Gender tengsizlik indeksi (GTI) – gender tengsizligini baholovchi koʻrsatkich boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan 2010-yilgi Inson taraqqiyoti hisobotining 20 yillik nashrida joriy etilgan. BMTTD maʼlumotiga koʻra, ushbu indeks gender nomutanosibligi tufayli mamlakatda yoʻqotiladigan potensial imkoniyatlar miqdorini aniqlovchi oʻlchovdir. Ushbu imkoniyatlar miqdorini oʻlchashda uchta asosiy koʻrsatkichdan foydalaniladi: reproduktiv salomatlik, vakolatlar va mehnat bozoridagi ishtirok. Yangi indeks 1955-yilgi Inson Taraqqiyoti hisobotida joriy etilgan Gender Taraqqiyoti Indeksi (GDI) va Gender Vakolatlari Mezoni (GEM) indikatorlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida eksperimental chora sifatida kiritilgan[1].

Mamlakatlardagi gender tengsizlik indeksi (2019-yil). Qizil gender tengsizlik darajasi yuqori, va yashil gender tengligi mutanosib tarzda yuqori[1].

Kelib chiqishi tahrir

Gender tengsizligini bartaraf etishga doir harakatlar natijasida, 1995-yilgi Inson taraqqiyoti hisobotida Gender Taraqqiyoti Indeksi (GDI) va Gender Vakolatlari Mezoni (GEM) kiritilgan. GDI va GEM Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson taraqqiyoti boʻyicha beradigan hisobotlarida gender tengsizligini baholashdagi asosiy koʻrsatkichlar vazifasini oʻtagan. GDI va GEM indekslari uslubiy va konseptual cheklanilganligi tufayli koʻplab muammolar yuzaga kelgan[2][2].

Beneria va Permanyer GDI va GEM oʻz-oʻzidan gender tengsizligini oʻlchovchi asosiy koʻrsatkich emasligini tushuntirib bergan. GDI – bu mamlakat ichidagi rivojlanishni oʻlchaydigan va keyingi gender tengsizligining salbiy koʻrsatkichlarini tuzatuvchi kompozit indeks. GEM ayollarning iqtisodiyotda, siyosatda va qarorlar qabul qilishda hokimiyat vositalariga erishish imkoniyatini oʻlchaydi. Beneria va Permanyerning ikkalasi ham gender tengsizligini aniq koʻrsatmasligi daʼvo qilnmoqda[3]. BMTTD maʼlumotlariga koʻra, GDI gender tengsizligini toʻgʻri oʻlchashga qodir emasligi, uning tarkibiy qismlari BMTTD tomonidan qoʻllaniladigan inson taraqqiyoti indeksi (HRI) bilan juda chambarchas bogʻliqligi uchun tanqid qilingan[4].

Shunday qilib, Inson taraqqiyoti indeksi va GDI oʻrtasidagi tafovutlar kichik boʻlgan, bu esa gender nomutanosibligi inson taraqqiyoti uchun ahamiyatsiz degan xulosani keltirib chiqaradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining taʼkidlashicha, GDI va GEM ham tanqidga uchragan, chunki daromad darajasi olingan daromad komponentida ustunlik qiladi, buning natijasida daromad darajasi past boʻlgan mamlakatlar, hattoki gender tengsizligi darajasi boʻlsa ham, yuqori yoʻrsatkichni qayd etolmaydilar. GEM koʻrsatkichlari rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda rivojlangan mamlakatlarga koʻproq mos kelishi isbotlangan. 2007-yilgi Jahon Iqtisodiy Forumi ishtirokchilari, jumladan, gender tengligi boʻyicha xalqaro gʻamxoʻrlik kuchayib borayotganligi sababli, ayollarning rivojlanishi davlatlar oʻsishiga taʼsir koʻrsatadigan muhim masala ekanligini tan olganlar[5].

