Hayoti va faoliyati tahrir

Hibbon ibn Hilol Bohaliy — toʻliq ismi Hibbon ibn Hilol Abu Hubayb Bohaliy Basriydir. Taxminan 748 yillar atrofida tugʻilgan.

Ustozlari tahrir

Shuʼbiy, Muammar ibn Roshid, Salim ibn Zarir, Hamam ibn Yahyo, Abona ibn Yazid, Juvayri ibn Asmo va Hammod ibn Salom.

Shogirdlari tahrir

Ahmad ibn Hanbal, Ishoq Kavsaj, Ahmad ibn Said Dorimiy, Abu Muhammad Dorimiy, Muhammad ibn Husayn Hunayniy va Yaqub Fasaviy.

Eʼtirof tahrir

Yahyo ibn Muʼin va Ahmad ibn Hanbal: „Hibbon ibn Hilol Abu Hubayb Bohaliy Basriy ishonchli muhaddis boʻlgan“, deb taʼkidlagan. Muhammad ibn Said: „Hibbon ibn Hilol Abu Hubayb Bohaliy Basriy hujjati kuchli va ishonchli muhaddis boʻlgan“ deb keltirgan. Ahmad ibn Hanbal: „Basralik kuchli roviy va hadis kishilarining oxiri Hibbon boʻladi“. Bakkor ibn Qutayba esa: „Hibbon ibn Hilol kabi faqihni uchratmadim“, degan[1].

Vafoti tahrir

U 831-yili Basrada vafot etgan.

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 109.