Jahon otin Uvaysiyning uy-muzeyi: Qoʻqon xonligi saroyida Mohlaroyim Nodira boshchiligidagi xotin-qizlarga sheʼriyat ilmidan ustozlik qilgan. Jahon otin Uvaysiy Umarxon Amiriyga asos solgan. Qoʻqon adabiy muhitining isteʼdodli vakillaridan biri hisoblangan. Uning uy-muzeyi 2006-yilda tashkil etilgan boʻlib, u yerdagi eksponatlar 1781—1845-yillar Margʻilon va Qoʻqondayashagan „Jahonbibi“, „Uvasiy“, „ Vaysiy“ yoki „Uvaysa“ nomi bilan dong taratgan.

Jahon otin Uvaysiy hayoti va ijodiga uning uy muzeyida mujassamlangan. Muzeyda shoira hayoti va ijodiga oid koʻplab qimmatbaho koʻrgazmalar mavjud. Ular Markaziy Osiyo madaniyati hamda tarixiga yaqindan qiziquvchilar uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Ekspozitsiyada Jahon Otin Uvaysiyning shaxsiy buyumlari va shu davrni oʻzida aks ettiruvchi adabiy muhit namoyish etilgan. Shoira ijodini oʻrganayotgan izlanuvchilar uchun noyob manbalar, tazkiralarni ham koʻplab uchratish mumkin. Muzeyda 400 dan ortiq eksponat mavjud boʻlib, ular asosan, XIX asrga doir oʻzbek adabiyotini oʻzida gavdalantirgan. Shoira Uvaysiyning shaxsiy buyumlari: sandiqlar, sharflar, ustki liboslar, poyabzallar, bosh kiyimlar, musiqa asboblari, vazalar, koʻzalar, laganlar va boshqa oshxona anjomlarini shu muzey eksponatlaridan topishingiz mumkin. Shuningdek, Uvaysiy va boshqa oʻzbek yozuvchi va shoirlarining XVIII - XIX asrlarda yozgan asarlari va qoʻlyozmalaridan rasmlar, fotosuratlar, oʻz qoʻllari bilan yozgan sheʼrlaridan asl parchalar ham shular jumlasidandir[1].

MANBA: maktab darsliklardan olingan.

Havolar tahrir

  1. Jahon Otin Uvaysiy uy muzeyi (Wayback Machine saytida 2021-06-12 sanasida arxivlangan) museumfergana.uz