2006-yildan boshlab Jahon Iqtisodiy Forumi oʻzining Global Gender Tafovutlari Hisobotida gender tafovutlari indeksini (GGI) ishlatib keladi. Bu indeks gender tafovutlarini yaxshiroq aniqlash maqsadida mamlakatlarni gender farqlari boʻyicha tartiblaydi[6]. Beneria va Permanyer GGIni faqat ayollar hayotining ayrim jabhalaridagi tengsizlikni qamrab olgani uchun ham tanqid qilgan, shuning uchun uni gender tengsizligining toʻliq boʻlmagan oʻlchovi sifatida koʻrishadi[7].

GDI va GEM koʻp tanqidlarga uchraganini hisobga olib, BMTTD ushbu indekslar ayollar duch keladigan nomutanosibliklarni toʻliq qamrab olmaydi, deb hisoblagan. GDI va GEMni isloh qilish maqsadida BMTTD 2010-yilgi Inson taraqqiyoti hisobotiga Gender tengsizlik indeksini (GTI) kiritdi[8]. Yangi indeks jamlangan oʻlchov boʻlib, BMTTD maʼlumotlariga koʻra, gender tengsizligi tufayli erishilgan yoʻqotishlarni uchta oʻlchovdan foydalangan holda oʻzida qamrab oladi: reproduktiv salomatlik, imkoniyatlarni kengaytirish va mehnat bozoridagi ishtirok. GTI daromad darajasini komponent sifatida oʻz ichiga olmaydi, bu GDI va GEMning eng bahsli tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan. Bundan tashqari, u bir oʻlchovdagi yuqori yutuqlarni boshqasida past yutuqlarni qoplab ketishga ham imkon bermaydi[8].

Metodologiyasi tahrir

Gender tengsizlik indeksining metodologiyasi Inson taraqqiyoti indeksi baholash uslubiga oʻxshab ketadi. Nazariy jihatdan, ushbu indeks 0 (ayollar va erkaklar oʻrtasida toʻliq tenglik) dan 1 (toʻliq gender nomutanosibligi) gacha boʻlgan oʻlchov shkalasida baholanadi.

Gender tengsizligi indeksini yoʻqotiladigan potentsial inson taraqqiyotining foizi sifatida ham talqin qilish mumkin. Inson taraqqiyoti indeksidan farqli oʻlaroq, gender tengsizligi indeksidagi yuqori koʻrsatkichlar erishilgan natijalarning pastligini koʻrsatadi.

Indekslashda quyidagi 3 ta asosiy mezonga asoslaniladi:

Reproduktiv salomatlik tahrir

Reproduktiv salomatlik ikkita koʻrsatkich bilan oʻlchanadi: onalar oʻlimi va oʻspirin homiladorligi darajasi. Bunday holda, indeksni hisoblash uchun erkaklar uchun mos keladigan ekvivalenti boʻlmagan salomatlik koʻrsatkichlari qoʻllaniladi. Indeksni hisoblash uchun qizlar va ayollarning reproduktiv salomatligi ideal koʻrsatkichlar bilan taqqoslanadi: onalar oʻlimining yoʻqligi va oʻspirin homiladorligi darajasi. Bunda, oʻsmirlik davridagi homiladorlik ayolning kelajakdagi reproduktiv salomatligi va umumiy sogʻligʻiga jiddiy xavf tugʻdirishi asos qilib olingan. Erta homiladorlik ayollar va farzandlari salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiribgina qolmasdan, ularning taʼlim olishini cheklaydi. Buning natijasida, ayollar kelajakda kam maoshli ishlarda mehnat qilishlariga toʻgʻri keladi.

