Isomiddin Arabov (1915-yil, Fargʻona viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — ?) — qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1947)[1][2].

Isomiddin Arabov
Tavalludi 1915-yil
Vafoti Nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni

Tarjimayi holi tahrir

Isomiddin Arabov 1915-yil Turkiston general-gubernatorligi, Fargʻona viloyatida (hozirgi Andijon viloyati, Izboskan tumani) tavallud topgan[2]. Millati oʻzbek. Qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish (ruscha: Коллективизация) oʻtkazilgungacha oddiy dehqon, keyin esa Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi paxta yetishtirishga ixtisoslashgan „Birlashgan“ (oldingi nomi „Dzerjinskiy“) kolxozida kolxozchi sifatida oʻz mehnat faoliyatini boshlaydi[1]. 1930-yilning oxiriga kelib kolxozda zveno boshligʻi etib tayinlanadi. 1946-yildan KPSS aʼzosi[2]. Arabov boshchiligidagi yosh zveno paxta hosilini yetishtirishda kolxozning (kolxoz raisi Abduvant Ismoilov) yetakchi zvenolaridan biri boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi[3]. Qishloq xoʻjaligi mehnatida koʻrsatgan samaradorligi uchun Arabov Ikkinchi jahon urushi davrida Lenin ordeni bilan mukofotlangan. Keyinchalik 4-besh yillik (19461950) davrida yana uchta orden bilan taqdirlanadi. 1946-yilda Arabov boshchiligidagi zveno 6 gektar maydondan gektariga 101 sentner paxta yetishtiradi[3]. Bu oʻsha yil uchun rekord hisoblangan[2]. 1947-yil 19-martida SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoniga asosan 1946-yilda paxtadan rekord hosil yetishtirgani uchun Arabov Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va Lenin ordeni hamda „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlanadi[1]. 1971-yildan shaxsiy pensioner[2]. Keyingi taqdiri nomaʼlum.

Mukofotlari tahrir

Isomiddin Arabov 2 marta Lenin ordeni (1944-yil 25-dekabr, 1947-yil 30-mart), Oktyabr inqilobi ordeni (1976-yil 10-mart), Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1946-yil 23-yanvar), Xalqlar Doʻstligi ordeni (1981-yil 26-fevral), Qizil Yulduz ordeni (1947-yil 6-fevral), „Hurmat Belgisi“ ordeni bilan mukofotlangan[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Sergey Kuzovatov. „Arabov Isametdin“ (rus tilida). 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4   Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 1-jild (A) — Ahqar). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1971 — 632 bet. 
  3. 3,0 3,1 F. Pogorelev. „Master visokogo urojaya Isametdin Arabov“ (rus tilida). „Pionerskaya pravda“ gazetasi, №084. (1947-yil 21-oktyabr). 2023-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.