Ivan Alekseyevich Kudryashov (1896-yil 2-oktyabr, Kaluga, Rossiya imperiyasi – 1972-yil 30-avgust, Moskva, SSSR) – rus avangard rassomi, Kazimir Malevichning shogirdi[1].

Ivan Kudryashov
Tavalludi 1896-yil 2-oktyabr
Kaluga, Rossiya imperiyasi
Vafoti

1972-yil 30-avgust (75-yosh)
Moskva,

SSSR
Fuqaroligi sovet
Taʼlimi Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura instituti
Kasbi rassom, dizayner, o'qtuvchi

Hayoti tahrir

Uning otasi Konstantin Siolkovskiy ustaxonasida raketalar va aviatsiya vositalarining yogʻoch modellarini yasagan.

Moskvadagi Yakimanskiy shahar maktabini tugatgandan soʻng, Ivan Kudryashov 1911-yilda Stroganov nomidagi rassomlik va sanʼat maktabiga oʻqishga kirgan.

1912—1917-yillarda Moskva rassomchilik, haykaltaroshlik va arxitektura institutida (Nikolay Kasatkin va Pavel Kuznetsovlarning shogirdi) tahsil olgan. 1917-yilda u oʻzining dastlabki Chasi, Dvijeniye, Germes i Dionis kabi sanʼat asarlarini yaratgan.

1919-yilda u Kazimir Malevich bilan Vtorix Gosudarstvennix Svobodnix sanʼat institutida oʻqigan[2].

1919-yilda xalq komissarligi tomonidan Orenburgga davlat sanʼat maktablarining filialini tashkil qilish uchun yuborilgan. Malevich ishtirokida u Orenburgda Utverditeli novogo iskusstva rassomlar uyushmasining boʻlimini tashkil etgan va unga rahbarlik qilgan. U Orenburg shahar teatri uchun dizayn eskizlarini chizib bergan. Ushbu chizma real hayotda suprematizm usulidan foydalanishning eng mukammal misollaridan biri edi[3].

1921-yilda Moskvaga qaytgach, u oʻz asarlarini koʻplab koʻrgazmalarda namoyish etgan.

1925-yilda u Obshestva stankovistov badiiy aʼzosi boʻlgan. Ushbu birlashmaning koʻrgazmalarida Kudryashovning Konstruktsii pryamolineynogo dvijeniya (1923—1925), Konstruktsii krivolineynogo dvijeniya (1924—1925), Prostranstvennaya jivopis (1925—1926), Dinamika v prostranstve (1925—1926), Rojdeniye planeti (1927—1928) nomli sanʼat asarlari taqdim etilgan.

1937—1939-yillarda rassomlar va dizaynerlar malakasini oshirishda koʻmaklashish uchun institutida dars bergan.

1939-yilda rasmiyatchilik uchun Moskva Rassomlar uyushmasidan chiqarib yuborilgan.

Urushdan keyingi yillarda u grafik dizayner boʻlib ishlagan[3].

Rassomning umr boʻyi davomidagi yagona shaxsiy koʻrgazmasi 1970-yilda Parijda boʻlib oʻtgan. Ivan Kudryashovning asarlari Nyu-Yorkdagi guruh koʻrgazmalari doirasida Solomon R. Guggenxaym muzeyida (1977-yil, 1992-yil) va Manhattandagi sanʼat muzeylarida (1986-yil, 2006-yil) namoyish etilgan[2].

Ivan Alekseevich Kudryashovning asarlari hozirgi kunda Moskva Davlat galereyasida,Qoraqalpog‘iston davlat sanʼat muzeyida[4](Oʻzbekiston), Salonikidagi (Gretsiya) va boshqa shaxsiy galareyalarda saqlanadi.

Xotini – Timofeeva Nadejda Konstantinovna (1900-1973) ham rassom boʻlgan[1].

U rafiqasi bilan Moskvadagi Donskoye qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Энциклопедия русского авангарда: Изобразительное искусство. Архитектура“ 457—459 (2013).
  2. 2,0 2,1 „К 125-летию Ивана Алексеевича Кудряшова (1896—1972)“.
  3. 3,0 3,1 „Государственный музей искусств имени И. В. Савицкого“.
  4. „Государственный музей искусств имени И. В. Савицкого“.