Héctor Bellerín
Hector Bellerin Moruno (1995-yil 19-martda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, APLning "Arsenal” klubi va Ispaniya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi va hujumkor qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Hector Bellerin Moruno | ||
Tavallud sanasi | 19-mart 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Barselona, Kataloniya, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.78 m | ||
Ampluasi | Himoyachi (futbol) | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Arsenal (futbol klubi) | ||
Raqami | 2 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012- | Arsenal | 183 | (8) |
2013-2014 | Watford (ijara) | 8 | (0) |
2021–2022 | Real Betis (ijara) | 23 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2011 | Ispaniya U16 | 6 | (1) |
2012 | Ispaniya U17 | 6 | (0) |
2013-2014 | Ispaniya U19 | 9 | (0) |
2015-2017 | Ispaniya U21 | 14 | (0) |
2016- | Ispaniya milliy futbol terma jamoasi | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (15-may 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-noyabr 2020-yil uchun) |
Bellerin oʻz faoliyatini "Barselona"da boshlagan va 2011-yilda "Arsenal"ga oʻtgan. 2016-yilning 21-noyabrida u klub bilan 2023-yilgacha uzoq muddatli shartnoma imzoladi[1].
Bellerin Ispaniya terma jamoasi safida U16 dan U21 yoshgacha boʻlgan yosh toifasida oʻynagan. U 2016-yilda Ispaniya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan va keyinchalik oʻsha yilgi Yevropa chempionati uchun ham tarkibga kiritilgan.
Yoshligi tahrir
Kataloniyaning Barselona shahrida tugʻilgan Bellerin futbolchilik faoliyatini "Barselona" yoshlar jamoasida boshlagan. U 2011-yilning yozida "Arsenal"ga oʻtdi va keyingi yili oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi[2]. "Arsenal"ning yosh oʻyinchisi sifatida Bellerin klubga 2012-13 yilgi NextGen seriyasida toʻrtinchi oʻrinni egallashga yordam berdi.
Jamoalardagi faoliyati tahrir
Arsenal tahrir
Dastlabki yillar va "Watford"ga ijaraga berilishi tahrir
Bellerin 2013-yil 25-sentyabrda Liga kubogining uchinchi turida “West Bromwich”ga qarshi oʻyinda 1:1 hisobidagi durangdan soʻng penaltilar seriyasida 95-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyutini amalga oshirdi[3].
Ikki oy oʻtgach, Bellerin Championship klubi "Watford"ga ikki oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi va oradan sakkiz kun oʻtib "Yeovil Town"ga qarshi oʻyinda debyut qildi[4]. «Watford»dagi ijara muddati mavsum oxirigacha uzaytirildi[5], ammo 2014-yilning fevralida «Arsenal» uni qayta chaqirib oldi[6].
2014–15: Angliya kubogidagi ilk gʻalaba tahrir
Mathieu Debuchy, Calum Chambers va Nacho Monrealning jarohatlari sabab Bellerin Chempionlar ligasidagi debyutini 2014-yilning 16-sentyabrida Dortmundning "Borussiya"siga 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchralgan uchrashuvda oʻtkazdi[7]. U 2015-yilning 1-fevralida “Arsenal” uchun birinchi golini “Aston Villa”ga qarshi oʻyinda (5:0) urishga muvaffaq boʻldi[8] va 4-aprel kuni “Liverpul” ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda garchi Raheem Sterlingga qarshi qoʻpol oʻynab penaltidan gol kiritilishiga sababchi boʻlgan esa-da, jamoaning ikkinchi golini kiritib, gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi[9].
2021–22: Real Betisga ijara tahrir
2021-yil 31-avgustda Bellerin oʻn yildan soʻng Ispaniyaga qaytib, "Real Betis"ga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi[10].
Xalqaro maydonda... tahrir
U19 terma jamoasi bilan 2013-yilgi Yevropa chempionatining yarim finaliga qadar yetib borgan Bellerin[11] 2015-yilning 30-martida Albert Celadesning U21 terma jamoasida debyut qildi va Leonda Belarus ustidan 4:0 hisobidagi zafar quchilgan oʻrtoqlik oʻyinida toʻliq 90 daqiqa harakat qildi[12].
2016-yilning 29-mayida, Yevropa chempionatida asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida qayd etilganidan soʻng, Bellerin St. Gallendagi AFG Arenada Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:1) maydonga tushib, milliy terma jamoa safida debyut qildi[13]. Ikki kundan soʻng, Dani Karvaxal jarohat tufayli oʻyinni tark etganidan soʻng, u yakuniy tarkibga chaqirildi[14].
