Hanthana Linux (operatsion tizim)

Linux distributivi

Hanthana Linux – Fedora asosida ishlab chiqilgan Linux distributivi boʻlib, bepul va ochiq kodli dasturiy taʼminot sifatida tarqatiladi[1]. Dastlab, operatsion tizim internetga kirish imkoniyatiga ega boʻlmagan Shri Lanka aholisi uchun ishlab chiqilgan[2]. Distributiv oʻzida koʻplab zaruriy dasturiy vositalarni jamlagan. Hanthana Shri Lankada joylashgan Hanthana dasturchilar hamjamiyati tomonidan ishlab chiqilgan[3].

Operatsion tizim
Hanthana Linux
Hanthana logo
Ishlab chiquvchi Hanthana Community
OT oilasi Linux (Unix)
Negiz kodi Ochiq manbali
Ilk e’lon qilinishi 19-sentyabr, 2009-yil(2009-09-19)
Soʻnggi versiyasi 30 (27-avgust, 2019-yil (4 yil avval) (2019-08-27))
Paket menedjerlari RPM Paket menejeri
Yadro tipi Linux yadrosi (Monolit yadro)
Interfeys GNOME
Litsenziya GNU
Holati Faol
Veb sayt hanthana.org

Tarixi va ishlab chiqish jarayoni tahrir

Hanthana – Fedora operatsion tizimining qayta ishlanmasidir. Hanthana dasturchilar jamoasining asl maqsadi koʻplab ilovalar bilan taʼminlangan qulay Linux distributivini yaratish edi, chunki Shri-Lankaning koʻplab qishloqlarida internet aloqasi mavjud emas edi.

Hanthananing birinchi versiyasi 2009-yil 19-sentabrda chiqarilgan[4]. Oʻshandan beri Hanthana hamjamiyati har olti oyda Hanthana operatsion tizimining yangi versiyalarni chiqaradi. Har bir reliz 18 oy davomida xavfsizlik yangilanishlari bilan taʼminlanadi va har oy davomida dasturlar yangilanadi.

Hanthana dasturiy paketlar menejerlari Fedora paketlari asosida yaratilgan: ikkala distributiv ham RedHatning rpm paket menejeri va Yum (PackageKit) paket boshqaruv tizimidan foydalanadi.

Oʻrnatish tahrir

Hanthanani oʻrnatish odatda Live DVD diski bilan amalga oshiriladi. Hanthana toʻgʻridan-toʻgʻri DVD diskning oʻzidan ishga tushirilishi mumkin, bu foydalanuvchiga apparat taʼminoti va drayverlarni sozlash uchun operatsion tizimni „test-drive“ qilish imkonini beradi.

Foydalanuvchilar DVD disk tasvirini (.iso) veb-sayt orqali yuklab olishlari mumkin, keyinchalik u DVD diskka yozilishi yoki qattiq diskdan(UNetbootin va GRUB orqali) ishga tushirilishi mumkin.

Yangi versiyalar tahrir

Hanthana dasturchilar jamoasi yangi Hanthana Linux 30 (Vishwa) chiqarilganini eʼlon qilishdi[5]. Ushbu distributiv koʻp sonli ilovalar, media-kodeklar va maxsus dizayn bilan hajmi 1,9 GB bo'lgan Live DVD diskda chiqarildi. Ushbu reliz Hanthana Linux 28 (Kandula) deb nom oldi. Hanthana Linux 28 relizi Hanthana Linux loyihasining eng oxirgi operatsion tizimi hisoblanadi. Ilovalar toʻplamidan tashqari, yangi operatsion tizimga LibreOffice qoʻllanmasi ham qoʻshilgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Hanthana Official Website.“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-fevral.
  2. „Hanthana's default software list.“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-fevral.
  3. Hanthana Community.
  4. „Hanthana Linux Blog " Blog Archive " Hanthana Linux Launched“. 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  5. Hanthana Linux 30 (Vishwa).