Ikrom Aliboyev
Ikrom Isroiljon oʻgʻli Aliboyev (1994-yili 9-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan) – Koreyaning Seongam FC klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi yarimhimoyachi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ikrom Isroiljon oʻgʻli Aliboyev | ||
Tavallud sanasi | 9-yanvar 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1.70 m (5 ft 7 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Seongnam FC | ||
Raqami | 8 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2018 | Lokomotiv Toshkent | 97 | (11) |
2019—2021 | FC Seoul | 46 | (3) |
2021 | Daejeon Hana Citizen | 17 | (1) |
2022 | Paxtakor Toshkent | 18 | (0) |
2023 | Gangwon FC | 23 | (1) |
2024— | Seongnam FC | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2015—2018 | Oʻzbekiston U-23 | 6 | (5) |
2015— | Oʻzbekiston | 28 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klubdagi faoliyati tahrir
Ikrom Aliboyev professional futboldagi faoliyatini 2013-yili boshlagan. U ilk bora Lokomotiv safida 2013-yilning 8-noyabrida oliy liga uchrashuvida Buxoro futbol klubi bilan kechgan oʻyinda jamoa tarkibiga qoʻshildi. Oʻsha oʻyinda u zaxirada boʻldi. Ikrom Aliboyev hozirga qadar ushbu klubda oʻynab kelmoqda.
Ichki chempionatda shu vaqtga qadar 16 ta oʻyinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilgan. Osiyo chempionlar ligasining 2014 va 2015-yilgi musobaqalarida klub tarkibida 3 ta oʻyinda qatnashgan[1][2].
2018-yil 13-dekabrda u K-liga 1 jamoasi FC Seul bilan uch yillik shartnoma imzoladi[3][4]. U 2020-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi va 2020-yilgi chempionat jadvalining uchinchi pogʻonasiga koʻtarilishi uchun klubga hissa qoʻshgan, ammo 2020-yilgi mavsumda jarohati tufayli mavsumni tark etishga majbur boʻlgan[5].
2021-yilda Aliboyev oʻzaro kelishuvga koʻra „Seul“ klubi bilan shartnomasini bekor qildi va keyin K Liga 2 jamoasi „Daejeon Hana Citizen“ ga oʻtdi[6]. Keyin esa mavsum oxirida klubni tark etdi[7]. 2022-yilda u Oʻzbekistonga qaytib, Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtdi[8][9][10]. 2023-yilgi mavsum avvalida "Paxtakor" jamoasi bilan xayrlashdi[11][12] va Janubiy Koreyaning "Gangwon" jamoasi bilan shartnoma imzolagan[13][14]. 2024-yildan Koreyaning „Seongam FC“ jamoasi futbolchisi[15][16].
Terma jamoadagi faoliyati tahrir
Ikrom Aliboyev terma jamoaga 2015-yili bosh murabbiy Mirjalol Qosimov tomonida chaqirtirildi. U lik bora 2015-yilning 11-iyunida Eron terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va oʻyinning asosiy vaqtida toʻliq oʻynadi[17][18]. Ikkinchi tema jamoadagi oʻyini rasmiy oʻyin boʻlib, unda 2015-yilning 16-iyunida 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qitʼasi boʻyicha saralash bosqichining 2-roundida Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda 34 daqiqa maydonda harakat qildi. Shu vaqtga qadar u 28 ta oʻyinda terma jamoa sharafini himoya qilgan.
Yutuqlari tahrir
Lokomotiv tarkibida
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni (4): 2016, 2017, 2018, 2022
Manbalar tahrir
- ↑ „Дастлабки давранинг 7 кашфиёти“ (2015-yil 24-iyul).
- ↑ „Ҳар бир жамоанинг ўз кашфиёти бор ёхуд олий лига-2015да порлаб чиққанлар“ (2015-yil 10-dekabr).
- ↑ „FC서울, 우즈벡 신성 알리바예프 영입 Retrieved December 13 2018.“. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
- ↑ „РАСМАН: Икром Алибоев "Сеул" футболчисига айланди“ (2018-yil 13-dekabr).
- ↑ „Икром Алибоев операция столига ётади. Барча харажатлар ўз ҳисобидан бўлади“ (2021-yil 21-fevral).
- ↑ „Расмий хабар: Икром Алибоев бошқа клубга ўтди“ (2021-yil 29-mart).
- ↑ „Икром Алибоев "Теджон"ни тарк этди“ (2022-yil 5-yanvar).
- ↑ '대전과 결별' 알리바예프, 우즈벡 복귀…파크타코르 타슈켄트 이적 Retrieved January 20 2022.
- ↑ „Расман: Икром Алибоев "Пахтакор" футболчисига айланди“ (2022-yil 20-yanvar).
- ↑ „Суперлига. Қишки трансферлар (ТОП 10)“ (2022-yil 26-fevral).
- ↑ „⚡️ "Пахтакор" Икром Алибоевни Жанубий Корея клубига сотади“ (2022/012/19).
- ↑ „"Пахтакор" Алибоевнинг трансферидан қанча даромад қилди?“ (2022-yil 29-dekabr).
- ↑ „Икром Алибоев яна Жанубий Кореяга қайтди. Унинг янги жамоаси номи маълум!“ (2024-yil 4-yanvar).
- ↑ „Расман: Икром Алибоев фаолиятини Жанубий Корея клубида давом эттиради“ (2022-yil 27-dekabr).
- ↑ „O'zbekistonlik futbolchi Koreyaning 7 karra chempioni va OCHL-2010 g'olibi bilan shartnoma tuzdi“ (2024-yil 5-yanvar).
- ↑ „Расман. Икром Алибоев фаолиятини Кореяда давом эттирадиган бўлди“ (2024-yil 9-yanvar).
- ↑ Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронга мағлуб бўлди, 15–avgust 2018–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 18–iyul 2015–yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Икром Алибоев МТЖ сафида илк бор майдонга тушди“ (2015-yil 11-iyun).
Havolalar tahrir
- Ikrom Aliboyev Soccerway saytida
- Ikrom Aliboyev FootballDatabase.eu saytida