Hamid Olimjon maydoni — Mirzo Ulugʻbek tumanida, Abdulla Qodiriy va Mustaqillik koʻchalari kesishmasidagi koʻprik yonida joylashgan. 1980-yilda 4 ta 20 qavatli turar joy binolari qurilishi xamda „Hamid Olimjon“ metro bekati ishga tushirilishi munosabati bilan tashkil etilgan. 1990-yilda maydonga shoirning haykali (haykal, Ya.Shapiro, meʼmor S.Odilov), haykal poyida favvora oʻrnatilgan. Atrofi koʻkalamzorlashtirilgan, banklar, xorijiy kompaniya va firma ofislari, maʼdaniy-maishiy xizmat kursatish muassasalari, servis xizmatlari mavjud[1].

Manbalar tahrir

  1. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 758.

Adabiyotlar tahrir

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780 bet.