Ilhomjon Hakimovich Siddiqov (1959-yil 10-iyun, Xoʻjaobod tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2015), professor (2016).

Ilhomjon Siddiqov
Tavalludi 10-iyun 1959-yil (1959-06-10) (64 yosh)
Xoʻjaobod tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Taʼlimi Toshkent politexnika institut
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Ilhomjon Siddiqov 1959-yil 10-iyun Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan[1]. 1976—1981-yillarda Toshkent politexnika institutida oʻqigan. 1981—1992-yillarda Toshkent politexnika instituti assistenti, oʻqituvchisi, 1992—2001-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti, energetika markazi fakulteti dekani muovini, 2001—2002-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti kadrlar boʻlimi boshligʻi, 2002—2005-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti elektrstansiyalari kafedrasi mudiri, 2005—2014-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti elektrstansiyalari tarmoqlari va tizimlari kafedrasi dotsenti, 2014—2017-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti energiya taʼminlash tizimlari kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2017-yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti energiya taʼminlash tizimlari kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

Ilhomjon Siddiqov 300 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan 4 ta darslik, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 5 ta monografiya, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va 100 dan ortiq maʼruza tezislari, 20 dan ortiq uslubiy ishlar, 6 ta ixtiro, 8 ta ixtiro foydali modeliga patent hamda 20 dan ortiq dasturiy taʼminot guvohnomasi, 3 ta oʻquv qoʻllanmalar muallifi hisoblanadi[1]. 2023-yildan Jahon Bankining loyihalarni boshqaruv guruhi filialida „Energiya samaradorlikni oshirish“ koordinatori[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE