James A. Robinson

Britaniyalik iqtisodchi va siyosatshunos

James Alan Robinson (talaffuzi: Jeyms Alan Robinson; 1960-yil 27-fevral) — britaniyalik iqtisodchi va siyosatshunos. 2015-yildan Chikago universitetining Harris nomidagi jamoat siyosati maktabi professori[1][2], shuningdek, maktabning global mojarolarni oʻrganish va hal qilish boʻyicha Pearson institutining direktoridir[3]. Olim 2004—2015-yillarda Harvard universitetida dars bergan, bundan tashqari Kaliforniya, Janubiy Kaliforniya va Melburn universitetlarida ham faoliyat yuritgan.

Jeyms Alan Robinson
inglizcha: James Alan Robinson
Tavalludi 27-fevral 1960-yil (1960-02-27) (64 yosh)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Sohasi iqtisodiyot
Ish joylari Xarris nomidagi jamoat siyosati maktabi
Harvard Kennedy School
Berkeley universiteti
Janubiy Kaliforniya universiteti
Melburn universiteti
Chikago universiteti
Massachusetts texnologiya instituti
Taʼlimi London School of Economics (BSc 1982-yil)
Warwick universiteti (M.A. 1986-yil)
Yale universiteti (PhD. 1993-yil)
Ilmiy darajasi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Ilmiy unvoni Professor
Akademik rahbarlari Truman Bewley
Veb-sayt voices.uchicago.edu/jamesrobinson

Olim asosan qiyosiy-iqtisodiy tahlil va uzoq davrlardagi siyosiy taraqqiyot, jumladan, Janubiy Amerika va Janubiy Sahroi Kabirdagi jarayonlar boʻyicha tadqiqotlar olib boradi. Daron Acemoglu (talaffuzi: Daron Ajemoʻgʻli) bilan hammualliflikda „Diktatura va demokratiyaning iqtisodiy manbalari“ (2006), „Mamlakatlar tanazzuli sabablari“ (2012) va „Tor koridor“ (2019) kabi kitoblarni yozishgan[4].

Tarjimayi holi tahrir

Robinson 1960-yil 27-fevralda Buyuk Britaniyada tavallud topgan. Dastlab London School Economics (tarjimasi „London iqtisodiy va siyosiy fanlar maktabi“) da (BSc, 1982), soʻngra Uorik universiteti (magistr, 1986), Yel universitetida (PhD, 1993) iqtisodni oʻrgangan[4]. 1992—1995-yillari Melbrun universitetida dars bergan, 1995-—1999-yillarda Janubiy Kaliforniya universitetida assistent-professor, 1999—2004-yillari Berklidagi Kaliforniya universitetida dastlab assistent-professor, 2001-yildan esa dotsent (associate professor) boʻlib ishlagan. 2004-yilda Harvard universiteti davlat boshqaruv kafedrasi professori boʻlgan. 2015-yil 1-iyuldan Chikago universitetining Harris nomidagi jamoat siyosati maktabi professori sifatida faoliyat yuritmoqda[5].

Mongoliyaga birinchi tashrifi chogʻida olim 2016-yil 9-mayda Mongoliya Milliy universiteti faxriy doktori unvoni bilan taqdirlanadi[6].

Ilmiy asarlari tahrir

Kitoblar tahrir

Maqolalar tahrir

  • Acemoglu, Daron, Simon Johnson, and James Robinson. 2001. „The Colonial Origins of Comparative Development: An Empirical Investigation.“ American Economic Review Vol. 91, Nº 5: 1369-401.
  • Robinson, James A. 2006. „Economic Development and Democracy.“ Annual Reviews of Political Science 9, 503-527.
  • Acemoglu, Daron, Simon Johnson, James A. Robinson, and Pierre Yared. 2008. „Income and Democracy.“ American Economic Review 98 (3): 808-42.
  • Acemoglu, Daron, Simon Johnson, James A. Robinson, and Pierre Yared. 2009 „Reevaluating the Modernization Hypothesis.“ Journal of Monetary Economics 56 (8): 1043-58.
  • Acemoglu, Daron and James Robinson. 2022. „Non-Modernization: Power-Culture Trajectories and the Dynamics of Political Institutions.“ Annual Review of Political Science 25 (1): 323-339

Manbalar tahrir

  1. „James Robinson Named Faculty Director of The Pearson Institute“ (inglizcha). UChicago News (2-iyun 2016-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2019-yil.
  2. „James Robinson | Harris Public Policy“ (inglizcha). harris.uchicago.edu. Qaraldi: 2-fevral 2018-yil.
  3. „The Pearson Institute Leadership“.
  4. 4,0 4,1 „Curriculum Vitae“.
  5. Wen Huang. „James Robinson appointed University Professor at Chicago Harris“ (ingliz tilida) (2015-yil 3-fevral). 2022-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-fevral.
  6. „Mongolian Economy - Жеймс Робинсон: Институци гэдэг барилга барьж, түүнийгээ хүмүүсээр дүүргэнэ гэсэн үг биш“. 16-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2016-yil.