Jakub Brabec (talaffuzi: Yakub Brabek) 1992-yil 6-avgustda Pragada tugʻilgan. Chexiyalik futbolchi Gretsiyaning „Aris Thessaloniki“ klubi va Chexiya terma jamoasi himoyachisi.

Jakub Brabec Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan

6-avgust 1992-yil(1992-08-06)[1][2][3]

(30 yosh)

Praga, Chexoslovakiya

Fuqaroligi

Flag Chexii Chexiya

Boʻyi

187 cm

Pozitsiyasi

himoyachi

Hozirgi jamoasi
Klub

Flag Gresii Aris Thessaloniki

Raqami

14

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Jakub Brabec Praganing „Sparta“ klubi bitiruvchisi. Yuqori raqobat tufayli u jamoani tark etishga qaror qildi va shaharning boshqa qismidagi „Viktoria Žižkov“ga qoʻshildi. 2009-yil 30 mayda „Viktoria Žižkov“ga qarshi oʻyinda Jakub Brabec oʻn olti yoshida Gambrinus Ligada debyut qilgan[4]. Mavsum oxirida jamoa elitadan tushib ketgan va Jakub Brabec Chexiya Ikkinchi divizionida oʻynashda davom etgan. 2011-yilning yozida u vatani Spartaga qaytib kelgan. Boshida u yarim yilni ikkinchi ligada oʻyinchilar safida oʻtkazdi. 19-oktabr kuni Chexiya kubogi doirasida „Znojmo“ga qarshi oʻyinda Jakub Brabec „Sparta“ safida debyut qilgan[5]. 2012-yil 9-martda sobiq jamoasi „Viktoria Žižkov“ga qarshi bahsda u yangi jamoa safida chempionatda debyut qilgan[6].

2012-yilning yozida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Brabets Zbroevka“ga ijaraga oʻtdi. 16-sentabr kuni „Xradec-Koalove“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[7]. Ijara muddati tugagach, Yoqub „Sparta“ga qaytib keldi.

Terma jamoadagi karyerasi tahrir

2011-yilda Jakub Brabec Chexiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Ruminiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Turnirda u Ruminiya, Gretsiya, Irlandiya, Serbiya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[8][9][10][11][12]. Irlandlarga qarshi kechgan bahsda Jakub Brabec gol urdi.

2015-yilda Chexiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Jakub Brabec yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Daniya, Serbiya va Germaniya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14][15].

2016-yil 29-mart kuni u Shvetsiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida mamlakatning asosiy terma jamoasi safida debyut qildi va 59-daqiqada Tomaş Sivok oʻrniga maydonga tushdi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi[16].

Statistika tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyinlar Gollar
Viktoria Žižkov   Chexiya 2008-2011 22 0
Sparta de Praga   Chexiya 2011 10 1
Sparta de Praga II (ijara)   Chexiya 2011-2012 18 3
F. C. Zbrojovka Brno (ijara)   Chexiya 2012-2013 18 0
Sparta de Praga   Chexiya 2013-2016 99 11
K. R. C. Genk   Belgiya 2016-2018 52 3
Çaykur Rizespor (ijara)   Turkiya 2018-2019 18 0
F. C. Viktoria Plzeň[17]   Chexiya 2019-2021 99 4
Aris Salónica F. C.   Gretsiya 2021- 48 1

Manbalar tahrir

  1. Jakub Brabec // Transfermarkt.com(mn.) — 2000.
  2. Jakub Brabec // FBref.com(mn.)
  3. Jakub Brabec // As(isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
  4. „Виктория Жижков VS. Виктория Пльзень 0:2“ (ru). soccerway.com (2009-yil 30-may). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  5. „Зноймо VS. Спарта Прага 1:4“ (ru). soccerway.com (2011-yil 19-oktyabr). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  6. „Виктория Жижков VS. Спарта Прага 0:2“ (ru). soccerway.com (2012-yil 9-mart). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  7. „Градец-Кралове VS. Зброёвка 2:0“ (ru). soccerway.com (2012-yil 16-sentyabr).
  8. „Румыния (до 19) VS. Чехия (до 19) 2:1“ (ru). soccerway.com (2011-yil 20-iyul). 2017-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  9. „Чехия (до 19) VS. Греция (до 19) 1:0“ (ru). soccerway.com (2011-yil 26-iyul). 2018-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  10. „Чехия (до 19) VS. Ирландия (до 19) 2:1“ (ru). soccerway.com (2011-yil 23-iyul). 2017-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  11. „Чехия (до 19) VS. Сербия (до 19) 4:2“ (ru). soccerway.com (2011-yil 29-iyul). 2017-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  12. „Чехия (до 19) VS. Испания (до 19) 2:3“ (ru). soccerway.com (2011-yil 1-avgust). 2017-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  13. „Чехия (до 21) VS. Дания (до 21) 1:2“ (ru). soccerway.com (2015-yil 17-iyun). 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  14. „Сербия (до 21) VS. Чехия (до 21) 0:4“ (ru). soccerway.com (2015-yil 20-iyun). 2015-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  15. „Чехия (до 21) VS. Германия (до 21) 1:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 23-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  16. „Швеция - Чехия 1:1“. eu-football.ru. 2017-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-aprel.
  17. Andoza:Cita web