Gepatit A – gepatovirus A virusi (GAV) keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. GAV fekal-oral usulda yuqadi. Inkubatsiyon muddati oʻrtacha 30 kunni tashkil etadi. Gepatit A aksariyat holatda asimptomatik boʻladi. Boshqa hollarda isitma, koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi, sariqlik va qorinda ogʻriq bilan namoyon boʻlishi mumkin. Jigarga aloqador boʻlmagan belgilari juda kam uchraydi hamda vaskulit, artrit, aplastik anemiya, sindromi qoʻshilib kelishi mumkin. Aksariyat bemorlarda 2-6 oy ichida oʻz-oʻzidan tuzalib ketadi. Shu xususiyati bilan gepatit B va Cdan ajraalib turadi. Chunki, bu viruslar surunkali kasalliklarga sabab boʻladi. 1% dan kamroq bemorlarda fulminant jigar yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin va bu jigar transplantasiyasini talab qiladi. Klinik jihatdan boshqa virusli gepatitlardan farq qilmaydi. Laboratoriya tekshiruvlarida plazma aminotransferaza fermentlari (ALT ASTga qaraganda ancha baland), bilirubin va ishqoriy fosfataza miqdorining ancha oshishi kuzatiladi. Tashxis qonda GAV immunoglobulin Mni aniqlash orqali tasdiqlanadi. Davolash simptomatik boʻlib, asosan dam olish, koʻp suyuqlik ichish, koʻngil aynishi va ich ketishini bartaraf etishdan iborat boʻladi[1].

Gepatit A
Sinonimlari infeksion gepatit
Gepatit A virusining elektron mikrografi
Belgilari Koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi, siydikning qorayishi, sariqlik, isitma, qorinda ogʻriq
Mutaxassislik Yuqumli kasalliklar, Gastroenterologiya, Gepatologiya
Davomiyligi 8 hafta
Sabablari Hepatovirus A bilan ifloslangan suv ichish yoki ovqat yeyish
Tashxis usullari Belgilar va qon testlari orqali
Oldini olish Gepatit Aga qarshi emlash, qoʻllarni yuvib yurish, ovqatni yaxshi pishirish
Davolash Simptomatik davo, jigar transplantatsiyasi
Uchrash tezligi 114 mln (2015)
Oʻlim holati 11 200 kishi

Etiologiyasi tahrir

Gepatit A virusi Hepatoviruslar turkumi, Picornaviridae oliasiga mansub, kichik, qobiqsiz, yagona zanjirli musbat RNKli virus hisoblanadi. Oshqozon kislotasi, issiqlik va kimyoviy moddalarga chidamli boʻlib, dengiz suvi va chuchuk suvda oylab turishi mumkin[1].

Epidemiologiyasi tahrir

Simptomatik GAV infeksiyalari bilan yiliga 1.4 mln odam kasallanadi.

Virologiya tahrir

Gepatit A virusining 1 ta serotipi va 7 ta genetik guruhlari tasvirlangan boʻlib, shulardan toʻrttasi odamda va uchtasi primatlarda kasallik keltirib chiqaradi[2].

Virus tuzilishi
Turkum Strukturasi Simmetriyasi Kapsid Genom tuzilishi Genom segmentatsiyasi
Gepatovirus Ikosayedr Soxta T=3 Konvertsiz Linear Monopartit

Odam va boshqa umurtqali hayvonlar xoʻjayin vazifasini oʻtaydi. Virus fekal-oral va qon orqali yuqadi. Yutilganidan keyin ichak yoki ogʻiz-halqum epiteliysi orqali qonga tushadi. Qon orqali virus jigarga boradi va jigar gepatotsitlari va makrofaglarida joʻpayishni boshlaydi. Virus replikatsiyasi sitoplazmada sodir boʻladi. Hujayraga kirishi xoʻjayin retseptorlariga bogʻlanishi va endotsitoz orqali amalga oshiriladi. Virus lizis yoki viroporinlar orqali hujayrani tark etadi. Virionlar jigardan oʻt suyuqligiga, u yerdan ichaklarga quyiladi.

