Jamankul Jenchurayevich Jenchurayev (1907-yil 1-yanvar, Toldi-Buloq, Turkiston viloyati – 1990-yil 2-noyabr, Frunze) – qirgʻiz va rus tillarida ijod qilgan qirgʻiz sovet yozuvchisi.

Jamankul Jenchurayev
Tavalludi
Jamankul Jenchurayevich Jenchurayev

1907-yil 1-yanvar
Vafoti 1990-yil 2-noyabr
Frunze, Qirgʻiziston Respublikasi
Kasbi yozuvchi
Ijod qilgan tillari qirgʻiz tili, rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR

Hayoti tahrir

Jamankul Jenchurayev 1907-yilda Toldi-Buloq qishlogʻida (hozirgi Chuy viloyati, Chuy tumani) tugʻilgan.

1927—1929-yillarda V. I. Lenin nomidagi Birlashgan Oʻrta Osiyo harbiy bilim yurtining otliq qoʻshinlar boʻlimida oʻqigan. Shu vaqt ichida bir necha bor bosmachilar toʻdalarini yoʻq qilish operatsiyalarida qatnashgan.

1930-yildan Qirgʻiziston va Qozogʻiston janubidagi 68-operativ divizion OGPU qoʻshinlari, Tojikistondagi 79-Qizil bayroqli otliq polkida vzvod komandiri boʻlgan.

1921-yildan VKLSM (komsomol) aʼzosi. 1931-yilda esa KPSS (b) aʼzosi boʻladi.

1931—1933-yillarda Qoraqum va Mangʻishloq bosmachi toʻdalariga qarshi operatsiyalarda qatnashgan. 1934-yildan 1940-yilgacha Qozogʻistonda 49 va Qizil bayroqli Baxtinskiy chegara otryadlari zastavalarida xizmat qilgan.

1941-yil 4-dekabrda NKVD Gʻarbiy fronti qoʻshinlari boshligʻining buyrugʻi bilan kapitan Jenchurayev Moskva mudofaasidagi jasorati uchun mayor harbiy unvoni bilan taqdirlangan. 1941-yil 19-dekabrda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Farmoni bilan jangovar topshiriqni namunali bajarganligi va mard jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlanadi. Shu yilning oz’ida Qizil Yulduz ordeni va „Jasurlik uchun“ medali[1] bilan taqdirlangan. Podpolkovnik Jenchurayev isteʼfoga chiqqanidan soʻng, rus va qirgʻiz tillarida oʻndan ortiq kitoblar, xotiralar va esdaliklar yozgan[2].

Jamankul Jenchurayev 1990-yil 2-noyabrda profilaktik davolanayotganda, Frunze shahridagi maxsus klinika boʻlimida vafot etadi. Bishkekning Ala-Archin qabristoniga dafn etilgan.

Xotirasi tahrir

Qirgʻiziston Respublikasi Chegara xizmati Chuy chegara otryadiga qarashli 2026-harbiy qismga qarashli „Toʻqmoq“ chegara postiga Jamanqul Jenchurayev nomi berilgan.

2011-yil 22-iyun kuni Jamanqul Jenchurayev istiqomat qilgan uyning fasadiga yodgorlik lavhasi oʻrnatiladi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir