Husniddin Aliqulov
Husniddin Aliqulov (1999-yil 4-aprelda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Çaykur Rizespor“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Husniddin Roʻziyevich Aliqulov | ||
Tavallud sanasi | 4-aprel 1999-yil | ||
Tavallud joyi | Kitob Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 186 sm (5' 8" ft) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Vazni | 74 kg (163 lb) | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Çaykur Rizespor | ||
Raqami | 5 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Mashʼal | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016—2017 | Mash’al-2 | 25 | (2) |
2017 | Mashʼal | 12 | (1) |
2019—2023 | Nasaf | 88 | (10) |
2023— | Çaykur Rizespor | 3 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2018—2021 | Oʻzbekiston U-23 | 15 | (0) |
2020— | Oʻzbekiston | 15 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati tahrir
Ilk yillari tahrir
Husniddin Aliqulov – „Mashʼal“ futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Akademiyada 2012-yildan 2018-yilgacha tahsil olgandan soʻng, 2018-yildan Husniddin Aliqulov "Mash`al" klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.
Nasaf safida tahrir
2019-yilda Husniddin Aliqulovning muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng, Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev uni oʻzining jamoasiga jalb etdi. Husniddin Aliqulov Nasaf safida Oʻzbekiston superligasida birinchi mavsumida 8 ta oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 478 daqiqa maydonda harakat qildi.
2019—2020-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 8 ta oʻyinda maydonga tushgan va umumiy hisobda 478 daqiqa maydonda harakat qildi.
2020—2021-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 23 ta oʻyinda maydonga tushgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1.844 daqiqa maydonda harakat qildi[1].
2021—2022-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 20 ta oʻyinda maydonga tushgan va 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1.579 daqiqa maydonda harakat qildi[2].
2022-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston Superligasida 15 ta oʻyinda maydonga tushgan hamda 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1.279 daqiqa maydonda harakat qildi. 2022-yil Husniddin Aliqulov Osiyo Chempionlar ligasida Nasaf safida 6 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 540 daqiqa maydonda harakat qildi. Guruh bosqichi yakunlanganidan soʻng, Husniddin Aliqulov Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng yaxshi 8 nafar himoyachisi qatoridan oʻrin oldi[3].
Çaykur Rizespor tahrir
2023-yil 5-avgust Turkiyaning Superligasining „Çaykur Rizespor“ jamoasi bilan 3+1 shartnoma imzoladi[4]. Turkiya jamoasi Aliqulovni Qarshining „Nasaf“ jamoasidan 400 ming yevroga sotib oldi[5] va Husniddin Qarshi jamoasi bilan Instagram orqali xayrlashuv maktubini yoʻlladi[6].
Terma jamoadagi faoliyati tahrir
2023-yil AFC Osiyo kubogi 2023 yakuniy terkibga kiritilgan edi. Ammo 2024-yil 7-yanvarda Falastin terma jamoasiga qarshi oʻyinda olgan jaroxati sababli ishtirok eta olamsligi maʼlum boʻldi[7].
Faoliyatidagi statistikasi tahrir
Klub safidagi statistikasi tahrir
Klub | Mavsum | Oʻzbekiston Superligasi | Oʻzbekiston Kubogi | Osiyo Chempionlar ligasi | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Chempionat | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Nasaf | 2019-yil | Superliga | 8 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 11 | 0 | |
2020-yil | Superliga | 23 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 26 | 0 | ||
2021-yil | Superliga | 20 | 3 | 4 | 1 | 6 | 2 | — | 30 | 6 | ||
2022-yil | Superliga | 15 | 1 | 2 | 2 | 7 | 0 | — | 24 | 3 | ||
Jami | 66 | 4 | 12 | 3 | 13 | 2 | — | 91 | 9 |
Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi tahrir
Oʻzbekiston milliy terma jamoasida | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyinlar | Gollar |
2022 | 6 | - |
Jami | 6 | - |
Manbalar tahrir
- ↑ „2020—2021-yilgi mavsumda Nasaf safidagi ko`rsatkichlari“.
- ↑ „2021—2022-yilgi mavsumda Nasaf safidagi ko`rsatkichlari“.
- ↑ „Husniddin Aliqulov OCHL guruh bosqichining eng yaxshi 8 nafar himoyachisi qatoridan o'rin oldi“.
- ↑ „Расмий хабар: Ҳусниддин Алиқулов – "Ризеспор" аъзоси!“. 2023-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
- ↑ „"Ризеспор" Ҳусниддин Алиқулов учун "Насаф"га қанча тўлади?“. 2023-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
- ↑ „"Профессионал футболчи сифатида янада ўсиш учун Европа футболида ўйнашни тўғри деб билдим". Ҳусниддин Алиқулов "Насаф" мухлисларига хайрлашув мактуби йўллади“. 2023-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
- ↑ „Расман: Шомуродов ва Алиқулов Осиё кубогида иштирок этмайди“ (2024-yil 11-yanvar).
Havolalar tahrir
- Husniddin Aliqulov at National-Football-Teams.com