Vakolatlar va imkoniyatlarga egalik tahrir

Indeksning ushbu tarkibiy qismi ham ikkita asosiy faktorga asosan oʻlchanadi: parlamentdagi ayollar va erkaklar sonining nisbati, ayollarning oʻrta va oliy maʼlumotga egalik darajasi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, 2010-yilda 138 ta mamlakatdan faqat 2 tasida ayollar davlat hokimiyat organlarida faoliyat koʻrsatmaydi. Hisob-kitoblarni amalga oshirishda nol qiymatlar 0,1 foizga oshirildi. Bunda xotin-qizlar parlamentda faoliyat yuritmagan taqdirda ham, ular maʼlum siyosiy taʼsirga ega ekanligi inobatga olindi.

Iqtisodiy faollik darajasi tahrir

Iqtisodiy faollik aholining ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan, yaʼni ishchi kuchini ifodalovchi qismidagi ayollarning ishtirok eitsh darajasi bilan oʻlchanadi.

Gender tengsizligi indeksi natijalari tahrir

Dunyo boʻyicha gender tengsizlik koʻrsatkichi qiymati 0,56 ni tashkil etadi, bu yuqoridagi uchta mezon asosida erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tengsizlik tufayli yoʻqotish 56 foizga teng ekanligini koʻrsatadi. Ushbu indeksda eng yaxshi natija Niderlandiya ― 0,17 ni tashkil qiladi. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha TOP – 5 talikka Daniya, Shvetsiya, Shveytsariya va Norvegiya kiradi. Eng past natijalar Yamanda ― 0,85. Rivojlangan IHTT (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) mamlakatlari uchun oʻrtacha indeks qiymati 0.32, Janubiy Osiyo mamlakatlari uchun ― 0,74[9].

Afrika, Janubiy Osiyo va Arab davlatlari gender tengsizligining eng yuqori koʻrsatkichlariga ega. Bunda asosiy faktor reproduktiv salomatlikdir[9]. Garchi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada 30 yoshlardagi ayol onasiga qaraganda sogʻlom, koʻproq bilim va malakga ega boʻlsa-da, ular ish topishda eng katta toʻsiqlarga duch keladi va dunyoning boshqa mintaqalaridagi tengdoshlariga qaraganda jamoaviy faoliyatda kamroq ishtirok etadilar[10].

Reyting tahrir

Gender tengligi mukammal boʻlgan davlat yoʻqligi sababli, barcha davlatlar gender tengsizligi tufayli inson taraqqiyotidan maʼlum darajada zarar koʻradi. GTI va Inson taraqqiyoti indeksida qoʻllaniladigan oʻlchamlardagi farq shuni anglatadiki, GTI Inson taraqqiyoti indeksining yoʻqolishi sifatida talqin qilinmaydi, lekin oʻz darajasi va HDIdan alohida qiymatga ega[11]. GTI foiz sifatida talqin qilinadi va gender tengsizligi tufayli inson rivojlanishining potentsial yoʻqolgan foizi miqdorini koʻrsatadi. 2011-yilda jahon boʻyicha oʻrtacha GTI koʻrsatkichi 0,492 ni tashkil etgan, bu gender tengsizligi tufayli inson rivojlanishining 49,2% yoʻqolganligini koʻrsatadi[12]. Maʼlumotlar va maʼlumotlar sifati cheklovlari tufayli 2010-yilgi Inson taraqqiyoti hisoboti 2008-yil uchun 138 mamlakatning GTI reytingini hisoblab chiqqan. 2011-yilgi Inson taraqqiyoti hisoboti shu yilning hisobot uchun 146 mamlakatning GTI reytingini hisoblab chiqishga muvaffaq boʻlgan[13].

