Johanna Aloisia Dohnal (talaffuzi: Yohanna Aloiziya Donal; qizlik familiyasi Dietz, 14-fevral 1939-yil, Vena — 20-fevral 2010-yil, Grabern, Quyi Avstriya) — avstriyalik siyosatchi va jamoat arbobi. Turli vaqtlarda Vena shahar kengashi aʼzosi va Vena Landtagi deputati, Avstriya parlamenti quyi palatasningi aʼzosi, shuningdek, Avstriya federal hukumatida federal vazir, shu jumladan, Avstriyaning ayollar masalalari boʻyicha birinchi federal vaziri boʻlgan[1] .

Johanna Dohnal
Tavalludi
Johanna Aloisia Dietz

14-fevral 1939-yil
Vafoti 20-fevral 2010-yil(2010-02-20)
(71 yoshda)
Grabern, Hollabrunn okrugi,Quyi Avstriya, Avstriya
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Partiyasi Avstriya sotsial-demokratik partiyasi
Unvoni Professor
Mukofotlari Avstriya respublikasi oldidagi xizmatlari uchun faxriy belgisi
Veb-sayti johanna-dohnal.at

Biografiyasi tahrir

Johanna Dohnal 1939-yil 14-fevralda Venada tugʻilgan va Penzingda buvisining qaramogʻida voyaga yetgan, u yerdagi boshlangʻich va oʻrta maktablardada oʻqigan[2]. Dohnal moliyaviy qiyinchiliklar tufayli oliy maʼlumot ega boʻlmagan va 1953-yilda „ishlab chiqarish boʻyicha kichik xizmatchi“ vazifasida ishlay boshlagan.18 yoshida Johanna Frantz Donalga turmushga chiqadi, ular 19 yillik turmushidan soʻng ajrashadilar. Johanna Dohnal ikki farzandi boʻlgan boʻlib, bular oʻgʻli Robert (1959—2008) va qizi Ingrid (1961-yilda tugʻilgan)dir. 2010-yil 22-yanvarda Donal uzoq yillik hamkori Annemarie Aufreiter bilan fuqaroviy hamkorlik (inglizcha: civil union) roʻyxatidan oʻtadi[3]. Bir necha oy oʻtib, Donal uzoq muddat davom etgan yurak kasalligidan keyin 2010-yil 20-fevralda oʻz uyida vafot qilgan va Vena markaziy qabristoniga (Zentralfriedhof) dafn etilgan[4].

Faoliyati tahrir

Dohnal 1957-yilda Avstriya sotsial-demokratik partiyasiga aʼzo boʻladi va oʻz siyosiy faoliyatini boshlaydi. 1969-yilda Penzing shahar kengashi aʼzosi boʻlgan, 1971-yilda Penzing sotsialistlari raisi etib saylangan. 1972-yilda Avstriya sotsial-demokratik partiyasi Vena boʻlimining birinchi ayol kotibi, 1973—1979-yillarda Vena shahar kengashi aʼzosi va Vena parlamenti aʼzosi boʻlgan. 1978-yilda chorasiz vaziyatlarda boʻlgan ayollar va bolalarga yordam berish uyushmasini yaratish toʻgʻrisidagi nizomni (nemischa: Das Verein "Soziale Hilfen für gefährdete Frauen und Kinder") qabul qilish tashabbusi bilan chiqqan. 1979—1990-yillarda Avstriya federal kanslerlari Bruno Kreisky, Fred Sinowatz va Franz Vranitzkyning boshqaruvi davrida ayollar masalalari boʻyicha davlat kotibi, 1980-yilda Kopengagendagi 2-Jahon ayollar kongressida Avstriya delegatsiyasi rahbari, konferensiya vitse-prezidenti, 1987-yilda Avstriya sotsial-demokratik partiyasi raisining oʻrinbosari, 1987—1995-yillarda partiya rahbari, 1990—1995-yillarda Franz Vranitzky hukumatining uchinchi va toʻrtinchi davrida ayollar masalalari boʻyicha federal vazir[4], 1991—1994-yillarda federal kansleriyada ayollar masalalari siyosatini muvofiqlashtirish boʻyicha mas’ul xodim boʻlib ishlagan. 1993-yilda Yugoslaviya ayollari va bolalariga yordam berish uchun „Urush qurbonlari: zoʻrlangan ayollar“ (nemischa: "Kriegsopfer: Vergewaltigte Frauen") kampaniyasi boshlab bergan[4]. 1993-yilda BMT Inson huquqlari konferensiyasining Ayollar huquqlari boʻyicha qoʻmita rahbari, 1994-yilda Avstriya Milliy kengashi (nemischa: Nationalrat) aʼzosi boʻlgan.

1995-yildan Johanna Dohnal Avstriya hukumatidagi lavozimidan muddatidan oldin boʻshatiladi va shundan keyin siyosiy faoliyatini yakunlab, oʻzini jamoat ishlariga bagʻishlaydi, shu jumladan, Vena universiteti (19951996) va Innsbruck universitetida (20072008) maʼruzalar oʻqigan.

Manbalar tahrir

  1. „Johanna Dohnal verstorben“ (de). bdderstandard.at. 2020-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Johanna Dohnal“ (de). frauenmachengeschichte.at. 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Biography: 1995-2010“. Johanna Dohnal. Qaraldi: 2019-yil 31-may.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Johanna Dohnal“ (de). parlament.gv.at. 2019-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan.