Indoneziya ayollar 1-ligasi
Indoneziya ayollar 1-ligasi (indoneziya tilida: Liga 1 Putri, inglizcha: Womenʼs League One), Indoneziyadagi ayollar futbolining yuqori ligasi hisoblanadi. PSSI (Indoneziya futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadigan bu ligada oʻnta klub ishtirok etadi[1]. Indoneziya ayollar 1-ligasining ilk mavsumi 2019-yil 5-oktabrda boshlangan[2].
Davlat | Indoneziya |
---|---|
Konfederatsiya | AFC |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | Eng nufuzli turnir |
Tashkil etilgan | 25-iyul, 2019-yil |
Jamoalar soni | 10 ta |
Amaldagi chempion | Persib Putri |
Eng koʻp marta chempion | Persib Putri (1 marta) |
TV hamkorlar |
TVRI Mola telekanallari |
Veb-sayt | Rasmiy sayti |
Amaldagi oʻyin | 2022-yilgi Liga 1 Putri mavsumi |
Tarixi tahrir
2019-yil 25-iyul kuni Jakartadagi barcha Liga 1 klubi vakillari bilan umumiy yigʻilishda PSSI raisi vazifasini bajaruvchi Ivan Budianto yangi Indoneziya ayollar 1-ligasi tashkil etilganini eʼlon qildi[3]. 2006-yildan beri Pertiwi kubogi Indoneziya ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yaxshi musobaqasi edi. Biroq, Indoneziya ayollar 1-ligasi bilan solishtirganda, Pertiwi kubogi uchun klublar emas, Indoneziya provinsiyalaridan kelgan tanlov jamoalari bahslashardi. Indoneziya ayollar 1-ligasi Indoneziya ayollar terma jamoasiga oʻyinchilarni tanlashda yordam berish va oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasidagi futbol raqobati muvozanatli boʻlishi uchun tashkil etilgan[4].
2019-yilda ariza bergan 18 ta jamoadan 10ta jamoa Indoneziya ayollar 1-ligasining birinchi mavsumida ishtirok etishini eʼlon qildi. BU jamoalar: Persija, PSM, Persib, TIRA-Persikabo, Bali United, Arema, PSIS, Persipura, PSS, Persebaya[5].
Formati tahrir
Indoneziya ayollar 1-ligasida birinchi davra uchun ikki guruhga boʻlingan holda oʻynaydigan 10 ta jamoa bor. Birinchi bosqichda barcha guruhlar har bir seriyasi beshta oʻyindan iborat toʻrt seriyali uy turnirini oʻtkazadilar. Eng yaxshi ikki jamoa yarim finalga yoʻl oladi. Yarim final va final oʻyinlari uy va safar formatida oʻtkaziladi[6].
Indoneziya ayollar 1-ligasi chempion jamoalari roʻyxati tahrir
Mavsum | Uy jamoasi | Hisob | Mehmon jamoa | Joy |
---|---|---|---|---|
2019 | Persib Putri | 3-0 | TIRA-Persikabo Kartini | Jalak Harupat stadioni, Bandung |
TIRA-Persikabo Kartini | 1-3 | Persib Putri | Pakansari stadioni, Cibinong | |
Persib Putri umumiy hisobda 6:1 hisobida gʻalaba qozondi | ||||
2020 | COVID-19 pandemiyasi[7] tufayli mavsum oʻtkazilmadi. | |||
2021 | COVID-19 pandemiyasi[8] tufayli mavsum oʻtkazilmadi. |
Jamolar reytingi tahrir
Reyting | Jamoa | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Chempion boʻlgan mavsum | Ikkinchi oʻrinni olgan mavsum |
---|---|---|---|---|---|
1 | Persib Putri | 1 | 0 | 2019 | |
2 | TIRA-Persikabo Kartini | 0 | 1 | 2019 |
Futbolchilar tahrir
Eng yaxshi toʻpurar tahrir
Yil | Toʻpurar | Klub | Gollar soni |
---|---|---|---|
2019 | Inshafadya Salsabillah | TIRA-Persikabo Kartini | 14 |
Eng yaxshi futbolchi tahrir
Yil | Oʻyinchi | Klub |
---|---|---|
2019 | Reva Octaviani | Persib Putri |
Eng yaxshi yosh futbolchi tahrir
Yil | Oʻyinchi | Klub |
---|---|---|
2019 | Helsya Maeisyaroh | TIRA-Persikabo Kartini |
Teleradiokompaniyalar tahrir
Indoneziya ayollar 1-ligasi oʻyinlari hozirda TVRI va Djarum Media kompaniyalarining kanallarida bepul efirga uzatiladi[9][10]. Indoneziya ayollar 1-ligasidagi jonli oʻyinlarni Indoneziyadan tashqarida ham TVRI veb-sayti va TVRI Klik ilovasi orqali tomosha qilish mumkin.
Yana qarang tahrir
Manbalar tahrir
- ↑ „10 Tim Komitemen Ikuti Liga 1 Putri 2019“ (id-ID). PSSI - Football Association of Indonesia. Qaraldi: 31-iyul 2019-yil.
- ↑ „Kick Off Liga 1 Putri Dimulai 6 Oktober 2019“ (id-ID). PSSI - Football Association of Indonesia. Qaraldi: 8-sentabr 2019-yil.
- ↑ „10 Tim Komitemen Ikuti Liga 1 Putri 2019“ (id-ID). PSSI - Football Association of Indonesia. Qaraldi: 31-iyul 2019-yil.
- ↑ Media. „10 Klub Indonesia Bersedia Ikut Liga 1 Putri 2019 Halaman all“ (id). KOMPAS.com. Qaraldi: 8-sentabr 2019-yil.
- ↑ „10 Tim Komitemen Ikuti Liga 1 Putri 2019“ (id-ID). PSSI - Football Association of Indonesia. Qaraldi: 31-iyul 2019-yil.
- ↑ „Kick Off Liga 1 Putri Dimulai 6 Oktober 2019“ (id-ID). PSSI - Football Association of Indonesia. Qaraldi: 9-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Top Skorer Liga 1 Putri Dapat Tawaran dari Klub Timor Leste“ (9-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 17-avgust 2022-yil.
- ↑ „PSSI: Liga 1 Putri tak digelar pada 2021“. antaranews.com (29-may 2021-yil). Qaraldi: 17-avgust 2022-yil.
- ↑ „Mola TV dan TVRI Komitmen Siarkan Sepak Bola Tanah Air“ (id). KOMPASIANA. Qaraldi: 4-noyabr 2019-yil.
- ↑ Media. „Mola TV Kini Gaet PSSI Halaman all“ (id). KOMPAS.com. Qaraldi: 1-oktabr 2019-yil.