o‘lchashda o‘qlar bo‘yicha farq) ekanligini aniqlashimiz zarur. Gabriyelit anizotrop xususiyatiga ega[3]. Bu yorug‘lik tezligini kristallografik yo‘nalishda o‘zgarishini anglatadi, buni shlifda kuzatsa bo‘ladi. Yana bir optik xususiyati—nurning ikki sindirilishi. Gabriyelit juda sayoz anizotropizmga ega, unda deyarli nurning ikki sindirilishi kuzatilmaydi. Mineral rangi — qorasimon kul rang, qota, nur qaytarganda rangi — oq, yaltiroqligi — mettalsimon, chizigʻning rangi — to‘q qizil, qattiqligi — 1,5-2, zichligi — 5.38 g/sm³.

Tarqalganligi va sanoatda qo‘llanilishi tahrir

Gabriyelit idomorf kristallar shaklida uchraydigan sulfotuz mineral turi hisoblanadi, odatda trias dolomitlaringing bo‘shliqlarida keng tarqalgan. Gabriyelit kabi sulfotuzlarning fizik xususiyatlari, mineralni termoelektr o‘tqazuvchanlik va magnitlanishda qo‘llashda keng imkoniyat beradi.

Manbalar tahrir

  1. „Webmineral ma'lumotlari“. webmineral.com. Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil.
  2. Graeser, S., Topa, D., Balić-Žunić, T., and Makovicky, E. (2006) A New Species of Thallium Sulfosalt from Lengenbach, Binntal, Switzerland. Canadian Mineralogist, 44, 135-140.
  3. „Gabrielit“. www.mindat.org. Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil.