John Donvan (1955-yilda tugʻilgan) jurnalist, teleboshlovchi va debatlar moderatori. Johnning eng koʻp sotilgan kitobi "In a Different Key: The Story of Autism" boʻlib, kitob Pulitser mukofoti bilan taqdirlangan.

John Donvan
Tavalludi 1955 (yoshi 68–69)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi jurnalist, teleboshlovchi va debatlar moderatori
Faoliyat yillari 1977–yildan buyon
Turmush oʻrtogʻi Ranit Mishori
Bolalari 2

Tarjimai holi tahrir

Donvan New York shahridagi Regis oʻrta maktabida oʻqigan. Soʻng Dartmuth va Columbia jurnalistikasi universitetini tamomlagan[1].

Faoliyati tahrir

John Intelligence Squared US forumining asoschisi hisoblanadi. U televizor orqali Oksford Ittifoqi uslubidagi munozaralarda jamoatchilikni qiziqtirgan jiddiy mavzular boʻyicha mutaxassislar bilan suhbat qilardi.

Donvan jonkuyar boshlovchi edi. U 2013-yil Vashingtonda SpeakeasyDC homiyligida oʻzining „Lose the Kid“ nomli birinchi bir kishilik shousini premyerasini oʻtkazdi[2].

Bundan avval John ABC News telekanalida muxbir sifatida faoliyat yuritgan. Jumladan, ABC Newsning Moskva va Londonda muxbiri[3], 1997-yil yanvarda tarmoqning Oq uy matbuot kotibi[4] hamda 1998-yilda Nightline jurnalining asosiy muhbiri[5] boʻlib ishlagan.

2016-yilda Donvan jurnalist va televizion yangiliklar prodyuseri Caren Zucker bilan hammualliflikda "In a Different Key: The Story of Autism" kitobini yozib tugatadi[6]. Ushbu kitobda sovuqqon ona nazariyasi va autizm epidemiyasi ehtimoli muhokama qilinadi[7]. Autizm tashxisi qoʻyilgan birinchi bola Donald Triplett boʻlib, kitobda uning ilk belgilari tahlil qilinadi[8][9].

Mukofotlari tahrir

Johnning translyatsiya ishi toʻrtta Emmy mukofoti, bir nechta Overseas Press Club mukofotlari, ikkita Cine Golden Eagles mukofotlarini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Osiyo-Amerikaliklar uchun Media Action Network tomonidan ham taqdirlangan[10]. Yozuvchi sifatida esa „In A Different Key: The Story of Autismi“ nomli ilmiy kitobi uchun 2017-yilgi Pulitser mukofoti sovrindori boʻlgan.

Manbalar tahrir

  1. Donvan, John. „Quizmaster Reflects On 50 Years Of 'It's Academic'“. NPR (2012-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 5-avgust.
  2. „Believers in intelligent discussion“. Intelligence Squared US. Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
  3. Mifflin, Lawrie. „Television; Weighing the Future of the Network Anchor“. The New York Times (1995-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
  4. Mifflin, Lawrie. „Second Job For President's Departing Aide“. The New York Times (1996-yil 12-dekabr), s. B20. Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
  5. „John Donvan“. ABC News (2010-yil 24-mart). 2022-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
  6. Groopman, Jerome. „'In a Different Key: The Story of Autism,' by John Donvan and Caren Zucker“. New York Times (2016-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
  7. Siegel. „'In A Different Key' Traces History And Politics Of Autism“ (en). NPR.org. Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
  8. Miller. „The Vindicated Parents“. Slate (2016-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
  9. „BOOK EXCERPT: 'In a Different Key' by John Donvan and Caren Zucker“. ABC News (2016-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
  10. „John Donvan“. ABC News (2010-yil 24-mart). 2022-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-mart.