BMTTD GTI maʼlumotlariga koʻra mamlakatlar reytingi (2019-yil):

GTI ITI Mamlakat GTI indeksi
1 2 Shvetsariya 0.025
2 1 Norvegiya 0.038
3 11 Finlandiya 0.039
4 8 Niderlandiya 0.043
4 10 Daniya 0.043
6 7 Shvetsiya 0.045
6 14 Belgiya 0.045
7 23 Janubiy Koreya 0.047
8 26 Fransiya 0.049
9 4 Islandiya 0.058
10 22 Sloveniya 0.063
11 23 Tayvan 0.064
12 23 Lyuksemburg 0.065
12 11 Singapur 0.065
14 18 Avstriya 0.069
14 29 Italiya 0.069
16 25 Ispaniya 0.070
17 19 Yaponiya 0.075
18 38 Portugaliya 0.079
19 16 Kanada 0.080
20 6 Germaniya 0.084
21 33 Kipr Respublikasi 0.086
21 29 Estoniya 0.086
23 2 Irlandiya 0.093
24 14 Yangi Zelandiya 0.094
25 8 Avstraliya 0.097
26 19 Birlashgan Qirollik 0.109
26 48 Chernogoriya 0.109
28 35 Polsha 0.115
29 32 Gretsiya 0.116
29 43 Xorvatiya 0.116
31 31 Birlashgan Arab Amirliklari 0.118
31 53 Belarus 0.118
33 14 Isroil 0.123
34 34 Litva 0.124
35 64 Serbiya 0.132
36 27 Chexiya 0.136
37 82 Shimoliy Makedoniya 0.143
38 73 Bosniya va Gersegovina 0.149
39 85 Xitoy 0.168
40 28 Malta 0.175
41 37 Latviya 0.176
42 69 Albaniya 0.181
43 45 Qatar 0.185
44 51 Qozogʻiston 0.190
45 39 Slovakiya 0.191
46 17 Qoʻshma Shtatlar 0.204
46 90 Moldava 0.204
48 56 Bolgariya 0.206
49 42 Bahrayn 0.212
50 52 Rossiya 0.225
51 40 Vengriya 0.233
52 74 Ukraina 0.234
53 64 Quvayt 0.242
54 81 Armaniston 0.245
55 43 Chili 0.247
56 105 Liviya 0.252
56 40 Saudiya Arabistoni 0.252
56 58 Barbados 0.252
59 62 Malayziya 0.253
60 47 Bruney 0.255
61 49 Ruminiya 0.276
62 55 Urugvay 0.288
62 106 Oʻzbekiston 0.288
62 62 Kosta-Rika 0.288
65 95 Tunis 0.296
65 117 Vyetnam 0.296
67 70 Kuba 0.304
68 60 Oman 0.306
68 54 Turkiya 0.306
70 125 Tojikiston 0.314
71 99 Mongoliya 0.322
71 74 Meksika 0.322
73 88 Ozarboyjon 0.323
73 67 Trinidad va Tobago 0.323
75 46 Argentina 0.328
76 61 Gruziya 0.331
77 58 Bagam orollari 0.341
78 66 Mavritsiya 0.347
79 104 Tonga 0.354
80 79 Tailand 0.359
81 111 Samoa 0.360
82 95 Maldiv orollari 0.369
82 120 Qirgʻiziston 0.369
84 93 Fiji 0.370
85 124 El Salvador 0.383
86 86 Ekvador 0.384
87 79 Peru 0.395
88 101 Yamayka 0.396
89 126 Kabo-Verde 0.397
90 86 Sent Lyusiya 0.401
90 72 Shri Lanka 0.401
92 160 Ruanda 0.402
93 114 JAR 0.406
94 57 Panama 0.407
95 84 Braziliya 0.408
96 92 Livan 0.411
97 110 Beliz 0.415
98 107 Boliviya 0.417
99 129 Butan 0.421
100 132 Gonduras 0.423
101 83 Kolumbiya 0.428
101 128 Nikaragua 0.428
103 91 Jazoir 0.429
104 107 Filippin 0.430
105 97 Surinam 0.436
106 130 Namibiya 0.440
107 103 Paragvay 0.446
108 116 Misr 0.449
109 102 Iordaniya 0.450
110 142 Nepal 0.452
111 121 Marokash 0.454
112 88 Dominika Respublikasi 0.455
113 137 Laos 0.459
113 70 Eron 0.459
115 122 Gayana 0.462
116 100 Botswana 0.465
117 144 Kambodja 0.474
118 147 Myanma 0.478
119 113 Venezuala 0.479
119 127 Guatemala 0.479
121 107 Indoneziya 0.480
122 151 Suriya 0.482
123 131 Hindiston 0.488
124 185 Burundi 0.504
125 173 Efiopiya 0.517
126 143 Keniya 0.518
127 181 Mozambique 0.523
128 119 Gabon 0.525
129 150 Zimbabve 0.527
130 168 Senegal 0.533
131 159 Uganda 0.535
132 148 Angola 0.536
133 135 San-Tome va Prinsipi 0.537
133 133 Bangladesh 0.537
135 138 Gana 0.538
135 154 Pokiston 0.538
137 146 Zambiya 0.539
138 170 Sudan 0.545
139 165 Lesotho 0.553
140 163 Tanzania 0.556
141 153 Kamerun 0.560
142 174 Malavi 0.565
143 138 Esvatini 0.567
144 149 Kongo Respublikasi 0.570
145 167 Togo 0.573
146 123 Iroq 0.577
147 182 Burkina Faso 0.594
148 158 Benin 0.612
148 172 Gambiya 0.612
150 175 Kongo Demokratik Respublikasi 0.617
151 157 Mavritaniya 0.634
152 170 Gaiti 0.636
153 162 Ivory Coast 0.638
154 189 Nigeriya 0.642
155 182 Sierra Leone 0.644
156 175 Liberiya 0.650
157 169 Afgʻoniston 0.655
158 184 Mali 0.671
159 188 Markaziy Afrika Respublikasi 0.680
160 187 Chad 0.710
161 155 Papua Yangi Gvineya 0.725
162 179 Yaman 0.795

