Grigoriy Anatolyevich Kolosovskiy — oʻzbek futbolchisi, hujumchi va murabbiy. 2016-yilning may oyi oxiridan 2017-yilning apreligacha Toshkentning „Paxtakor“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan.

Grigoriy Kolosovskiy
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kolosovskiy Grigoriy Anatoliyevich
Tavallud sanasi 1971-yil 28-iyun
Tavallud joyi  UZB, Toshkent
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990 Sovet Ittifoqi Chirchiq 4 (0)
1990 Sovet Ittifoqi Sverdlovets 1 (0)
1992 Oʻzbekiston Yangiyer 11 (0)
1992 Oʻzbekiston Traktor (Toshkent) 9 (0)
Boshqargan klublari
2012 Oʻzbekiston Paxtakor-2 (Yordamchi murabbiy)
2013-2016 Oʻzbekiston Paxtakor (Yordamchi murabbiy)
2016-2017 Oʻzbekiston Paxtakor
2018 Latviya Spartak (Yurmala) (Yordamchi murabbiy)
2019 Oʻzbekiston Lokomotiv (Yordamchi murabbiy)
2020 Changchun Yatai F.C. (Yordamchi murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

SSSR chempionatining turli ligalarida qatnashgan. Oʻzbekiston SSR klublarida oʻynagan. Mustaqil Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida „Yangiyer“ va „Traktor“ jamoalarida oliy ligada toʻp surgan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Kolosovskiy futbolchilik faoliyatini yakunlagach Toshkentning „Paxtakor“ tizimida murabbiylik faoliyatini boshlaydi. U yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. 2013-yildan buyon asosiy jamoa murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. 2016-yil boshida bir muddat „Paxtakor“ bosh murabbiyi vazifasini bajargan. 2016-yil may oyi oxirida „Paxtakor“ oʻz maydonida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga 1:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, Toshkent klubi bosh murabbiyi Noʻmon Hasanov bosh murabbiylikdan ozod etiladi va uning oʻrniga vaqtincha Kolosovskiy tayinlanadi. Keyinchalik Kolosovskiy klub bosh murabbiyi etib saylanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. „"Navbahor" murabbiylar shtabiga uch nafar yangi mutaxassis qo'shildi“. 2024-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-mart.

Havolalar tahrir