Kagamiishi (yaponcha: 鏡石町 Kagamiishi-machi?) Yaponiyaning Fukushima prefekturasida joylashgan shaharchadir. 1-mart, 2020-yil holatiga koʻra, shaharchada 4434 xonadonda 12272 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 390 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharchaning umumiy maydoni 31,30 kvadrat kilometrni (12,08 mi²) tashkil etdi[1].

Kagamiishi

鏡石町
Shaharcha
Skyline of Kagamiishi
Kagamiishi
Bayroq
Kagamiishi
Gerb
37°15′10.2″N 140°20′36.1″E / 37.252833°N 140.343361°E / 37.252833; 140.343361 G OKoordinatalari: 37°15′10.2″N 140°20′36.1″E / 37.252833°N 140.343361°E / 37.252833; 140.343361 G O
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Tōhoku
Tuman Ivase tumani
Prefeatura Fukushima prefekturasi
Maydon 31.30 km2 (12.08 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil 1-mart)
12,272
Zichligi 390 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0248-62-2111
Kagamiishi xaritada
Kagamiishi
Kagamiishi
Kagamiishidagi Midorimachi

Geografiyasi tahrir

Kagamiishi janubiy-markaziy Fukushima prefekturasida oʻrtacha 280 metr balandlikdagi platoda joylashgan boʻlib, gʻarbda Shakado daryosi va sharqda Abukuma daryosi bilan chegaradosh.

Qoʻshni munitsipalitetlar tahrir

Demografiyasi tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Kagamiishi aholisi uzoq muddatli oʻsishdan soʻng oʻsish kamayib qalgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19203,97—    
19304,611+16.1%
19405,019+8.8%
19508,246+64.3%
19608,694+5.4%
19709,278+6.7%
198011,437+23.3%
199012,13+6.1%
200012,743+5.1%
201012,815+0.6%
202012,318−3.9%

Iqlimi tahrir

Kagamiishi nam iqlimga ega. Kagamiishida oʻrtacha yillik harorat 11.8 °C (53.2 °F), yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,286 mm (50.6 in) eng yomgʻirli oy esa sentyabr oyidir. Avgust oyida eng yuqori harorat 24.5 °C (76.1 °F) atrofida va eng pasti yanvarda, taxminan 0.2 °C (32.4 °F) atrofida boʻladi[3].

Tarixi tahrir

Hozirgi Kagamiishi hududi qadimgi Mutsu provinsiyasining bir qismi boʻlgan va Edo davrida Shirakava domenining bir qismini tashkil etgan. Meydzi restavratsiyasidan soʻng, u Ivashiro viloyatining Nakadori mintaqasidagi Ivase tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Kagamiishi qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan. 1962-yil 1-avgustda u shaharcha maqomiga koʻtarildi. 2011-yil Tohoku zilzilasi paytida 1000 dan ortiq inshootlar jiddiy shikastlangan yoki vayron boʻlgan, bu shaharchaning taxminan 23 foizini tashkil qiladi.

Iqtisodiyoti tahrir

Kagamiishi iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligidir.

Taʼlim tizimi tahrir

Kagamiishida shaharcha hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharchada Fukushima prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud.

  • Kagamiishi oʻrta maktabi
  • Fukushima prefekturasi Ivase qishloq xoʻjaligi oʻrta maktabi

Transport tahrir

Temir yoʻllar tahrir

 Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Tōhoku magistral liniyasi

  • Kagamiishi

Magistral yoʻllar tahrir

  •  Tōhoku ekspress yoʻli
  • 4-milliy yoʻnalish
  • 118-milliy yoʻnalish

Mahalliy diqqatga sazovor joylar tahrir

  • Ivase fermasi

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir