Hirata (yaponcha: 平田村 Hirata-mura?)Yaponiyaning Fukushima prefekturasida joylashgan qishloq. 31-yanvar, 2020-yil holatiga koʻra, qishloqda 2016-yilda uy xoʻjaliklarida hisoblangan aholi soni 5935 kishini, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 66 kishidan toʻgʻri kelgan[1]. Qishloqning umumiy maydoni 93,42 kvadrat kilometrni (36,1 mi²) tashkil etdi.

Hirata

平田村
Qishloq
Skyline of Hirata
Hirata
Bayroq
Hirata
Gerb
37°13′19.4″N 140°34′32.9″E / 37.222056°N 140.575806°E / 37.222056; 140.575806 G OKoordinatalari: 37°13′19.4″N 140°34′32.9″E / 37.222056°N 140.575806°E / 37.222056; 140.575806 G O
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Tōhoku
Asos solingan 1955-yil 31-mart
Maydon 93.42 km2 (36.07 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil 31-yanvar)
5 935
Zichligi 66 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0247-55-3111
Hirata xaritada
Hirata
Hirata
Markaziy Hirata

Geografiyasi tahrir

Hirata Fukushima prefekturasining janubi-sharqida, Ivaki va Kōriyama shaharlari orasida joylashgan. Landshaft balandligi 500 dan 700 metrgacha boʻlgan tepaliklardan iborat.

  • Daryolar: Abukuma daryosi

Qoʻshni munitsipalitetlar tahrir

Demografiyaski tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Hirata aholisi taxminan 1950-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va shundan beri asta-sekin kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19205,835—    
19307,12+22.0%
19407,962+11.8%
195010,338+29.8%
196010,525+1.8%
19709,359−11.1%
19808,804−5.9%
19908,523−3.2%
20007,91−7.2%
20106,921−12.5%
20205,826−15.8%

Iqlimi tahrir

Hirata nam iqlimga ega. Hiratada oʻrtacha yillik harorat 10.6 °C (51.1 °F), yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1,412 mm (55.6 in) tashkil qiladi vaceng yomgʻirli oy sentyabr oyi hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23.0 °C (73.4 °F) atrofida va eng pasti yanvarda, taxminan −0.6 °C (30.9 °F) gacha tushadi[3].

Tarixi tahrir

Hozirgi Hirata hududi qadimgi Mutsu viloyatining bir qismi edi. Edo davrida u asosan Tsuchiura domenining hududi edi. Meydzi restavratsiyasidan soʻng, Ivaki provintsiyasining Nakadori hududidagi Ishikava tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Odaira va Yomogida qishloqlari 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. Ikki qishloq 1955-yil 31-martda birlashib, Hirata qishlog‘ini tashkil qiladi.

Iqtisodiyoti tahrir

Hirata iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan.

Taʼlim tizimi tahrir

Hiramda qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi va Fukushima prefekturasi taʼlim boshqarmasi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud.

  • Fukusihma prefekturasidagi Ono oliy Hirata oʻrta maktabi
  • Hirata Yomogida oʻrta maktabi
  • Hirata Odaira oʻrta maktabi
  • Hirata Yomogida maktabi
  • Hirata Odaira boshlangʻich maktabi

Transport tahrir

Temir yoʻllar tahrir

  • Hiratada yoʻlovchi poyezdi xizmati yoʻq.

Magistral yoʻllar tahrir

  • Abukuma Kōgen Road
  • 49-milliy yoʻnalish
  • 349-millliy yoʻnalish

Mahalliy diqqatga sazovor joylari tahrir

  • Yomogida qal’asi
  • Shibazakura Matsuri
  • Komagata Jangara Nembutsu xalq raqsi

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir