Gulnoz Tojiboyeva (yozuvchi)

Gulnoz Tojiboyeva

Tojiboyeva Gulnoz Zohidullo qizi (oʻzbekcha: Тожибоева Гулноз Зоҳидулло қизи; 1991-yil 8-fevral, Toshkent) — bolalar yozuvchisi, ssenariy muallifi, tarjimon, dizayner, taʼmirshunos-rassom. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi (2019). O‘zbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi (2021). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (2022).

Tojiboyeva Gulnoz Zohidullo qizi
Asl ismi Тожибоева Гулноз Зоҳидулло қизи
Tavalludi 8-fevral 1991-yil (1991-02-08) (33 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Yoʻnalish bolalar yozuvchisi
Shoh asari "Topishmoqlar"
"Sayohatchi kemacha"
Ushbu maqolani tinglang (5 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 19-oktyabr, 2022-yil(2022-10-19) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Tarjimai holi tahrir

1991-yil 8-fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Yozuvchi Muhabbat Yoʻldoshevaning farzandi[1]. 2019-yildan O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi va Badiiy ijodkorlar uyushmasi, 2021-yildan Milliy tiklanish demokratik partiyasi, 2022-yildan O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi. Hozirda uyushma „Bolalar va o‘smirlar adabiyoti“ kengashi raisining o‘rinbosari va qator Xalqaro adabiy jurnallarning O‘zbekistondagi adabiy koordinatori.

Ijodi tahrir

6 yoshidan ertaklar yoza boshlagan. 2008-yilda Zominda o‘tkazilgan O‘zbekiston yosh yozuvchilar Respublika seminarida „Bolalar adabiyoti“ nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan.

Bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan 9 ta kitob muallifi: „O‘rmon ertaklari“ (2006), „Kuladigan quyoncha“ (2008), „O‘rmon alifbosi“ (2012), „Topishmoqlar“ (2012), „Jayhun va Alanga“ (2018), „O‘rmon alifbosi“ (2018), „Epchil zag‘izg‘on“ (2021), „Sayohatchi kemacha“ (2022) va „Mehmondo‘st olmaxon“ (2022)[2].

Ertaklari „Gulxan“, „G‘uncha“, „Tong yulduzi“, „Klass“ va boshqa qator nashrlarida chop etilgan. Bundan tashqari, rus, qozoq, qirg‘iz va ingliz tillariga tarjima qilinib, ertak va hikoyalari AQSh[3], Rossiya, Ukraina, Donetsk Xalq Respublikasi, Pokiston, Bangladesh, Belgiya va Qrim Muxtor Respublikasidagi adabiy nashrlarda chop etilgan.

2014-yilda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi hamkorligida o‘tkazilgan „O‘rta Osiyo mamlakatlari mif, ertak va dostonlari“ xalqaro tanlovida o‘zining „Jayxun va Alanga“ nomli kinofilm ssenariysi bilan faxrli 1-o‘rinni egalladi.[4]

O‘zbekiston hududi — Qanqadan topilgan 10 dan ortiq qadimiy arexologik sopol buyumlarni taʼmirlab, qayta tikladi va 2016-yilda Ikuo Hirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida o‘tkazilgan „Ajdodlar merosi“ yillik hisobot ko‘rgazmasida namoyish etdi.

2019-yilda o‘tkazilgan „Humo-2019“ Xalqaro ertaklar ko‘rik-tanlovining asoschisi va hakamlar hay’ati aʼzosi.[5]

20dan ortiq badiiy filmni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Ukrainaning „Avtograf“ adabiy jurnalida shoira Zulfiya Mo‘minovaning „Toshbaqa Toshbuvining ko‘zoynagi“ va „Qarg‘acha Qoratosh qanday qilib o‘ziga ota-ona izladi“ kabi ertaklari, bolalar shoiri Orif To‘xtashning „G‘iybatchi chumchuq“ nomli ertagi Gulnoz Tojiboyevaning tarjimasi va rasmlari asosida chop etilgan.

Manbalar tahrir