Imomqul Iskandarov sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Imomqul Iskandarov
O‘zbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi-
Mansab davri
1949 – 1950-yillar
Avvalgisi Nasirov Fatxulla Rasulovich
Keyingisi Rahmonov Маdraim Rahmonovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-avgust 1905-yil
Samarqand
Vafoti Aniq emas
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Imomqul Iskandarov 1905-yilda Samarqandda tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Iskandarov 1929-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan,  1929-1960-yillarda Oʻzbekiston SSRda sovet va partiya xodimi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon shahar qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR Kommunal xoʻjaligi xalq komissari, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Oʻrta Osiyo harbiy okrugi (SAVO) 100-otliq diviziyasi siyosiy boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlagan. Shuningdek, Imomqul Iskandarov Voronej fronti Siyosiy boshqarmasining targʻibot va tashviqot boʻyicha katta instruktori, 309-oʻqotar diviziyasi siyosiy boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Denov okrug qoʻmitasi birinchi kotibi va Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi lavozimida faoliyat olib borgan.

Imomqul Iskandarov 1954-yilgacha vafot etgan.

Havolalar tahrir