Karyera statistikasi tahrir
Klub tahrir
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Goals | Oʻyin | Gol | ||
Arsenal | 2012–13 | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |
2013–14 | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | ||
2014–15 | Premier League | 20 | 2 | 3 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 28 | 2 | |
2015–16 | Premier League | 36 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 44 | 1 | |
2016–17 | Premier League | 33 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | — | 42 | 1 | ||
2017–18 | Premier League | 35 | 2 | 0 | 0 | 3 | 0 | 8 | 1 | 1 | 0 | 47 | 3 | |
2018–19 | Premier League | 19 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 19 | 0 | ||
2019–20 | Premier League | 15 | 1 | 3 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | — | 23 | 1 | ||
2020–21 | Premier League | 25 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | 1 | 0 | 35 | 1 | |
2021–22 | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | |||
2022–23 | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Jami | 183 | 8 | 12 | 0 | 8 | 0 | 33 | 1 | 3 | 0 | 239 | 9 | ||
Watford (ijara) | 2013–14 | Championship | 8 | 0 | — | — | — | — | 8 | 0 | ||||
Real Betis (ijara) | 2021–22 | La Liga | 23 | 0 | 5 | 0 | — | 4 | 0 | — | 32 | 0 | ||
Faoliyati boʻyicha jami | 214 | 8 | 17 | 0 | 8 | 0 | 37 | 1 | 3 | 0 | 279 | 9 |
Xalqaro tahrir
- 2020-yil 12-noyabr holatiga ko'ra[17]
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Ispaniya | 2016 | 3 | 0 |
2020 | 1 | 0 | |
Jami | 4 | 0 |
Sovrinlar tahrir
Arsenal
- Angliya kubogi: 2014–15[18], 2016–17[19], 2019–20[20]
- FA Community Shield: 2015[21], 2017[22], 2020[23]
- EFL Cup kumush medalsohibi: 2017–18[24]
Real Betis
- Qirollik kubogi: 2021–22[25]
Ispaniya U21
Individual
Manbalar tahrir
- ↑ „Arsenal defender Hector Bellerin keen on extending stay with Real Betis“ (8-aprel 2022-yil).
- ↑ „Bellerin – I'm so happy I joined Arsenal“. Arsenal F.C. (29-avgust 2012-yil). 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-sentyabr 2013-yil.
- ↑ Harris. „WBA 1–1 Arsenal (3–4 pens)“. Arsenal F.C. (25-sentyabr 2013-yil). Qaraldi: 26-sentyabr 2013-yil.
- ↑ „Bellerin joins Watford on loan“. Arsenal F.C. (22-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2013-yil.
- ↑ „OFFICIAL: Bellerin's Back“. Watford F.C. (3-yanvar 2014-yil). 2014-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-sentyabr 2016-yil.
- ↑ „Arsenal have recalled young defender Hector Bellerin from his loan with Watford“. Watford Observer (18-fevral 2014-yil). Qaraldi: 18-fevral 2014-yil.
- ↑ Johnston. „Borussia Dortmund 2–0 Arsenal“. BBC Sport (16-sentyabr 2014-yil). Qaraldi: 17-sentyabr 2014-yil.
- ↑ Dawkes. „Arsenal 5–0 Aston Villa“. BBC Sport (1-fevral 2015-yil). Qaraldi: 1-fevral 2015-yil.
- ↑ McNulty. „Arsenal 4–1 Liverpool“. BBC Sport (4-aprel 2015-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Hector Bellerin moves to Real Betis on loan“. Arsenal F.C. (31-avgust 2021-yil). Qaraldi: 14-sentyabr 2021-yil.
- ↑ „The Future is theirs: Héctor Bellerín, speed embodied in a footballer“. Real Federación Española de Fútbol (16-may 2015-yil). 2015-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2015-yil.
- ↑ Muñoz. „MATCH REPORT: Spain thrashes Belarus (4–0)“. Real Federación Española de Fútbol (30-mart 2015-yil). 2015-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2015-yil.
- ↑ „Arsenal's Hector Bellerin makes Spain debut as defending champions warm up for Euro 2016 with a win“. Daily Mirror (29-may 2016-yil). Qaraldi: 29-may 2016-yil.
- ↑ „Euro 2016: Arsenal's Hector Bellerin in Spain squad after injury forces out Dani Carvajal“. BBC Sport (31-may 2016-yil). Qaraldi: 31-may 2016-yil.
- ↑ Hector Bellerin at Soccerbase
- ↑ „H. Bellerin: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil.
- ↑ „Héctor Bellerín“. EU-football.info. Qaraldi: 31-may 2016-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Arsenal 4–0 Aston Villa“. BBC Sport (30-may 2015-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (27-may 2017-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
- ↑ Cryer, Andy. „Arsenal 1–0 Chelsea“. BBC Sport (2-avgust 2015-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
- ↑ Rostance, Tom. „Arsenal 1–1 Chelsea“. BBC Sport (6-avgust 2017-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
- ↑ Sanders, Emma. „Arsenal 1–1 Liverpool“. BBC Sport (29-avgust 2020-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Arsenal 0–3 Manchester City“. BBC Sport (25-fevral 2018-yil). Qaraldi: 24-aprel 2019-yil.
- ↑ „Real Betis won their first Copa del Rey since 2005 after beating Valencia on penalties in Seville.“. BBC (23-aprel 2022-yil).
- ↑ „Under-21 2017 - History - Spain“. UEFA.com. Union of European Football Associations (29-avgust 2017-yil). Qaraldi: 1-aprel 2020-yil.
- ↑ „Under-21 2017 - History - Matches“. UEFA.com. Union of European Football Associations (29-avgust 2017-yil). Qaraldi: 1-aprel 2020-yil.
- ↑ „Hector Bellerin shares a new picture with his date at the Catalan Awards“. 101 Great Goals.com. 7-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.
- ↑ „PFA awards: Leicester and Spurs dominate Premier League team“. BBC Sport (21-aprel 2016-yil). Qaraldi: 21-aprel 2016-yil.