Igor Vsevolodovich Krestovskiy (1893-yil 23-may (4-iyun), Varshava, Polsha Qirolligi — 1976-yil 20-iyun, Leningrad, RSFSR) — rus va sovet haykaltaroshi va rassomi.

Igor Vsevolodovich Krestovskiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-may (4-iyun) 1893
Varshava, Rossiya imperiyasi
Vafoti 20-iyun 1976 (83 yosh)
Leningrad, RSFSR, SSSR
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR Rossiya Rossiya imperiyasi
Taʼlim Imperator Badiiy Akademiyasi qoshidagi Oliy rassomchilik maktabi
Mukofotlari
Unvoni
Krestovskiy qabri I.V.Laxtinskiy qabristoni, Sankt-Peterburg.

Biografiyasi tahrir

1893-yil 23-mayda Varshavada shoir, nosir va adabiyotshunos Vsevolod Vladimirovich Krestovskiy (1840—1895-yillar) oilasida tugʻilgan.

Toshkent kadetlar korpusini tamomlagan[1]. Petrograddagi Psixo-nevrologiya institutida tahsil olgan[1], 1916-yilda Imperator Badiiy Akademiyasi qoshidagi Oliy rassomchilik maktabiga oʻqishga kirgan va uni 1924-yilda tugatgan[2] (Gyugo Robertovich Zaleman qoʻl ostida ikki yil oʻqigan va uchinchi kursda Vsevolod Vsevolodovich Lishev ustaxonasida oʻqishini davom ettirgan).

1937—1940-yillar va 1948—1976-yillarda I. E. Repin nomidagi Leningrad rassomchilik, haykaltaroshlik va arxitektura institutida dars bergan. Igor Vsevolodovich Krestovskiy restavrator sifatida ham faoliyat olib borgan, Ulugʻ Vatan urushi boshlanganidan keyin Leningradda haykaltaroshlik yodgorliklarini muhofaza qilish ishlariga rahbarlik qilgan. Urushdan keyin Igor Vsevolodovich Petrodvorets saroyi va parki ansamblini tiklashda ishtirok etgan.

Igor Vsevolodovich Krestovskiy Leningrad Badiiy akademiyasi yonidagi Vasilyevskiy oroli 4-tor koʻcha, 17-uy 26-xonadondada yashagan.

1976-yil 20-iyunda Leningradda vafot etgan[3]. Laxtinskiy qabristoniga dafn etilgan.

Ijodi tahrir

Portretlar, monumental va dekorativ haykaltaroshlik asarlari muallifi. Tuproqshunos V.V.Dokuchayev haykali (1962-yilda Leningrad viloyati Pushkin shahrida oʻrnatilgan), jarroh N.I.Pirogov byusti (1932-yilda Leningradda oʻrnatilgan), yozuvchi P. L. Daletskiy portreti[4] (1960) va boshqa koʻplab asarlar muallifi.

Oilasi tahrir

Otasi — Vsevolod Vladimirovich Krestovskiy (1840—1895), shoir, nosir va adabiyotshunos, „Peterburg xarobalari“ romani muallifi. Ushbu roman birinchi marta „Otechestvenniye zapiski“ jurnalida nashr etilgan (1864—1866).
Onasi — Yevdokia Stepanovna Krestovskaya (Lagoda, Petrova) (V. V. Krestovskiyning ikkinchi rafiqasi)
Aka-uka va opa-singillari:
Vasiliy Vsevolodovich Krestovskiy (1889—1914), rassom
Vladimir Vsevolodovich Krestovskiy (1888—1969), shifokor, sogʻliqni saqlash tashkilotchisi
Mariya Vsevolodovna Krestovskaya (1862—1910), yozuvchi (V. V. Krestovskiyning birinchi turmushidan boʻlgan qizi).
Olga Vsevolodovna Krestovskaya (1891—1976), yozuvchi, „Olga York“ adabiy taxallusi ostida ijod qilgan
Turmush oʻrtogʻi — Mariya Vikentiyevna (1892—1982)

Farzandlari:
Yaroslav Igorevich Krestovskiy (1925—2004), rassom.
Svyatoslav Igorevich Krestovskiy
Oleg Igorevich Krestovskiy (07.06.1927), gidrolog

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Farid ANVARBYeK. Avtor romana „Peterburgskie truщobi“ v Sredney Azii. — Zerkalo XXI. — 15.06.2008.
  2. Yubileyniy Spravochnik vipusknikov Sankt-Peterburgskogo akademicheskogo instituta jivopisi, skulpturi i arxitekturi imeni I. Ye. Repina Rossiyskoy Akademii xudojestv. 1915—2005. — SPb.: „Pervotsvet“, 2007. — S. 193.
  3. „Крестовский Игорь Всеволодович (1893—1976)“ (ruscha). Служба реставрации музейных ценностей ГРМ. 5-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
  4. Vistavka proizvedeniy leningradskix xudojnikov 1960 goda. Katalog. — L: Xudojnik RSFSR, 1963. — s.24.

Havolalar tahrir