Igor Zeyger (1977-yilda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik, isroillik va italiyalik fotosuratchi. Kurator[1].

Igor Zeyger

Igor Zeyger avtoportreti
Tavalludi 1977-yil 16-aprel
Millati  Isroil
Sohasi fotosuratchi, kurator

Hayoti tahrir

Igor Zeyger 1977-yilda Toshkent shahrida (Oʻzbekiston) muhandis Mark Zeyger va maktab oʻqituvchisi Larisa Yavets oilasida tugʻilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining aloqa magistraturasini tamomlagan. Zeyger 2000-yili Isroilga koʻchib kelib, avval Ramat Xashofet kibutsida, keyin Rehovotda yashagan. 2011-yilda Tel-Avivga koʻchib oʻtib[2], oʻz vaqtini navbatma-navbat Italiya va Yaffada ishlash bilan oʻtkazadi.

Faoliyati tahrir

Igor Zeyger avtodidakt sifatida faoliyatini hujjatli fotografiyadan boshlagan. Studio Gavra fotosuratlar maktabida Sagit Zluf Namir sinfida oʻqib, maktabni 2012-yilda tamomlagan. Uning ustozlari David Adika, Gaston Zvi Ickowicz va Nissan N. Perez boʻlgan. 2015-yil aprel oyida Zeygerning rasmi xalqaro „Israeli Lens“ jurnalining muqovasida chop etiladi[3]. Igorning fotosurati Pako Anselmining „Karam: A Matter Of Karma“ hujjatli filmi uchun poster surati sifatida tanlangan. Dastlab, 2016-yili TLVFestda namoyish etilgan edi[4]. Keyinchalik, u Yaffada yashab, ish faoliyatini olib boradi.

Zeyger Qirollik sanʼat jamiyati aʼzosi. Shuningdek, Isroil tasviriy sanʼatkorlar uyushmasi va Qirollik fotosuratlar jamiyati aʼzosi. 2018-yilda ikki rassom hamkasbi Mariya Rosenblatt va Erika Tal-Shir bilan birgalikda Beam Collective badiiy kooperativiga asos solgan[5].

 
Mariya Rosenblatt (chapda), Alek Sot (oʻrtada) va Zayger, Isroildagi 2019-yilgi Xalqaro fotosuratlar festivalining ochilishida

Kuratorlik faoliyati tahrir

  • 2015-yil – „Same as You“, „Mazeh 9“ shahar galereyasi, Tel-Aviv[6].
  • 2016-yil – „Faces. Israeli Portrait in classical and modern view“, Mansion House galereyasi, Tel-Aviv.
  • 2017-yil – „Nonplace: dance and movement“, Zamonaviy sanʼat markaziy galereyasi, Tel-Aviv[7].
  • 2020-yil – „Eros and Thanatos“, „Beam Collective“ galereyasi. Jaffa[8].
  • 2020-yil – „Curated by Social Networks“, „Beam Collective“ galereyasi, Jaffa[8].
  • 2021-yil – „Same as You. Take Two“, „Beam Collective“ galereyasi, Jaffa[8].
  • 2022-yil – „ Ansel Adams, Photographs of Japanese-American Internment at Manzanar“, „Irratsional yorugʻlik“ galereyasi.

Toʻplamlari tahrir

Igor Zeygerning asarlari Hayfa sanʼat muzeyi, Quddus shahar kutubxonasi, Yeiser sanʼat markazi, Klostergalerie muzeyi, Zehdenikning doimiy kolleksiyalarida, Karib dengizi sanʼat muzeyi, Puerto-Riko va Buyuk Britaniya hukumati sanʼat toʻplami[9][10].

Bibliografiyasi tahrir

  • The Edge. Beam Collective, 2015. ISBN 978-1320787741. 
  • „UN//TITLED“, An Anthology of Queer Contemporary Art (2016-2020). Published by „Balaclava.q“
  • My Gay Eye: Sex Utopia. Rinaldo Hopf verlag, 2022. ISBN 978-3887699796. 

Manbalar tahrir

  1. „Igor Zeiger“. America-Israel Cultural Foundation. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  2. Tischenko. „Наши в Израиле“. lady.tut.by (2015-yil 4-may). Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr. [sayt ishlamaydi]
  3. Navarro. „Israeli lens #7 - Portrait Photography“ (2015-yil 5-aprel). 2015-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  4. „Karam: A Matter Of Karma“. tlvfest.com. Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar. [sayt ishlamaydi]
  5. „Beam Collective story“. Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
  6. „Affordable Art Exhibition :Same as You“. gaywelcome.com (2015-yil 9-iyun). Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
  7. „"Nonplace: dance and movement" exhibition at Central Gallery“. erev-rav.com (2017-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-iyul.
  8. 8,0 8,1 8,2 Shipitsyna. „"Exhibitions on the Internet are an integral part of the new reality" - how Israeli photo artists created a platform for the work of various authors to be shown in Israel and beyond“. artandyou.ru (2022-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
  9. „Queer Performance: From Gilbert & George to the Present Day“. Haifa Museum of Art. Qaraldi: 2018-yil 6-avgust.
  10. Steiner. „Karam: Самые крупные революции начались с геев и трансвеститов“. Kvir.ru. 2019-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-yanvar.

Havolalar tahrir

[[Turkum: