Kan San Un, Kan San-Un varianti ham bor, (1915-yil 4-oktyabr, Suchan volosti, Olgin uezdi, Primorsk viloyati, Rossiya imperiyasi – 1970-yil noyabr) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Dmitrov nomidagi kolxoz raisi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).

Kan San Un
Tavalludi 4-oktyabr 1915-yil
Suchan volosti, Olgin uezdi, Primorsk viloyati, Rossiya imperiyasi 
Vafoti 1970-yil noyabr
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Qiziloʻrda qishloq xoʻjaligi texnikumi
Kasbi kolxoz raisi, agronom
Mukofotlari

Tarjimai holi tahrir

1915-yilda Primorsk viloyatining Olgin uezdidagi dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys[1]. Olti yoshida yetim qolib, qarindoshlari qoʻlida tarbiyalanadi. 1932-yil Voroshilov tumani Putsilovka qishlogʻidagi (hozirgi Ussuriysk shahar okrugi tarkibiga kiradi) yetti yillik maktabni tamomlaydi. Shundan soʻng Olgin tumanidagi „Severniy mayak“ (oʻzbekcha: Shimoliy mayoq) kolxozida mehnat qiladi (1933—1935-yillar)[2].

1937-yilda Qozogʻiston SSR Qiziloʻrda viloyatiga deportatsiya qilinadi[1]. 1939-yil Qiziloʻrda qishloq xoʻjaligi texnikumini tamomlaydi. 1939-yildan boshlab Toshkent viloyati Kalinin tumanidagi boshlangʻich maktabda dars beradi. 1940-yilda Quyi Chirchiq tumani Dimitrov nomli kolxozning kotibi sifatida ishlaydi. Shundan keyin Quyi Chirchiq tumani 2-MTSda mahalliy agronom boʻlib ishlagan (1941—1946-yillar). 1947-yil VKP (b) safiga qabul qilinadi[2].

1946-yil mart oyidan nafaqaga chiqqunga qadar – Quyi Chirchiq tumani Dimitrov nomidagi kolxozda hisobchi, dala fermeri, brigadir, agronom sifatida mehnat qilgan. 1950-yilda Dimitrov nomidagi kolxozda ilgʻor agrotexnik usullarni qoʻllagan agronom Kan Sanning Un mehnati tufayli 398 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 76,1 sentnerdan yashil kanop poyasi yetishtirildi[2]. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan Lenin ordeni (tartib raqami 143510) va O‘roq va Bolg‘a oltin medali (tartib raqami 5942) hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[3].

1968-yil yanvardan boshlab Ittifoq ahamiyatiga ega nafaqaxoʻr. 1970-yil noyabrda vafot etgan. Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani sobiq Dimitrov nomli kolxozning qabristoniga dafn etilgan[1].

Olgan mukofotlari tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Shin D. V., Sovetskie koreysi Geroi Sotsialisticheskogo truda, Almati: Service Press, 2019
  • Z. V., Pan N. G. Geroi Sotsialisticheskogo Truda – kazaxstansi, Alma-Ata, 1969—1985, tt. 1-5
  • Men D. V., Kvon L. A., Kim, Sovetskie koreysi Kazaxstana, Almati, 1992
  • Kim P. G., Koreysi Respubliki Uzbekistan, Tashkent: Uzbekiston. 1993
  • Kan G. V., Istoriya koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
  • Kim G. N., Men D. V., Istoriya i kultura koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
  • Kim B. I., Koreysi Uzbekistana. Kto est kto, Tashkent, 1999

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Кан Сан Ун“ (ru). warheroes.ru. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 German Kim, Video-Ensiklopediya koryo saram. Geroy Sotsialisticheskogo truda Kan San Un
  3. Шин Д. В.. Советские корейцы Герои Социалистического труда. Olmaota: Service Press, 2019. 

Havolalar tahrir