Jonathan dos Santos Ramírez (talaffuzi: Jonatan dos Santos Ramires) — meksikalik futbolchi, Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi.

Jonathan dos Santos Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Jonathan dos Santos Ramírez
Tugʻilgan 26-aprel 1990-yil(1990-04-26) (32 yosh)
Monterrey, Meksika
Fuqaroligi Flag Meksiki Meksika
Flag Ispanii Ispaniya
Boʻyi 172 cm
Vazni 74 kg
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Klublardagi karyerasi tahrir

„Barcelona“ va „Barcelona B“ tahrir

Jonathan dos Santos Luis Enrike tomonidan „Barcelona“ yoshlar jamoasiga qabul qilindgan[1]. 2009-yil 5-sentyabrda Jonathan dos Santos „Barcelona B“ safida „Mallorca“ning o‘rinbosarlariga qarshi o‘yinda debyut qilgan[2] . Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan. Jonathan dos Santos 2009-yil 28-oktabrda Ispaniya kubogi doirasida „Cultural Leonesa“ jamoasiga qarshi safarda 80-daqiqada yarim himoyachi Seydu Keyta o‘rniga maydonga tushgan va kataloniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan[3]. Jonathan dos Santos Chempionlar Ligasidagi debyutini 2009-yil 24-noyabrda „Internazionale“ jamoasiga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazgan va u 90+2-daqiqada Andres Iniestani almashtirgan[4]. Jonathan dos Santos Ispaniya chempionatidagi debyutini 2010-yilning 2-yanvarida „Villarreal“ga qarshi o‘yinda ham ishtirok etgan[5].

„Villarreal“ jamoasi safida tahrir

2014-yilning yozida Jonathan dos Santos 2 million yevro evaziga „Villarreal“ jamoasiga ko‘chib o‘tgan va u yerda akasi Jovani bilan uchrashgan[6]. Shartnoma besh yilga tuzilgan edi[7]. 21-dekabr kuni „Deportivo de Coruña“ga qarshi oʻyinda u La Ligadagi ilk golini urdi[8].

2016-2-17-yilgi mavsumda u 34 ta oʻyinda qatnashib, ikkita gol va uchta golli uzatma muallifiga aylangan[9].

„Los Angeles Galaxy“ jamoasi safida tahrir

2017-yil 27-iyulda Jonathan dos Santos MLS dan „Los Angeles Galaxy“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda Jovani bilan yana birlashdi[10][11].

Milliy terma jamoa safida tahrir

Jonathan dos Santos Meksika terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 30- oktyabrida Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi va 72-daqiqada Patrisio Arauxo oʻrniga maydonga tushdi. Meksikaliklar 1:2 hisobida magʻlub boʻlishdi[12].

2019-yilning yozida u KONKAKAF Oltin Kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan edi. Final uchrashuvida, 73-daqiqada u yagona gol kiritib, jamoasiga AQSh termasi ustidan gʻalaba keltirdi. U turnirning ramziy terma jamoasiga kiritildi[13].

Xalqaro statistikasi tahrir

Milliy terma jamoa Mavsum O`rtoqlik uchrashuvlari Turnirlar Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Meksika
2009-yil 1 0 0 0 1 0
2010-yil 4 0 0 0 4 0
2012-yil 1 0 0 0 1 0
2014-yil 2 0 0 0 2 0
2015-yil 4 0 6 0 10 0
2016-yil 0 0 1 0 1 0
2017-yil 4 0 9 0 13 0
2018-yil 5 0 1 0 6 0
2019-yil 3 2 5 1 8 3
2020-yil 2 0 0 0 2 0
Umumiy karyerasida 26 2 22 1 48 3

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy yutuqlari; „Barcelona“
  • Ispaniya chempionati: 2009-2010, 2010-2011, 2012-2013
  • Ispaniya kubogi: 2011-2012
  • Ispaniya Superkubogi: 2013-yil
  • UEFA Chempionlar Ligasi: 2010-2011
  • UEFA Superkubogi: 2011-yil
  • Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2009-yil, 2011-yil
Shaxsiy yutuqlari
  • KONKAKAF oltin kubogining ramziy jamoasi: 2019-yil
  • MLS yulduzlari oʻyini: 2018-yil, 2019-yil

Manbalar tahrir

  1. Jonathan Dos Santos // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
  2. „Барса не смогла набрать первые очки (1:1)“. FCBarcelona.cat (2009-yil 5-sentyabr). 2012-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-oktyabr.
  3. „Партидо аль Камп Ноу“. sport.es (2009-yil 28-oktyabr). 2009-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Барселона против Интера“. Goal.com (2009-yil 24-sentyabr). 2012-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-sentyabr.
  5. „Барселона — Вильярреал (1:1)“. Goal.com (2010-yil 2-yanvar). 2012-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-yanvar.
  6. Dermot Corrigan. „Jonathan dos Santos to leave Barcelona for Villarreal“ (en). ESPN FC (2014-yil 10-iyul). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
  7. Rupert Fryer. „Jonathan Dos Santos joins Villarreal“ (en). Goal.com (2014-yil 9-iyul). 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
  8. Tim Hanlon. „Luciano Vietto's second-half double earns Villarreal win against Deportivo La Coruna“ (en). Daily Mail Online (2014-yil 21-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
  9. Jonathan dos Santos // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  10. Simon Borg. „LA Galaxy sign Jonathan dos Santos on a transfer from Villarreal“ (en). MLSsoccer.com (2017-yil 27-iyul). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
  11. „LA Galaxy complete deal to sign Jonathan dos Santos from Villarreal“ (en). ESPN (2017-yil 27-iyul). 2018-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
  12. „Мексиканской истории“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.
  13. „2019 Concacaf Gold Cup - Best XI“ (en). Gold Cup (2019-yil 8-iyul). 2019-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.