Kaliforniya shtati iqtisodiyoti — 2023-yil holatiga koʻra, 3,89 trillion dollar yalpi ichki mahsulot (YIM) qiymati bilan, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi eng yirik iqtisodiyoti yuqori boʻlgan shtatlaridan biri[1]. Bu dunyodagi eng yirik submilliy iqtisodiyotdir. Agar Kaliforniya suveren davlat boʻlganida (2024), u nominal YaIM boʻyicha dunyodagi oltinchi yirik iqtisodiyotga ega shahar boʻlar edi, bu holatda esa Kaliforniya iqtisodiyotidagi YaIM holati Buyuk Britaniyadagi YaIMdan (3,495 trillion) oldinda boʻlgan boʻlar edi. Bundan tashqari, Kaliforniyaning Silikon vodiysida Apple, Alphabet va Nvidia kabi dunyodagi eng qimmat texnologiyalar ishlab chiqaradigan kompaniyalar joylashgan[8]. Umumiy holatda, Fortune 100 kompaniyalaridan 11 tasi va Fortune 500 kompaniyalaridan 53 tasining shtab-kvartirasi Kaliforniyada joylashgan[9].

Kaliforniyaning iqtisodiyoti
Statistikalar
YaIM $3.89 trillion (2023)[1]
Jon boshiga YaIM
$100,042 (2023)[2]
Qashshoqlik chegarasidan past aholi
13.3% (absolyut)[3]
19.0% (nisbiy)[4]
Ishchi kuchi
19,254,000 (2022-yil Noyabr)[5]
Ishsizlik 4.8% (2023-yil oktyabr)[6]
Davlat moliyasi
Daromadlar $195.7 trillion (2022-2023)

Barcha qiymatlar, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, AQSh dollarida keltirilgan.

AQShning eng koʻp aholisi istiqomat qiladigan va iqlim jihatdan eng xilma-xil iqlimga ega boʻlgan shtatlaridan biri boʻlgan Kaliforniya iqtisodiyoti koʻplab yirik tarmoqlarga ega. Bu sektorlar ichida eng dominanti moliya, biznes xizmatlari, davlat va ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi. Iqtisodiy faoliyatning katta qismi qirgʻoq boʻyidagi shaharlari hissasiga toʻgʻri keladi. Asosan, ommaviy axborot vositalariga, xususan, Hollywoodga katta eʼtibor qaratgan. Shuningdek, Los-Anjelesda hamda asosan texnologiyalar rivoji uchun asosiy maskan boʻlgan San-Fransisko koʻrfazining ham hissasi yuqori. Ikkala shahar ham, San Diego kabi boshqa yirik portlar bilan bir qatorda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida va umuman boshqa koʻplab mamlakatlar uchun muhim savdo markazi vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, Kaliforniya qishloq xoʻjaligi sanoati AQShning har qanday shtatlari orasida eng yuqori koʻrsatkichga ega, uning Markaziy vodiysi butun yer yuzidagi eng samarali qishloq xoʻjaligi mintaqalaridan biri boʻlib, mamlakatning yarmidan koʻpi meva, sabzavot va yongʻoq yetishtirish bilan shugʻullanadi[10]. Yaqinda Kaliforniyada yuzaga klgan qurgʻoqchilik qishloq xoʻjaligidan tashqari Kaliforniya biznesi va sanoatiga ham taʼsir koʻrsatgan[11].

Tarixi tahrir

Kaliforniya migratsiya toʻlqinlarini boshdan kechirgan. 1848-yilgi Gvadalupe Hidalgo shartnomasi Meksika bilan majburiy ravishda imzolangandan soʻng, AQSh boʻlajak Kaliforniya, Nevada, Yuta, Arizona, Nyu-Meksiko shtatlarini, shuningdek Texasning ayrim hududlarini oʻz tarkibiga qoʻshib olgan, yangi qoʻlga kiritilgan hududlar tez va keng miqyosda rivojlangan. 1847-yilda Kaliforniyada katta oltin konlari topilganidan soʻng, AQSh armiyasi tomonidan tayinlangan harbiy gubernator va 600 nafardan bir oz koʻproq askardan iborat, yetarli boʻlmagan kuchlar tomonidan nazorat qilina boshlangan. Kaliforniyadagi savdo va iqtisodiy faoliyat dastlab San-Fransisko, San-Xose va Sakramento kabi kengayib borayotgan shaharlar atrofida joylashgan edi, chunki ular oltin konchilar guruhini taʼminlash uchun harakat qilishgan. 1850-yilgacha hukumat noadekvat va yomon boshqariladigan hudud deb topilgan hamda davlatchilik maqomi bu muammoni hal qilishga harakat qilishni boshlagan. Kaliforniyadagi Oltin Rush voqealari tufayli 1850-yilga kelib Kaliforniyada 110 000 nafardan ortiq tub yerlik boʻlmagan aholisi boʻlgan. AQSh Kongressida qul aholisi boʻlgan va boʻlmagan shtatlar soni boʻyicha katta ziddiyatga qaramay, Kaliforniya aholisining koʻp, tez va davomli koʻpayishi hamda sharqqa eksport qilinayotgan oltinning koʻpligi tufayli shtat oʻz chegaralarini kengaytirishga muvaffaq boʻlgan. Vakillar va senatorlar tomonidan Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritgan va 1850-yilda boshqa koʻplab yangi shtatlar uchun talab qilinadigan hududiy miqdordan oshmasdan erkin davlat sifatida Ittifoqqa qabul qilina boshlangan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Gross Domestic Product bv State and Personal Income by State, 3rd Quarter 2023“.
  2. „QuickFacts California“. United States Census Bureau (2024-yil 11-may). Qaraldi: 2024-yil 14-yanvar.
  3. „Poverty in California - Public Policy Institute of California“. Ppic.org. 2024-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  4. „A New Poverty Calculation Yields Some Surprising Results“. Business Insider. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
  5. „Data“. bls.gov. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  6. „Bureau of Labor Statistics“.
  7. „2022-23 Governor's Budget“. ebudget.ca.gov. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  8. „"53 CA kompaniyasi 2023 yil uchun Fortune 500 ro ʻyxatini tuzadi"“. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  9. „"53 CA kompaniyasi 2023 yil uchun Fortune 500 royxatini tuzadi"“. Qaraldi: 8-may 2024-yil.
  10. „California's Central Valley: Producing America's Fruits and Vegetables“. House Committee on Natural Resources. 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-iyul.
  11. „Drought has already cost close to $2 billion and 14,000 jobs, and it's likely not over yet“. www.kvpr.org (2022-yil 14-mart). Qaraldi: 2022-yil 13-iyul. Andoza:Title missing