Julian Brandt (talaffuzi: Yulian Brandt) (1996-yil 2-may, Bremen, Germaniya ) - nemis futbolchisi, Dortmundning "Borussiya " klubi va Germaniya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi.

Julian Brandt
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Julian Brandt[1]
Tavallud sanasi 2-may 1996-yil (1996-05-02) (28 yosh)[2]
Tavallud joyi Bremen,[3] Germany
Boʻyi 1.85 m[4]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Dortmund
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2009 SC Borgfeld
2009—2011 FC Oberneuland
2011—2014 VfL Wolfsburg

Klubdagi faoliyati tahrir

Julian o'z faoliyatini oddiy Borgfeldda boshlagan. 2009-yilda u Oberneuland o'smirlar jamoasiga o'tgan va ikki yildan so'ng "Wolfsburg" jamosiga o'tgan. 2014-yilda iste'dodli yarim himoyachi " Bayer 04 " klubi futbolchisiga aylangan. Uning Germaniya oliy ligasidagi debyuti 2014-yilning 15-fevralida "Schalke 04" jamoasiga qarshi o'yinda bo'lib o'tgan[5]. U Chempionlar ligasidagi debyutini uch kundan keyin Paris Saint-Germanga qarshi o'tkazgan[6]. 2014-yilning 4-aprelida Julian Germaniya chempionatidagi ilk golini “ Gamburger SV ” jamoasiga qarshi o‘yinda kiritgan[7].

2019-yilning 22-may kuni Julian Dortmundning «Borussiya» jamosiga o‘tgan, shartnoma 2024-yilgacha mo‘ljallangan[8]. "Augsburg" jamoasiga qarshi debyutida u birinchi golini urgan[9].

Jamoadagi faoliyati tahrir

Julian Germaniya terma jamoasini bir necha yosh toifalarida himoya qilgan. Yoshlar toifasidagi erishgan eng katta yutug'i qit'a kubogi kumush medali.

19 yoshgacha bo'lganlar jamoasi tarkibida u 2014-yilgi yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionatida g'olib chiqgan Brandt Germaniya Olimpiya terma jamoasi a'zosi bo'lib, u bilan 2016-yilgi Olimpiya o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritgan.

Julian birinchi marta 2016-yilda Yevropa chempionati uchun ariza topshirgan lekin kutilmagan holda kattalar terma jamoasiga chaqirilgan. U butun turnirni zaxirada o'tkazgan va unda birorta ham o'yin o'tkazmagan. 2017-yilda u Konfederatsiyalar kubogi g'olibiga aylangan.

2018-yilgi jahon chempionatida qatnashgan.

Statistika tahrir

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol
Bayer Leverkusen 2013—2014 Bundesliga 12 2 0 0 2 0 14 2
2014—2015 25 4 4 0 6 0 35 4
2015—2016 29 9 3 1 12 0 44 10
2016—2017 32 3 0 0 8 1 40 4
2017—2018 34 9 5 3 39 12
2018—2019 33 7 3 2 7 1 43 10
Jami 165 34 15 6 35 2 215 42
Borussia Dortmund 2019—2020 Bundesliga 33 3 2 2 7 2 0 0 42 7
2020—2021 31 3 5 0 8 0 1 1 45 4
2021—2022 31 9 2 0 7 0 0 0 40 9
Jami 95 15 9 2 22 2 1 1 127 20
Karyerada jami 260 49 24 8 57 4 1 1 342 62

Terma jamoadagi o'yinlar tahrir

O'tkazilgan o'yinlar: 23

Urilgan gollar: 2

G'alaba: 14

Durang: 2

Mag'lubiyat: 7

Yutuqlar tahrir

"Wolfsburg"
  • Germaniya chempioni (19 yoshgacha) : 2013-yil
"Borussiya Dortmund"
  • Germaniya kubogi sohibi: 2020—2021
Germaniya terma jamoasi
  • Yevropa chempioni (19 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar) : 2014-yil
  • Olimpiada kumush medali sovrindori: 2016-yil
  • Konfederatsiyalar kubogi sohibi: 2017-yil

Manbalar tahrir

  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Germany“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Julian Brandt: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  3. „Julian Brandt: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  4. „Julian Brandt“. Borussia Dortmund. 2022-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-may.
  5. „Bayer Leverkusen vs. Schalke 04 1 - 2“. Soccerway (2014-yil 15-fevral). 2014-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-mart.
  6. „Bayer Leverkusen vs. PSG 0 - 4“. Soccerway (2014-yil 18-fevral). 2014-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-mart.
  7. „Hamburger SV vs. Bayer Leverkusen 2 - 1“. Soccerway (2014-yil 4-aprel). 2015-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-aprel.
  8. „Borussia Dortmund verpflichtet Julian Brandt“. 2019-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
  9. „Borussia Dortmund vs. Augsburg - 17 August 2019 - Soccerway“. int.soccerway.com. 2019-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-avgust.