Kamuflet (fransuzcha: camouflet) ― poroxning yer ostida chaqnashi, kichik mina, dushman yer osti ishlarini silkitish va koʻmib yuborish yoki qazuvchilarni tutun va hid bilan boʻgʻish uchun kichik portlash, yer ostidagi portlash, odatda bunaqa portlashda oʻyiq hosil boʻlmaydi[1].

Koʻchma maʼnoda, kamuflet soʻzi — kutilmagan muammo, falokat, muvaffaqiyatsizlik degan maʼnolarni anglatadi.

Tarixi tahrir

Ilgari kamuflet (minalashtirilgan yer osti yoʻli) harbiy ishlarda, mina urushida dushman mina galereyalarini yoʻq qilish, yaʼni dushmanning yer osti faoliyatini koʻmib yuborish yoki ushbu ishlarni bajaruvchi harbiy muhandislik qoʻshinlarini yoʻq qilish uchun ishlatilgan.

Qamal paytida qalʼa kontrminachilari dushmanning yer osti yoʻllarini vayron qilish uchun yer osti portlashlaridan foydalanganlar, ularni dushman bastion, kurtina va boshqa yer usti mudofaa inshootlari ostiga olib kirishga harakat qilgan. Bunday qarshi portlashlar koʻpincha yer ostida amalga oshirilgan — yaʼni kamuflet.

Keyinchalik, oʻyiq hosil qilmasdan, yerga chuqur kirib boradigan artilleriya snaryadlari, minalar va havo bombalarining portlashlari kamuflet deb atala boshlangan.

Togʻ- kon sanoatida kamufletlar qoʻllaniladi, xususan, togʻ- kon zarbalarining oldini olishda.

Manbalar tahrir

  1. „Камуфлет“,Военная энциклопедия: в 8 томах. Москва: Военное издательство, 1995 — 470-471 bet. ISBN 5-203-00748-9. 

Adabiyotlar tahrir