Horace Rice (1872-yil 5-sentabr — 1950-yil 18-yanvar) avstraliyalik tennischi edi.

McLoughlin va Rice 1913-yilgi xalqaro tennis musobaqasining chorak finalida
Horace Rice
Mamlakat Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
Tugʻilishi 5-sentyabr 1872-yil
Sydney, Yangi Janubiy Uels, Avstraliya
Vafoti 18-yanvar 1950-yil(1950-01-18)
(77 yoshda)[1]
Roseville, Avstraliya
Ishlatadigan qoʻli Chap qoʻl bilan oʻynaydi
Yakkalik bahslar
Jami titullari 26[2]
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open W (1907)
Wimbledon 2R (1913)
Juftlik bahslari
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open W (1910, 1915)
Wimbledon 2R (1913)
Mixed doubles
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari
Australian Open W (1923)
Jamoa musobaqalari
Davis Cup QF (1913)

Rice 1898-yildan tennis turnirlarida ishtirok eta boshlagan. Chap qoʻl bilan oʻynaydigan Rice finalda Harry Parkerni magʻlub etib, 1907-yilgi Avstraliya chempionatida erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslar chempionligini qoʻlga kiritdi. Bunday natija koʻrsatgan faqatgina 3ta tennischilar bor edi, shulardan biri Rice edi.[3]

Shuningdek, u 3 marta (1910, 1911 va 1915-yillarda) ushbu Avstraliya chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan.

U Clarence Todd bilan hamkorlikda 1913-yilda Rice Wimbldon chempionatida bir marta maydonga tushdi, ammo uchta setda Alfred Beamishga magʻlub boʻldi. Oʻsha yili u Avstraliyaning Devis Kubogi jamoasida AQShga qarshi yagona oʻyinni oʻtkazdi. U ikki marotaba yakkalik oʻyinlarini yakunlay oldi va ikkalasida ham magʻlub boʻldi. Horace Rice 1913-yil 6-9-iyun kunlari Nyu-Yorkda AQShga qarshi 1−4 chorak finalda Devis Kubogidagi yagona o‘yinini o‘tkazdi va u yerda ikkita yakkalik bahsida qatnashdi va mos ravishda Maurice McLoughlin va yosh R. Norris Williamsga yutqazdi.(Norris ham oʻsha Devis kubogi oʻyinida debyut qilgan)

1915-yilgi chempionatda erkaklar oʻrtasidagi juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi.

1923-yilda Sylvia Lance Harper bilan birga aralash juftlik musobaqasida gʻolib chiqdi.

Horace Rice 1950-yilda Sidneyda 77 yoshida vafot etdi.

Grand Slam (Katta dubulgʻa) turnir finallari tahrir

Yakkalik bahslar (1 ta chempionlik, 3 ta ikkinchi oʻrin) tahrir

Natija Yil Chempionat Qoplama Raqib Hisob
Gʻalaba 1907 Avstraliya chempionati Oʻt   Harry Parker 6-3, 6-4, 6-4
Magʻlubiyat 1910 Avstraliya chempionati Oʻt   Rodney Heath 4-6, 3-6, 3-6
Magʻlubiyat 1911 Avstraliya chempionati Oʻt   Norman Brookes 2-6, 3-6, 3-6
Magʻlubiyat 1915 Avstraliya chempionati Oʻt   Gordon Lowe 6-4, 1-6, 2-6, 4-6

Aralash juftliklar: 1 (1 nom) tahrir

Natija Yil Chempionat Qoplama Hamkor Raqiblar Hisob
Gʻalaba 1923 Avstraliya chempionati Oʻt   Sylvia Lance Harper   Margaret Molesworth

  Bert St. John

2-6, 6-4, 6-4

„Katta Dubulgʻa“ turnir va aralash juftlik bahslari soʻngida (1923-yil 18-avgustda) u 50 yosh-u 347 kun edi. Bu tennis tarixidagi erkaklar uchun eng yoshi katta tennischilar hisobida rekord darajani qayd etdi.

Oilasi tahrir

Ricening ukasi William Rice J.C. Williamson orkestrida skripkachi hamda turmush oʻrtogʻi Minnie Everett mashxur raqqosalardan biri hisoblanardi.

Manbalar tahrir

  1. db4tennis
  2. Garcia, Gabriel „Horace Rice: Career match record“. thetennisbase.com. Madrid: Tennismem SL. Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
  3. „Horrie Rice“. Grand Slam Tennis Archive. 2017-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.

Havolalar tahrir