Joʻynav — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Shofirkon tumani tarkibiga kiruvchi qishloq. Tuman markazi — Shofirkon shahridan 8 km shimoli-sharqda joylashgan[2].

Joʻynav
qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Buxoro viloyati
Tuman Shofirkon tumani
Iqlim turi keskin kontinental
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 65
Pochta indeks(lar)i 201105[1]
Avtomobil kodi 80

Etimologiyasi tahrir

Joʻynav soʻzi fors-tojik tilidan kelib chiqqan boʻlib, „joʻy“ — ariq va „nav“ — yangi soʻzlaridan olingan. Yaʼni „yangi ariq“ maʼnosini anglatadi. „Joʻynav“ nomi esa Mahallasheri qishlogʻiga Joʻynavga kiraverishda ariq chiqarilgan. Vardonzedan kelganlar shu ariq tomonga koʻchib kelganlar. Chunki qal’a atrofida sugʻoriladigan yerlar mavjud boʻlmagan. Qishloq oldingi davrlarda „Dehi Joʻynav“ (maʼnosi „yangi ariq boʻyida yashovchilar“) deb atalgan. Vaqt oʻtishi bilan qisqarish natijasida hozirgi holatiga kelgan[3].

Tarixi tahrir

Oʻsha paytda Shofirkon rudi hozirgi qishloq oʻrnida ikki qismga boʻlingan. Asosiy — quyi qismi — Iskogare, Chuqurak, Gʻulomte qishloqlari, keyingi — yuqori qismi Mahallasheri qishlogʻi yerlarini sugʻorgan. Tarixdan Vardonze qal’asidagilar hunarmandchilik va chorvachilik bilan kun kechirgan (Shopur arigʻi qazilmasdan oldin). Ular bu yerlardagi lalmi yerlarni oʻzlashtirib, madaniy dehqonchilik qila boshlashgan. Ariq keltirilgach aholi asta-sekin dala maydonlaridagi hovlilariga — yoki kozalarga koʻchib chiqa boshlaydi. Bunday uylarda yozda ishlab yashashgan va qishda qal’aga qaytib ketishgan. Buning natijasida aholi koʻpayib, bu joyda hozirgi Joʻynav qishlogʻi vujudga kelgan[4].

Ijtimoiy obyektlar tahrir

Qishloqdaq bir necha savdo doʻkonlari, Joʻynav qishloq fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosi, kutubxona, qishloq vrachlik punkti, 1 ta maktab, 2 ta maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Qishloq faxriylari tahrir

Odil Oʻroqov, Rashid Safarov, Toʻxta Moʻminov — oʻqituvchilar, „Xalq taʼlimi aʼlochilari“,

Norqul Atoyev — texnika fanlari nomzodi.

Manbalar tahrir

  1. „Shofirkon tumani pochta indekslari“. goldenpages.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
  2. Buxoro toponimikasi 2021.
  3. Шофиркон тарихи 1998, s. 84.
  4. Шофиркон тарихи 1998, s. 84-85.

Adabiyotlar tahrir

  • Мухтор Салим Бобомурод Қарим. Шофиркон тарихи. Тошкент: «Ёзувчи», 1998 — 224 bet. 
  • Halim Toʻrayev. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276 bet.