Eng yuqori oʻrindagi 10 ta mamlakat tahrir

2008[14], 2011[15], va 2012-yillar uchun GTI boʻyicha boʻyicha eng yuqori oʻrinni zabt etgan oʻnta mamlakat[16]:

Mamlakat GTI oʻrni 2018 GTI oʻrni 2012 GTI indeksi 2012 ITI oʻrni 2012 GTI oʻrni 2011 GTI indeksi 2011 GTI oʻrni 2008 GTI indeksi 2008
Niderlandiya 4 (0.041) 1 0.045 4 2 0.052 1 0.174
Shvetsiya 2 (0.040) 2 0.055 7 1 0.049 3 0.212
Daniya 2 (0.040) 3 0.057 15 3 0.060 2 0.209
Shveysariya 1 (0.037) 4 0.057 9 4 0.067 4 0.228
Norvegiya 5 (0.044) 5 0.065 1 6 0.075 5 0.234
Finlandiya 7 (0.050) 6 0.075 21 5 0.075 8 0.248
Germaniya 19 (0.084) 7 0.075 5 7 0.085 7 0.240
Janubiy Koreya 7 (0.048) 8 0.08 7 8 0.078 8 0.198
Fransiya 8 (0.051) 10 0.083 20 10 0.106 11 0.260
Belgiya 6 (0.045) 9 0.068 * * * * GHS

2018-yil reytingi va qiymati. 2018-yil: 9-oʻrinda Islandiya, 10-oʻrinda Koreya Respublikasi egallagan.

Roʻyxatga kiritilmagan mamlakat tahrir

Mamlakat[17][18] GTI darajasi 2012-yil GTI qiymati 2012-yil HDI reytingi 2012-yil GTI darajasi 2011-yil GTI qiymati 2011-yil GII darajasi 2008-yil GII qiymati 2008-yil
Xitoy Respublikasi (Tayvan) 2 0,053 23 4 0,061 4 0,223

Eng oxirgi oʻrindagi 10 ta mamlakat tahrir

2008[19], 2011[20] va 2012-yillar uchun GTI maʼlumotlariga koʻra gender tengligi boʻyicha eng past daraja koʻrsatgan oʻnta davlat[21]:

