Joshua Chukwudinma Umerah (talaffuzi: Joshua Chukvudinma Umerah) (1997-yil 8-martda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, „Ikkinchi liga“ning „Hartlepool United“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Joshua Umerah
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joshua Chukwudinma Umerah[1]
Tavallud sanasi 8-mart 1997-yil (1997-03-08) (27 yosh)[2]
Tavallud joyi Catford, Angliya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hartlepool United
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2015 Charlton Athletic
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2019 Charlton Athletic 2 (0)
2017Kilmarnock (Ijara) 4 (0)
2017—2018Wycombe Wanderers (Ijara) 6 (2)
2018—2019Boreham Wood (Ijara) 20 (6)
2019—2020 Ebbsfleet United 30 (5)
2020—2021 Torquay United 26 (1)
2021—2022 Wealdstone 43 (17)
2022 Hartlepool United 19 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 1-dekabr uchun)

Umerah oʻz professional faoliyatini 2016-yilda „Charlton Athletic“da boshlagan va Shotlandiyaning „Kilmarnock“, „Wycombe Wanderers“, „Boreham Vud“ klublarida ijara asosida oʻynagan. U 2019-yilda Charltonni tark etib, har bir mavsumni „Milliy liga“ klublari „Ebbsfleet United“, „Torquay United“ va „Wealdstone“da oʻtkazdi va 2022-yilda „Hartlepool United“ bilan „Futbol ligasi“ga qaytdi.

Faoliyati tahrir

Charlton Athletic tahrir

Umerah dastlab, Charlton Athletic akademiyasida oʻynagan va 2014\2015-yilgi mavsumida eng yaxshi toʻpurar sifatida akademiyani yakunlanganidan keyin, Charlton Athletic-U18 ga „Professional rivojlanish ligasi-2“da gʻolib chiqishga yordam berdi[3]. U 2016-yilning 16-yanvarida „KCOM stadioni“da bo‘lib o‘tgan „Chempionship“ o‘yinida „Hull City“ga 6:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan oʻyinda, Igor Vetokele o‘rniga 66-daqiqada zaxiradan tushib, jamoadagi debyutini o‘tkazdi[4]. U 2016-yilning aprelida klub bilan uzaytirilgan shartnoma imzoladi[5].

Kilmarnock, Wycombe Wanderers va Boreham Wood tahrir

Umerah 2017-yilning yanvarida Kilmarnockga ijaraga oʻtdi[6]. Umerah 2017-yilning 29-avgustida esa, Adams Parkdagi faoliyati uchun 26-raqamli ko‘ylakda, 2018-yilning yanvarigacha davom etadigan boshlang‘ich ijara evaziga „Wycombe Wanderers“ga qo‘shildi.

2018-yilning 8-avgustida Umerah butun 2018/2019-yilgi mavsum uchun „Boreham Wood“ga ijaraga oʻtdi[7].

Ebbsfleet United tahrir

2019-yil 23-iyulda Umerah „Ebbsfleet United“ bilan shartnoma imzoladi[8].

Wealdstone tahrir

2021-yil 6-iyulda Umerah „Wealdstone“ bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil 21-avgustda Umerah Wealdstonedagi debyutida „Woking“ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. U jamoa safidagi dastlabki 7 oʻyinida 5 marta, shu jumladan „Notts County“ga qarshi dubl qayd etgan. 2022-yil 12-fevralda Umerah mahalliy raqibi „Barnet“ga qarshi yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, Wealdstonening ikkinchi golini kiritdi va mavsum davomidagi gollarini 10 taga yetkazdi[9]. U Wealdstone uchun jami 17 ta gol urdi.

Hartlepool United tahrir

2022-yil 14-iyul kuni „Ikkinchi liga“ning jamoasi „Hartlepool United“ nomaʼlum toʻlov evaziga Umerahni sotib olganini eʼlon qildi. U klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi[10]. 13-avgust kuni Umerah oʻzining „Hartlepool“dagi birinchi golini urdi. Ikkinchi oʻyinda Umerah „Mansfield Town“ga qarshi oʻyinda (2:2) dubl qayd etdi[11]. U jamoasi bilan „Angliya kubogi“ning ikkinchi bosqichida „Harrogate Town“ga qarshi 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Charlton Athletic 2015—2016[12] Chempionship 1 0 0 0 0 0 1 0
2016—2017[13] Birinchi liga 1 0 0 0 0 0 1 0 2 0
2017—2018[14] Birinchi liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2018—2019[15] Birinchi liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 2 0 0 0 0 0 1 0 3 0
Kilmarnock (Ijara) 2016—2017[13] Shotlandiya Premer-ligasi 4 0 0 0 0 0 4 0
Wycombe Wanderers (Ijara) 2017—2018[14] Ikkinchi liga 6 2 0 0 0 0 1 0 7 2
Boreham Wood (Ijara) 2018—2019[16] Milliy liga 20 6 3 1 1 0 24 7
Ebbsfleet United 2019—2020[16] Milliy liga 30 5 3 0 3 0 36 5
Torquay United 2020—2021[16] Milliy liga 26 1 2 2 1 1 29 4
Wealdstone 2021—2022[16] Milliy liga 43 17 1 0 1 0 45 17
Hartlepool United 2022—2023[16] Ikkinchi liga 19 7 3 3 1 0 1 0 24 10
Karyerada jami 150 38 12 6 1 0 9 1 172 45

Manbalar tahrir

  1. „Retained List 2016-17“. English Football League. Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
  2. „Josh Umerah“. 11v11. Qaraldi: 2017-yil 5-yanvar.
  3. Adamson, Steve. „Top scorer Josh Umerah and defender Aaron Barnes spoke of their pride.“. www.cafc.co.uk (2015-yil 13-may). Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  4. „Hull City 6–0 Charlton Athletic“. BBC Sport (2016-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  5. Jones, George. „NEWS | Prolific academy graduate extends his contract until 2018“. cafc.co.uk (2016-yil 29-aprel). Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  6. „Kilmarnock secure deals for Conor Sammon, Scott Boyd and Joshua Umerah“. BBC Sport. BBC (2017-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 31-yanvar.
  7. „Charlton youngster joins Boreham Wood on loan until the end of the season“. Charlton Athletic (2018-yil 8-avgust). Qaraldi: 2018-yil 8-avgust.
  8. „Umerah brings Fleet nearer to a full squad“. Ebbsfleet United F.C. Official Website. Qaraldi: 2019-yil 23-iyul.
  9. „MATCH REPORT | Barnet 1–3 Wealdstone“ (2022-yil 12-fevral).
  10. „Pools sign Josh Umerah“ (2022-yil 14-iyul).
  11. „Mansfield Town 2–2 Hartlepool United“. BBC Sport (2022-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  12. „Games played by Joshua Umerah in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2016-yil 1-yanvar.
  13. 13,0 13,1 „Games played by Joshua Umerah in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2016-yil 1-yanvar.
  14. 14,0 14,1 „Games played by Joshua Umerah in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 1-yanvar.
  15. „Games played by Joshua Umerah in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 1-yanvar.
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 16,4 „J. Umerah: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2021-yil 2-yanvar.