Hujayra boʻlinishi — ona hujayradan ikki va undan ortiq yosh hujayralarning hosil boʻlish jarayoni.

1. Prokaryotik hujayralarning bo'linishi 2. Mitoz 3.Meyoz

Prokariot hujayralarning boʻlinishi tahrir

 
Prokariot hujayralarning boʻlinishi

Prokariot hujayralar ikkiga boʻlinadilar. Avval hujayra uzunlashadi. Hujayrada koʻndalang toʻsiq (pardevor) paydo boʻladi. Soʻng yosh hujayralar ikkiga ajraladilar.

Eukariot hujayralarning boʻlinishi tahrir

Eukariot hujayralar yadrosi boʻlinishining uch xil usuli mavjud: amitoz, mitoz va meyoz

Amitoz tahrir

Amitoz — yadroning xromosomalar hosil qilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘linishi.

Boʻlinishga tayyorgarlik tahrir

Yadroli hujayralardan tashkiltopgan eukariot organizmlar boʻlinishga tayyorgarlikni hujayra siklining muayyan bosqichida, interfazada boshlaydilar. Xuddi shu interfaza davrida hujayrada oqsil biosintezi jarayoni amalga oshadi, hujayraning hamma muhim tarkibiy tuzilishlari ikki marta koʻpayadi. Boshlangʻich xromosoma boʻylab hujayradagi bor kimyoviy birikmalardan uning aniq kopiyasi sintezlanadi, DNK molekulasi ikki marta koʻpayadi. Ikkilangan xromosoma ikki yarim xromatidadan iborat. Har bir xromatida bitta DNK molekulasini oʻzida tutadi. Interfaza oʻsimlik va hayvon hujayralarida oʻrtacha 10-20 soat davom etadi. Keyin hujayraning boʻlinish jarayoni — mitoz boshlanadi.

Mitoz tahrir

Mitoz — xromosomalar sonining saqlanishi bilan eukariot hujayra yadrosining boʻlinishi.

Meyoz tahrir

Meyoz — bu hujayralarning oʻziga xos boʻlinish usuli boʻlib, buning natijasida xromosomalar sonining ikki martaga reduksiyasi (kamayishi) roʻy beradi.

Hujayra tanasining boʻlinishi tahrir

Eukariot hujayra tanasining boʻlinishi (sitokinez) natijasida yangi va eski hujayralar oʻrtasida sitoplazma va organoidlar boʻlinishi roʻy beradi.

Sh. qarang tahrir

Manbalar tahrir