John Goucher (talaffuzi: Jon Gowchər; 1845-yil 7-iyun, 1992-yil 22-iyul) — amerikalik metodist, pastor va missioner. Dastlab Baltimore shahrida joylashgan ayollar kollejiga keyinchalik Goucher nomi berilgan[1]. U Baltimore ayollar kollejining birinchi rahbari William Hersey Hopkins bilan birga ushbu taʼlim muassasasining asoschilaridan biri boʻlgan.

John Franklin Goucher
Goucher kolleji rahbari
Oʻtmishdoshi William Hersey Hopkins
Vorisi Eugene Allen Noble
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-iyun 1845-yil
Waynesboro (Pennsylvania)
Vafoti 22-iyul 1922-yil(1922-07-22)
(77 yoshda)
Pikesville, Maryland
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Bolalari 5 ta
Alma mater Dickinson kolleji (bakalavr)
Kasbi Kollej maʼmuri, pastor, akademik

Hayoti tahrir

Goucher 1845-yil 7-iyunda Pensilvaniya shtatining Waynesboro shahrida tugʻilgan. Uning otasi John Goucher va onasi Eleanor Townsend boʻlib, ularning toʻrt farzandi boʻlgan. John Goucher oilada kenja farzand edi. Bolaligida vaqti-vaqti bilan turli kasalliklar bilan ogʻriganligi sababli maktabga tendoshlariga nisbatan kechroq chiqadi. Shunga qaramasdan Gaucher oʻqishni aʼlo baholar bilan tamomlab, 1864-yilda Dickinson kollejiga oʻqishga kirgan va uni 1868-yilda tugatgan[2].

Faoliyati tahrir

Ruhoniylik va missionerlik harakatlari tahrir

Kollejni tamomlagandan soʻng, Goucher Protestant cherkovi ruhoniysi boʻlishga intiladi. U atrofidagilarni xristian taʼlimini targʻib qilish Xudoning xohishi ekanligiga ishontirgan va Amerika Metodizmini birlashtirish uchun harakat qilishga chaqirgan. 1869-yilda u ruhoniylikka tayinlanganlik buyrugʻini qabul qilib, Maryland shtatidagi Baltimore shahrida joylashgan Metodist yepiskop cherkoviga ruhoniy etib tayinlanadi[3]. Ruhoniy sifatida uning obroʻsi ancha oshgan. Shundan keyin missionerlik harakatining rivojlanishini qoʻllab quvvatlagan. Missionerlik gʻoyasini ilgari surish uchun tashkil qilingan maktab va kasalxonalarni topish va ularga koʻmak berish maqsadida Xitoy va Yaponiyaga koʻp sayohat qilgan[4]. U Yaponiyaning Shibuya shahridagi Aoyama Gakuin institutining tashkil etilishida muhim rol oʻynagan[5]. Morgan davlat universiteti ham dastlabki yillarida Goucherning maktabga bergan yerlaridan foydalangan[6].

Manbalar tahrir

  1. Anna Heubeck Knipp and Thaddeus P. Thomas, The History of Goucher College (1938)
  2. Southard., Warshawsky, Marilyn. John Franklin Goucher : citizen of the world. CreateSpace Independent Publishing Platform, 2016. ISBN 9781530254163. OCLC 961105648. 
  3. „John Franklin Goucher | Goucher College“ (en). Goucher College. Qaraldi: 2018-yil 3-avgust.
  4. Xiaoxin Wu, Christianity in China: A Scholars' Guide to Resources in the Libraries and Archives of the United States (Google eBook) (M.E. Sharpe, 2009) https://books.google.com/books?id=M1gsvBOnrWQC
  5. „Transcending Boundaries: Educating Global Citizens for the Next Century“. 2015-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-may.
  6. Tooten, Tim. „Morgan State University turns 150“ (en). WBAL (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.