Joshua Akinola Ogunfaolu-Kayode (talaffuzi: Joshua Akinola Ogunfaolu-Kayode) (2000-yil 4-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi. Joshua Kayode EFL Birinchi ligasi vakili „Milton Keynes Dons“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Joshua Kayode
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joshua Akinola Ogunfaolu-Kayode[1]
Tavallud sanasi 4-may 2000-yil (2000-05-04) (23 yosh)
Tavallud joyi Lagos, Nigeriya
Boʻyi 1.91 m[2]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Milton Keynes Dons
(on loan from Rotherham United)
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2017 Rotherham United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017 Rotherham United 20 (1)
2018Chesterfield (ijara) 3 (0)
2019—2020Gateshead (ijara) 22 (6)
2020Carlisle United (ijara) 5 (3)
2020—2021Carlisle United (ijara) 34 (8)
2022Milton Keynes Dons (ijara) 4 (0)
Milliy terma jamoa
2020—2022

Irlandiya Respublikasining 21 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
13 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 2-oktyabr uchun)

Nigeriyada tugʻilgan Joshua Kayode Irlandiyani xalqaro miqyosda himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati tahrir

Roterham United tahrir

Joshua Kayode Nigeriyaning Lagos shahrida tugʻilgan, ammo u Irlandiyaning Dublin shahrida oʻsgan[3]. Keyinchalik, Joshua Kayode „Rotherham United“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. U professional debyut oʻyinini 2017-yilning avgustida EFL Trophy musobaqasida „Manchester City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[3]. 2017-yilning 20-noyabrida Joshua Kayode oʻzining birinchi professional shartnomasini (2020-yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma) imzoladi[3]. 2018-yil 19-sentyabrda Joshua Kayode bir oylik ijara asosida Milliy liga vakili „Chesterfield“ futbol kluib jamoasiga oʻtdi[4]. 2019-yil avgust oyi boshida Joshua Kayode Shimoliy liga vakili „Gateshead“ futbol klubi jamoasiga 2020-yil yanvarigacha ijara asosida qoʻshildi. Bu shartnomada Joshua Kayodening EFL Trophy musobaqalarida „Rotherham“ futbol klubi uchun maydonga tushishi mumkin edi[5]. „Gateshead“ futbol klubidan qaytgach, Joshua Kayode „Rotherham United“ futbol klubi safida qolish muddatini 2022-yilning yozigacha uzaytiradigan yangi 2 yarim yillik shartnoma imzoladi. Keyin Joshua Kayode 2019—2020-yilgi mavsumning qolgan qismida Ikkinchi liga vakili „Carlisle United“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi[6]. Ushbu ijara shartnomasi rasmiy ravishda 2020-yil may oyida COVID-19 pandemiyasi sababli mavsumni uzaytirish uchun uzaytirildi[7].

2020-yil 4-avgustda Kayode bir yillik ijara shartnomasi asosida „Carlisle United“ futbol klubi safiga qayta qoʻshildi[8]. 2021-yil aprel oyida „Carlisle“ futbol klubida ijarada boʻlganida Kayode „Millers“ bilan yangi shartnoma imzoladi, bu esa uni 2023—2024-yilgi mavsum oxirigacha klubda qoldiradi[9]. Joshua Kayode „Rotherham“ klubi uchun birinchi golini 2022-yil 4-yanvarda „Crewe Alexandra“ futbol klubiga qarshi EFL Trophy bahsida kiritdi[10].

2022—2023-yilgi mavsum oldidan Joshua Kayode „Mansfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida tizzasidan jarohati oldi. Jarohatlardan tuzalib, asosiy jamoa safiga qaytganidan keyin, Joshua Kayode 2022-yil 29-avgustda „MK Dons“ futbol klubi bilan ijara shartnomasi imzoladi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Rotherham United 2017—2018 Birinchi liga 0 0 0 0 0 0 2 0 2 0
2018—2019 Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0
2019—2020 Birinchi liga 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
2020—2021 Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0
2021—2022 Birinchi liga 20 1 2 0 1 0 5 1 28 2
2022—2023 Chempionat 0 0 0 0 1 0 1 0
Jami 20 1 2 0 2 0 8 1 32 2
Chesterfield (ijara) 2018—2019 Milliy liga 3 0 3 0
Gateshead (ijara) 2019—2020 Milliy liga 22 6 4 2 1 0 27 8
Carlisle United (ijara) 2019—2020 League Two 5 3 5 3
2020—2021 League Two 34 8 2 0 0 0 36 8
Milton Keynes Dons (ijara) 2022—2023 Birinchi liga 2 0 0 0 1 0 1 0
Jami 86 17 7 2 2 0 10 1 105 20

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: Carlisle United“. English Football League. Qaraldi: 20-sentabr 2020-yil.
  2. „Jushua Kayode“. Milton Keynes Dons F.C.. 8-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Kayode pens professional deal“. Rotherham United FC (20-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 7-iyul 2019-yil.
  4. „Kayode moves out on loan to Chesterfield“. Rotherham United FC (19-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 7-iyul 2019-yil.
  5. „Joshua Kayode heads out on loan“. Rotherham United F.C.. Qaraldi: 3-avgust 2019-yil.
  6. „Striker in from the Millers“. Carlisle United F.C.. Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
  7. „Kayode extends loan period with Carlisle United“. Rotherham United F.C. (15-may 2020-yil).
  8. „LOAN: A familiar face is in for the season“.
  9. „JJ pens long-term Millers deal“. www.themillers.co.uk (15-aprel 2021-yil).
  10. „Crewe 2 Rotherham United 4: Kayode and Ladapo strike late for Millers“. yorkshirepost.co.uk (4-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 10-mart 2022-yil.