Kembrij xalqaro yuridik jurnali


Kembrij xalqaro yuridik jurnali (Eski nom bilan Xalqaro va qiyosiy huquq boʻyicha Kembrij jurnali nomi bilan 2011-yilda nashr qilingan)[1] – Creative Commons Attribution 3.0 Litsenziyasi ostida nashr etiladigan, qonuniy axborotlarni chop qilish huquqiga ega boʻlgan huquqshunoslik jurnalidir.

Kembrij xalqaro yuridik jurnali
Sohasi huquq va qonunshunoslik
Davriyligi 1 yilda 4 marota nashr qilinadi
Nomining qisqartmasi Camb. Int. Law J.
Tili ingliz tili
Nashriyot (mamlakat) (Buyuk Britaniya)
Nashr tarixi "Xalqaro va qiyosiy huquq bo'yicha Kembrij jurnali" nomi bilan 2011-yilda nashr qilingan. So'ngra jurnal nomi "Kembrij xalqaro yuridik jurnali" nomi bilan bosib chiqarila boshlangan.

Veb-sayti: http://cjicl.org.uk

Jurnal 2011-yil 25-oktabrda Lauterpacht Xalqaro huquq markazida uning bosh muharrirlari va Jeyms Krouford tomonidan tashkil qilingan[2]. Jurnal Kembrij universiteti talabalari tomonidan boshqariladi va tahrir qilinadi. Lekin Akademik Tadqiq Kengashi bilan birgalikda faoliyat olib boradi[3]. Bu universitet tomonidan tashkil qilingan huquq fakultetining ikkinchi jurnali[4].

Jurnal yiliga toʻrt marotaba nashr qilinadigan sonida xalqaro huquq, qiyosiy huquq, Yevropa Ittifoqi huquqi va transmilliy huquq boʻyicha maqolalar, ish eslatmalari va kitob sharhlarini nashr etadi. Boshqa ikkita muntazam sonida tashkil qilinadigan konferensiya maʼruzalari toʻplami va Buyuk Britaniya Oliy sudi sharhi haqida jurnalda muntazam ravishda maʼlumotlar berib boriladi. Jurnal har yili xalqaro huquq boʻyicha konferensiya oʻtkazadi[5].

Tarixi tahrir

2011-yilda tashkil etilganidan buyon jurnal oʻzining birinchi jildida uchta sonni va ikkinchi jildda toʻrtta sonni chop etgan. Ular xalqaro huquq va nizolarni hal qilish, Yevropa Ittifoqi huquqi, inson huquqlari va qiyosiy huquq kabi bir qator mavzularni qamrab oladigan maqolalar nashr qiladi[6]. Jurnalda xalqaro va qiyosiy huquq sohasidagi taniqli olimlardan iborat akademik koʻrib chiqish kengashi bilan ikki tomonlama koʻr-koʻrona ekspertiza jarayoni mavjud[7]. Jurnal oʻzining dastlabki ikki jildida taniqli akademiklar, taniqli amaliyotchilar va nufuzli sudyalar, jumladan, Xalqaro Sud aʼzosi Ser Kristofer Grinvudning bir qator maqolalarini chop etgan.

Jurnalning katta moliyachisi Jeyms Krouford. Hozirgi bosh muharrirlari esa Daniel Klarri, Valentin Jeutner va Kemeron Maylsdir[8].

Kembrij xalqaro yuridik jurnalining yillik konferentsiyalari tahrir

Jurnal har yili Kembrijda, odatda Sent-Jonsning maktabida Xalqaro va qiyosiy huquq konferentsiyasiga mezbonlik qiladi. Birinchi konferensiyada „Oʻzgarishlar agentlari: shaxs huquqiy jarayon ishtirokchisi“ mavzusi muhokama qilingan. Butun dunyodan ishtirokchilar qatnashishdi. Jumladan, Yevropa, Amerika, Osiyo, Afrika va Avstraliyadan 110 nafar ishtirokchi, akademik aspirantlar va yosh akademiklardan boshlab, professor va amaliyotchilargacha ishtirok etishgan[9]. Ikkinchi yillik konferensiya 2013-yil may oyida „Turli dunyoda huquqiy anʼana“ mavzusida boʻlib oʻtgan. 150 dan ortiq ishtirokchilar 50 dan ortiq maʼruzalarni taqdim etdilar va Xalqaro sudya Yusufning asosiy nutq soʻzlaridan, professorlar Jeyms Krouford va Alen Pellet oʻrtasida professor Ketrin Redgvell boshchiligida maqola va professor Patrik Glenning konferensiyada qilgan sahna nutqini jurnalda berib oʻtishgan[10].

Manbalar tahrir

  1. Nguyen, Lan; O'Connor, Niall (June 2017). "Editorial". Cambridge International Law Journal 6 (1): 1–3. doi:10.4337/cilj.2017.01.00. 
  2. „cjicl.org.uk“. www.cjicl.org.uk.
  3. „cjicl.org.uk“. www.cjicl.org.uk.
  4. „Cambridge Journals Online - The Cambridge Law Journal“. cambridge.org.
  5. „cjicl.org.uk“. www.cjicl.org.uk.
  6. „Archive - CJICL“. CJICL. 2013-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr.
  7. „Review Board - CJICL“. CJICL. 2013-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr.
  8. „Editors 2013-2014 - CJICL“. CJICL. 2013-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr.
  9. „Launch of the Cambridge Journal of International and Comparative Law (CJICL)“. cam.ac.uk. 2012-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr.
  10. „All Souls College, Oxford“. ox.ac.uk.