Ilonburgut, yoki oddiy ilon ilonxo‘r , ilonxo‘r burgut yoki taqir burgut (Circaetus gallicus yoki Circaetus ferox) — qarchig‘aylar oilasiga mansub ilonxo‘rlar kenja vakiliga kiruvchi yirtqush qushlardan biri hisoblanadi.

Ilonburgut
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Qarchigʻaysimonlar
Urugʻ: Circaetus
Turlari: Ilonburgut
Xalqaro ilmiy nomi
Circaetus gallicus Gmelin, 1788

Tavsif tahrir

Umumiy uzunligi - 67-72 sm, qanotlarini qoqqanda 160-190 sm, qanot uzunligi 52-60 sm.Urg‘ochilari erkaklaridan yirikroq ko‘rinishda, ammo bir xil rangda bo‘lishadi. Qushlarning orqa tomoni kulrang-jigarrang, yosh qushlarniki xuddi kattalarnikiga o‘xshaydi .

Tarqalishi tahrir

Baland tog‘ va haydaladigan yerlarda uyalamasligini hisobga olmaganda, deyarli hamma joyda tarqalgan. O‘zbekistondan tashqarida: O‘rta Osiyo va Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston (uyalash); Eron, Pokiston, Hindiston (qishlash). Evropada, Afrikada, Gʻarbiy Osiyoda, Shimoliy Hindistonda - boshqa kichik turlari mavjud.

Rossiyaning Qizil kitobiga [1], Belarus Respublikasining Qizil kitobiga[2] va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Yashash joyi tahrir

 

Dengiz sathidan 2500 m balandlikdagi qumli cho‘l, to‘qay o‘rmonlari, qoldiq tog‘lar, tog‘larning cho‘llashgan etaklari qismida yashaydi.

Soni tahrir

1970-1980-yillarda 20 taga yaqin uyalovchi jufti qayd etilgan (Markaziy Qizilqum – 8, Orol-Payg‘ambar – 1, Amudaryoning quyi qismi – 2, Nurota t. – 2, Chotqol t. – 4-5; uyalashda – 50 tagacha juftsizi); taxminan jami 30-40 tagacha uyalovchi jufti bo‘lgan. Bugungi kunga kelib soni keskin kamayib ketgan. So‘nggi o‘n yilliklarda keskin ravishda aloqa tarmoqlari: temir va avtomobil yo‘llari, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari qurilishi, yangi gaz konlari o‘zlashtirilishi tufayli Hisor tog‘ining shimoliy va janubiy yonbag‘irlaridagi pasttog‘larda soni kamayib ketdi.

Hayot tarzi tahrir

Bahorgi uchib o‘tishi – mart-aprelda. Daraxtlar, butalar, jarliklar va qoyalarga in quradi. Aprel-mayda bitta, ba’zan esa ikkita tuxum qo‘yadi va 35-47 kun bosib yotadi. Poloponlari avgust-sentyabr oylaridan ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o‘tish davri – sentyabr-oktyabrga to‘g‘ri keladi. Kaltakesaklar va ilonlar bilan oziqlanadi.

Ushbu tur qo‘riq yerlarning o‘zlashtirilishi oqibatida kamayib ketmoqda[3].

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Птицы Челябинской области, занесённые в Красную книгу РСФСР“. Красная Книга Челябинской области. 2007-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 25-yanvar.
  2. Красная книга Беларуси[sayt ishlamaydi]
  3. ИЛОНБУРГУТ (Wayback Machine saytida 2022-08-05 sanasida arxivlangan) Redbook.uz