Hamid Olimjon mahallasi — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalardan biri. „Oqqoʻrgʻon“, „Darhon“, „Lashkarbegi“ mahallalari bilan chegaradosh.

Tarixi tahrir

1977-yilda „Hamid Olimjon“ metro bekati ochilishi munosabati bilan mahallaga shu nom berilgan. 1993-yilda „Yangi Darhon“ va Hamid Olimjon mahallalari qoʻshilib, shu nom Hamid Olimjon mahallasi deb nomlana boshlangan.

Aholisi tahrir

Aholisi 3130 kishi, asosan (70 %) uzbeklar, boshqa millat vakillari xam yashaydi.

Mahalla tuzulishi tahrir

Mahalla hududida Irrigatsiya va melioratsiya instituti, Respublika markazlashgan kardiologiya shifoxonasi va viloyat SES korxonalari bor. Mahallada akademiklar Yolqin Toʻraqulov, Gʻiyos Umarov, haykaltarosh V. Ryabsev va boshqalar yashab oʻtishgan[1].

Manbalar tahrir

  1. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 758.

Adabiyotlar tahrir

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780 bet.