Huang Bowen (1987-yil 13-iyulda tugʻilgan) — Xitoyning professional futbolchisi, hozirda Xitoy Superligasining „Guangzhou“ klubida oʻynaydi.

Huang Bowen
黄博文
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Huang Bowen
Tavallud sanasi 13-iyul 1987-yil (1987-07-13) (36 yosh)
Tavallud joyi Changsha, Hunan, Xitoy
Boʻyi 177 cm
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Guangzhou F.C.
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2003 Beijing Guoan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2010 Beijing Guoan 103 (14)
2011—2012 Jeonbuk Hyundai Motors 29 (3)
2012- Guangzhou Evergrande 191 (9)
Milliy terma jamoa
2008- China 44 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-noyabr 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (22-noyabr 2019-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Huang Bowen futbolchilik faoliyatini 2004-yilgi mavsumda „Beijing Guoan“da boshlagan. Istiqbolli yosh iqtidor sifatida u klub uchun debyutini 2004-yil 26-may kuni Shenyang Gindega qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan va Huang oʻzining birinchi golini ham urdgan. Debyut mavsumining oxiriga kelib, u oltita liga oʻyinida maydonga tushgan. Garchi bu oʻyinlarning koʻpida zahiradan maydonga tushgan boʻlsa-da, u asta-sekin kattalar jamoasida oʻzini namoyon qila boshlagan. Keyingi mavsumlarda u asta-sekin oʻzini klubning doimiy futbolchisi sifatida koʻrsatgan. Faqat 2007-yilgi mavsumda Huang oʻzini Pekin jamoasining ajralmas aʼzosi sifatida koʻrsata boshlagan va ularga ligada ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan[1].

2011-yilning 10-fevralida Huan K-Liga jamoasi Jeonbuk Hyundai Motorsga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2011-yilning 6-martida Chunnam Dragonsga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. 2011-yilning 6-martida OFK Chempionlar ligasi oʻyinida „Arema FC“ ga qarshi oʻyinda (4:0) u klub uchun birinchi golini kiritgan.

2012-yilning 7-iyulida Huang Xitoy Superligasi vakili "Guangzhou Evergrand "ga oʻtgan. U Guangzhouning 2013-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida gʻalaba qozongan jamoaning asosoiy oʻyinchisi edi, klub qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan ikkinchi Xitoy jamoasiga aylangan. 2017-yil 13-avgust kuni Henan Jianyega qarshi liga oʻyinida Rikardo Vaz Tê tomonidan qoʻpollik ishlatilib Huang umurtqa suyagini jarohatlab olgan, bu esa uni mavsumning qolgan qismida maydonga tushishiga monelik qilgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Huang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2008-yilning 25-mayida Iordaniyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan[2]. Yoshi va tajribasizligiga qaramay, oʻsha paytdagi bosh murabbiy Vladimir Petrovich Huangga 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi muhim bahsda Qatarga qarshi oʻyinda (1:0) bitta oʻyin oʻtkazishga ruxsat bergan va bu Xitoyni saralashdan chiqarib yuborgan[3]. Qolgan saralash oʻyinlarida u boshqa ishtirok etmagan boʻlsa-da, 2011-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida vaqtinchalik murabbiyi Yin Tiesheng qoʻl ostida terma jamoaga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Beijing Guoan 2004 Xitoy Super Ligasi 6 1 0 0 0 0 - - 6 1
2005 5 0 3 0 4 0 - - 12 0
2006 5 1 1 0 - - - 6 1
2007 22 1 - - - - 22 1
2008 29 7 - - 6 0 - 35 7
2009 17 3 - - 4 0 - 21 3
2010 19 1 - - 7 0 - 26 1
Jami 103 14 4 0 4 0 17 0 0 0 128 14
Jeonbuk Hyundai Motors 2011 K-League 20 2 1 0 0 0 5 1 - 26 3
2012 9 1 0 0 0 0 3 1 - 12 2
Jami 29 3 1 0 0 0 8 2 0 0 38 5
Guangzhou Evergrande 2012 Xitoy Super Ligasi 9 1 3 0 - 1 1 - 13 2
2013 25 4 4 1 - 12 0 4 0 45 5
2014 27 1 1 0 - 10 1 0 0 38 2
2015 28 1 0 0 - 13 3 4 0 45 4
2016 28 1 7 1 - 6 0 1 0 42 2
2017 21 1 2 0 - 6 0 0 0 29 1
2018 20 0 0 0 - 7 1 1 1 28 2
2019 25 0 2 0 - 11 1 - 38 1
2020 8 0 0 0 - 2 0 - 10 0
Jami 191 9 19 2 0 0 68 7 10 1 288 19
Karyerada jami 323 26 24 2 4 0 93 9 10 1 454 38

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2008 5 0
2009 7 1
2010 3 0
2011 9 1
2012 0 0
2013 4 0
2014 1 0
2015 2 0
2016 9 1
2017 3 0
2018 1 0
Jami 44 3

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 9.01.2009 Azadi stadioni, Tehron, Eron   Eron 1 — 2 1-3 Oʻrtoqlik
2. 29.03.2011 Wuhan Sport Center Stadium, Wuhan, Xitoy   Honduras 1 — 0 3-0 Oʻrtoqlik
3. 29.03.2016 Shensi provintsiyasi stadioni, Sian, Xitoy   Qatar 1 — 0 2-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Beijing Guoan

  • Xitoy Superligasi : 2009-yil

Jeonbuk Hyundai Motors

  • K-liga : 2011-yil

Guangzhou Evergrand

Xalqaro tahrir

Xitoy milliy terma jamoasi

  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil

Shaxsiy yutuqlar tahrir

  • Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2008-yil
  • Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2015-yil
  • Osiyo Chempionlar Ligasi orzu jamoasi: 2015-yil

Manbalar tahrir

  1. „China 2007“. rsssf.com (18-aprel 2008-yil). 2012-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2012-yil.
  2. „China PR 2-0 Jordan“. teamchina.freehostia.com (25-may 2008-yil). Qaraldi: 27-iyul 2012-yil.
  3. „Report - FIFA“. fifa.com (7-iyun 2008-yil). 2012-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2012-yil.
  4. „足协杯-张琳芃传射8024两球 恒大总分5-3贵州夺冠“. Sports.sina.com.cn (18-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.