Hunter Doohan (talaffuzi: Xanter Duxan; 19-yanvar, 1994-yil, Fort Smit, Arkanzasda tug‘ilgan) — amerikalik aktyor .

Shaxsiyati tahrir

Doohan oila qurmagan.Ma'lumotlarga qaraganda doohan bir erkak bilan to'yi bo'layotganini internet sahifasiga joylagan.Lekin xech qachon erkak va erkak oila qura olmaydiDoohanning sherigi Fielter Jewwet ismli aktyor bo'lgan..

Hayoti va faoliyati tahrir

Doohan Arkanzasda tug‘ilgan. U o‘zining aktyorlik qobiliyatini o'rta maktabning ikkinchi yilida kashf etgan. Shundan so'ng, u Oklahoma Siti universitetida teatr bo'yicha tasviriy san'at bakalavriati darajasini olish uchun o'qishni rejalashtirgan, ammo buning o'rniga Los-Anjelesda kasting direktori Elizabet Barns bilan stajirovkadan o'tgan va o‘sha yerda qolishga qaror qilgan. Keyin u Santa Monikadagi ikki yillik aktyorlik dasturiga hamda boshqa aktyorlik kurslariga yozildi[1].

Doohan professional aktyorlik faoliyatini bir nechta qisqa metrajli filmlarda boshladi, ularning ba'zilarining ssenariysini yozgan va rejissyorlik ham qilgan. U 2018-yildan taqdimoti o‘tkazilgan “Soundwave” filmida badiiy filmlar olamidagi birinchi hamda bosh rolini oldi, [1] shu ijrosi uchun kinofestivallarda “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasiga sazovor boʻldi. Keyin u Aaron Paul va Bryan Cranstonning o'g'li sifatida "Your Honor", yosh versiyasi sifatida "Truth Be Told" filmida, shuningdek, 2022 Netflixning "Wednesday" nomli serialida bosh rollarda o‘ynadi.

Filmografiya (tanlangan) tahrir

  • 2015: The Other Client List (Teleserial)
  • 2015: It’s Supposed to Be Healthy (Qisqa metrajli film)
  • 2015: Coffee House Chronicles (Teleserial)
  • 2016: After You’ve Gone (Qisqa metrajli film)
  • 2017: Far from the Tree (Qisqa metrajli film)
  • 2018: Westworld (Teleserial)
  • 2018: Cagney and Lacey (Teleserial)
  • 2018: Soundwave (Film)
  • 2019: Where We Disappear (Film)
  • 2019: Schooled (Teleserial)
  • 2019: What/If (Teleserial)
  • 2019: Aware I’m Rare (Fernsehpilot)
  • 2019–2020: Truth Be Told (Teleserial, 8 Episoden)
  • 2020–2021: Your Honor (Teleserial, 10 Episoden)
  • 2022: Wednesday (Teleserial)

Mukofot va nominatsiyalar tahrir

Soundwave uchun (2018)

  • Shimoliy Virjiniya xalqaro kino va musiqa festivali 2019: Eng yaxshi aktyor mukofoti
  • Shimoliy ollivud Cinefest 2019: Eng yaxshi aktyor nominatsiyasi

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Matt Brunson. „Q & A Corner: Hunter Doohan“ (en). The Film Frenzy (2020-yil 11-iyun). Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.