Mamlakat GTI oʻrni

(GII indeksi) 2018

GTI indeksi 2012 ITI oʻrni 2012 GTI oʻrni 2011 GTI indeksi 2011 GTI oʻrni 2008 GTI indeksi 2008
Yaman 162 (0.834) 0.747 160 -- -- -- --
Afgʻoniston 143 (0.575) 0.712 175 141 0.717 134 0.797
Nigeriya 154 (0.647) 0.707 186 144 0.724 136 0.807
Kongo 156 (0.655) 0.681 186 142 0.710 169 0.814
Liberiya 155 (0.651) 0.658 174 139 0.671 131 0.766
Markaziy Afrika Respublikasi 159 (0.682) 0.654 180 138 0.669 132 0.768
Mali 158 (0.676) 0.649 182 143 0.712 135 0.799
Sierra Leone 153 (0.644) 0.643 177 137 0.662 125 0.756
Mavritaniya 150 (0.620) 0.643 155 -- -- -- --

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Nations, United (2020). Human Development Report 2020 - Table 5: Gender Inequality Index. http://hdr.undp.org/en/composite/GII. Qaraldi: 2021-01-22. Gender tengsizlik indeksi]]
  2. 2,0 2,1 Permanyer, I.,(2011). Are UNDP Indices Appropriate to Capture Gender Inequalities in Europe? (Wayback Machine saytida 2020-09-11 sanasida arxivlangan), Social Indicators Research, pp. 1-24
  3. Beneria, L., Permanyer, I.,(2010).The Measurement of Socio-economic Gender Inequality Revisited, Development and Change, 41:3, pp.375-399
  4. United Nations Development Programme, (2011).Gender Inequality Index FAQ
  5. Ferrant, G., (2010). The Gender Inequalities Index (GII) as a New Way to Measure Gender Inequalities in Developing Countries, SciencesNew York, pp.106-112
  6. Hausmann, R., Tyson, L. D., Zahidi, S., (2006). „The Global Gender Gap Report 2006“, World Economic Forum, Geneva, Switzerland
  7. Beneria, L., Permanyer, I.,(2010).The Measurement of Socio-economic Gender Inequality Revisited, Development and Change, 41:3, pp.375-399
  8. 8,0 8,1 United Nations Development Programme, (2011).Gender Inequality Index FAQ
  9. 9,0 9,1 „Gender Inequality Index“ (en). Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson taraqqiyoti to'g'risidagi hisoboti 2010 yil. 2012-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-iyun.
  10. Baten, Jörg. A History of the Global Economy. From 1500 to the Present. Cambridge University Press, 2016 — 240 bet. ISBN 9781107507180. 
  11. United Nations Development Programme, (2011).Gender Inequality Index FAQ
  12. United Nations Development Programme, Gender Inequality Index FAQ’s, 2011
  13. United Nations Development Programme, Human Development Report 2011; Sustainability and Equity, 2011
  14. United Nations Development Programme, Human Development Report 2010; The Real Wealth of Nations, 2010
  15. United Nations Development Programme, Human Development Report 2011; Sustainability and Equity, 2011
  16. „Table 4 Gender Inequality Index 2012“. United Nations Development Programme. 2014-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-yanvar.
  17. „我國HDI、GII分別排名全球第23位及第2位“ (zh). Directorate-General of Budget, Accounting and Statistics. Qaraldi: 2013-yil 26-dekabr.
  18. 台灣性別平等 2012排名全球第2, Liberty Times, 2014-09-23
  19. United Nations Development Programme, Human Development Report 2010; The Real Wealth of Nations, 2010
  20. United Nations Development Programme, Human Development Report 2011; Sustainability and Equity, 2011
  21. „Table 4 Gender Inequality Index 2012“. United Nations Development Programme. 2014-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-yanvar.

Havolalar tahrir