Kasallik chaqirishi
Turkum Xoʻjayini Toʻqima tropizmi Hujayraga kirishi Koʻpayish joyi Yuqishi
Gepatovirus odamlar va umurtqalilar jigar hujayra retseptor endotsitoz sitoplazma Oral-fekal; qon

Belgi va simptomlari tahrir

Klinik belgilari yoshga qarab oʻzgarib turadi bunda 6 yoshdan kichik bolalarda uchrasa, 30% hollatlarda simptomlar kuzatilsa, kattalarda bu koʻrsatkich 70%ni tashkil etadi. Simptomatik bemorlarda kasallik quyidagi fazalarda namoyon boʻladi[3].

Sariqlik oldi fazasi tahrir

Sariqlik fazasi oʻrtacha 5-7 kun davom etadi.

Sariqlik fazasi tahrir

Sariqlik fazasi 4-30 kun davom etadi.

  • Siydik qorayishi
  • Sariqlik
  • Oqish najas

Boshqa kam uchrovchi belgilari tahrir

Tashxis tahrir

Tashxis sariqlik, siydikning qorayishi, qorinda bezovtalik, isitma, holsizlik, koʻngil aynishi, ich ketishi belgilari kuzatilgan odamda gumon qilinishi shunga asosan tekshiruv ishlarini talab qiladi. Tashxisni qonda GAV IgM antitanalarini aniqlash orqali tasdiqlanadi. IgM antitanalari oʻtkir gepatit A dan keyingina rivojlanadi va infeksiyadan 1-2 hafta oʻtib va 14 hafta turadi[4].

 
Gepatit A virusiga qarshi antitanalar hosil boʻlishi.

Differensial diagnostika tahrir

Differensial tashxis boshqa virusli infeksiyalar, bakteriyali infeksiyalar, autoimmun kasalliklar, parazitlar, doridan zaharlanishlar, ishemik gepatit va Bad–Xiari sindromidan qilinadi.

Davolash tahrir

Gepatit A bilan infeksiyalangan bemorlarga faqat simptomatik terapiya qilinadi. Bemor koʻp dam olishi, yetarlicha ovqat va suyuqlik ichishi, gepatotoksik mahsulotlar masalan alkogol va paratsetamol isteʼmol qilmaslik kerak. Agar bemor koʻp miqdorda qayt qilsa, antiemetik beriladi. Gepatit A uchun birorta maxsus antivirus preparat mavjud emas.

Profilaktikasi tahrir

Gepatit Adan vaksinatsiya, gigienaga rioya qilish va toza suv va ovqat isteʼmol qilish orqali himoyalanish mumkin.

Emlash tahrir

Ikki turdagi vaksinalar biri inaktivatsiyalangan Gepatit A va biri tirik ammo kuchsizlantirilgan Gepatit A virusini tutadi. Har ikkala vaksina ham virusga qarshi faol immunitet hosil qiladi. Vaksina 25 yildan ortiq muddatga 95% dan ortiq holatda oʻz kuchini yoʻqotmaydi[5][6].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Langan RC, Goodbred AJ. Hepatitis A. Am Fam Physician. 2021 Oct 1;104(4):368-374. PMID: 34652109.
  2. Cristina J, Costa-Mattioli M. Genetic variability and molecular evolution of hepatitis A virus. Virus Res. 2007 Aug;127(2):151-7. doi: 10.1016/j.virusres.2007.01.005. Epub 2007 Feb 27. PMID: 17328982.
  3. Jeong SH, Lee HS. Hepatitis A: clinical manifestations and management. Intervirology. 2010;53(1):15-9. doi: 10.1159/000252779. Epub 2010 Jan 5. PMID: 20068336.
  4. Nainan OV, Xia G, Vaughan G, Margolis HS. Diagnosis of hepatitis a virus infection: a molecular approach. Clin Microbiol Rev. 2006 Jan;19(1):63-79. doi: 10.1128/CMR.19.1.63-79.2006. PMID: 16418523; PMCID: PMC1360271.
  5. Van Damme P, Van Herck K. A review of the long-term protection after hepatitis A and B vaccination. Travel Med Infect Dis. 2007 Mar;5(2):79-84. doi: 10.1016/j.tmaid.2006.04.004. Epub 2006 Jun 19. PMID: 17298912.
  6. Nothdurft HD. Hepatitis A vaccines. Expert Rev Vaccines. 2008 Jul;7(5):535-45. doi: 10.1586/14760584.7.5.535. PMID: 18564009.