Jamiya al-Kavsar (arabcha: جامعة أل كوثر; inglizcha: Jamea Al Kauthar)— Angliyaning Lancashire shtati, Lancaster shahridagi sobiq Qirollik Albert boshpanasida joylashgan mustaqil akademik qizlar muassasasi boʻlib, 11 yoshdan oshgan qizlarga musulmon anʼanalariga mos ravishda taʼlim beradi. Jamiya al-Kavsar 1996-yilda 60 ta oʻquvchi bilan ish faoliyatini boshlagan va hozirda 450 tagacha talabaga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Jamiya al-Kavsar 1996-yilda Qirollik Albert kasalxonasining tarixiy binosiga joylashgan va uni oʻziga moslashtirishda jamiyatning turli qatlam vakillarining maʼnaviy va moliyaviy yordamiga tayangan.

Jamea Al Kauthar
Fayl:Jamea Al Kauthar Logo.png
Turi independent school, Maktab-internat va girls' school
Qachon asos solingan 1996
Joylashuvi Ashton Road, Lancaster
Vebsayti www.jamea.co.uk

Tarixi tahrir

Tashkil etilganidan beri maktab Britaniya va Yevropa Ittifoqi oʻquvchilarini qabul qilib kelmoqda. Maktabda turar joy va noturar joyga ega xodimlar ishlaydi. Ular oʻquvchlargaquyidagilarni taklif qiladi: anʼanaviy olti yillik Alimiyya kursi, Sanatayn, GCSEs, A-Levels va boshqa kasb-hunar kurslari deb nomlanuvchi Alimiyya kursining ikki yillik qisqartirilgan versiyasi[1]. Oʻquv dasturi bilan bir qatorda, oʻquvchilar mahalliy va xalqaro xayriya tashkilotlari uchun mablagʻ yigʻish, tashrif buyurgan maʼruzachilarni qabul qilish va mahalliy loyihalarda qatnashish kabi bir qator oʻqishdan tashqari faoliyatlar bilan ham shugʻullanishlari mumkin.

Jamiya al-Kavsar, shuningdek, Preston shahrida Dorul Ulum Preston nomi bilan tanilgan oʻgʻil bolalar uchun moʻljallangan maktab-internatiga ham ega. Shuningdek, internatda Abror Akademiyasi deb nomlanuvchi kunduzgi va kechki taʼlim oʻquvchilari uchun yaqin atrofdagi oʻquv hududi ham faoliyat olib boradi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir