Ivan Dementyevich Belyakov (ruscha: Иван Дементьевич Беляков; 1920-yil — 1943-yil 15-oktyabr) — sovet ofitseri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (26.10.1943).

Afanasiy Barabash
Asl ismi ruscha: Иван Дементьевич Беляков
Tavalludi 1920-yil
Burannoe, Sol-Iletskiy tumani, Orenburg viloyati, RSFSR
Vafoti 15-oktyabr 1943-yil
Dneprokamenka, Verxnedneprovskiy tumani, Dnepropetrovsk viloyati Ukraina SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari artilleriya
Xizmatdagi yillari 1940-1943-yillar
Unvoni katta leytenant
Qoʻmondonlik qilgan rota
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
|

Hayoti tahrir

1920-yilda Burannoe qishlogʻida (hozirgi Orenburg viloyati Sol-Iletskiy tumani) dehqon oilasida tugʻilgan. Oʻz qishlogʻida boshlangʻich maktabni tugatgan. 1935-yilda Belyakov Tojikiston SSRning Konibodomga koʻchib oʻtdi. Shu erda oʻqishni davom ettirdi va bir vaqtning oʻzida ishladi. U Katta Fargʻona kanali qurilishida ishtirok etgan, Qoʻqondagi bosh pochta boʻlimida hisobchi boʻlib ishlagan[1].

1940-yilda Qoʻqon shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1941-yilda Olmaotadagi harbiy oʻqchi-pulemyotchilar bilim yurtini tugatdi. 1943-yil martdan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Ivan Belyakov Stepnoy va 2-Ukraina frontlaridagi janglarda qatnashgan, Ukraina SSRni ozod qilinishida ishtirok etgan. Dneprdagi jangda jonbozlik koʻrsatdi. Bu vaqtga kelib, katta leytenant Ivan Belyakov 793-oʻqchilar polkining (213-oʻqchilar diviziyasi 7-gvardiya armiyasi) minomyotchilar rotasini boshqarardi[2].

1943-yil 26-sentyabrdan 27-sentyabrga oʻtar kechasi Belyakovning rotasi Verxnedneprovskiy tumani, Dneprovokamenka qishlogʻi yaqinida Dneprni kechib oʻtdi. Rotaning bir qismi sharqiy qirgʻoqdan minomyotlardan oʻt ochib dushmanning tirik kuchi va texnikasini yoʻq qildi, bu esa hujum qiluvchilar tomonidan daryodan muvaffaqiyatli oʻtib platsdarmni qoʻlga olinishini taʼminladi. Belyakov ham oʻz boʻlinmalariga boshchilik qilgan holda, polkning ilgʻor boʻlinmalari bilan birgalikda minomyot va oʻq-dorilarni olib daryoni kechib oʻtdi. Oldinga harakatlanib, Belyakov boʻlinmasi 14-oktyabr kuni Dnepropetrovsk-Kremenchug yoʻlini kesib qoʻydi va Kalujino qishlogʻi yaqinida jangovar pozitsiyalarni egalladi. 15-oktyabr kuni nemis boʻlinmalari 50 ga yaqin tank va zirhli mashinalar koʻmagida qarshi hujumga oʻtdilar. Barcha minomyot oʻq-dorilari sarflanib boʻlingach, rota qoʻl jangiga kirishdi. Jangda Belyakov va uning safdoshlari halok boʻlishdi. Dneprokamenka qishlogʻida dafn etilgan[3].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 26-oktyabrdagi farmoni bilan „Dneprni muvaffaqiyatli kechib oʻtganligi va oʻng qirgʻoqda platsdarmni ushlab qolganligi uchun“, katta leytenant Ivan Belyakov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan soʻng)[4].

Manbalar tahrir

  1. war-heroes.uz. „BELYAKOV IVAN DEMENTYEVICH“.
  2. Geroi Sovetskogo Soyuza — uzbekistansi. Tashkent, 1984.
  3. warheroes.ru. „Беляков Иван Дементьевич“.
  4. Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.