Glamis qal’asi (inglizcha: Glamis Castle) — Glamis qishlogʻi yaqinidagi Shotlandiya qal’asi. Shotlandiyaning Angus grafligida joylashgan. Qal’a oʻz davrida qirollik ov uyi hisoblangan. Strathmor va Kinghorne graflari Bous-Lyon oilasining qarorgohi.

Tarixi tahrir

1372-yilda qirol Robert II Glamis qal’asini qurish gʻoyasini ser Jon Lionga bildirgan.[1]

Qal’a 1376-yilda qurilgan. XVasrda bino sezilarli darajada qayta qurilgan va minoralar qoʻshilgan. Ammo eng katta oʻzgarishlar XVIIva XVIII asrlarda amalga oshirilgan. Bu vaqtga kelib qal’adan mudofaa inshooti sifatida foydalanilmayotgan edi[1].

Glamis qal’asida qirolicha Yelizaveta II ning onasi Yelizaveta Bouz-Lyonning bolaligi oʻtgan; Qirolichaning singlisi malika Margaret ham shu yerda tugʻilgan. Hozirda qal’a qirolichaning katta evara jiyani, graf Stratmorga tegishli va qisman jamoatchilikka ochiq. Qal’aning bir tomonida muzey joylashgan boʻlib, ikkinchi qanoti qal’a egalari uchun uy vazifasini oʻtaydi.[2]

Afsona va rivoyatlar tahrir

Aytishlaricha, Qirol Malkolm II XI asrda Glamisda oʻldirilgan. Lord Glamisning bevasi Janet Duglas 1540-yilda Jeyms V tomonidan jodugar sifatida olovda yoqib yuborilgan. Shuningdek, afsonalarga koʻra, qal’ada yashirin xona boʻlib, unda zodagonlar shaytonning oʻzi bilan karta oʻynagan.[1]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „About Glamis Castle's History | Castle in Scotland | Forfar, Angus“ (en). www.glamis-castle.co.uk. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-avgust.
  2. „Scotland's Most Beautiful Castle | Glamis Castle | Angus, Scotland“. www.glamis-castle.co.uk. Qaraldi: 2017-yil 3-avgust.

Havolalar tahrir