Hayitmurod Farmonov sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Hayitmurod Farmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1933-yil
Qashqadaryo viloyati
Vafoti Aniq emas
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Hayitmurod Farmonov 1933-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Iqtisodchi KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi bo‘lgan.

Farmonov 1950-yildan 1993-yilgacha hududdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, u mehnat faoliyatini dehqonlikdan boshlagan. Keyinchalik, agronom, Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jalik sohasida ishlab chiqarish tashkilotchisi, Qashqadaryo viloyati Ulyanovsk tumanidagi „Qashqadaryo“ sovxoz direktori[1], Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi Usmon Yusupov nomidagi sovxoz-texnika bilim yurti direktori vazifalarida faoliyat olib borgan[2]. Shuningdek, Oʻzbekiston Kompartiyasi Nishon tuman qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida ham ishlagan[3].

Farmonov O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 12-chaqiriqida deputat etib saylangan.

Davlat va siyosat arbobi Hayitmurod Farmonov Oʻzbekistonda istiqomat qilgan.

Mukofotlari va unvonlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR peredovikov selskogo xozyaystva Uzbekskoy SSR“ ot 10.12.1973 // Kashkadarinskaya pravda. — 27 dekabrya 1973
  2. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR peredovikov selskogo xozyaystva Uzbekskoy SSR“ ot 26.02.1981 // Kashkadarinskaya pravda. — 6 marta 1981
  3. Spisok deputatov Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR 12-go soziva // Pravda Vostoka. — 24 fevralya 1990